• 4-Mavzu: Oilani o‘rganishda tizimli yondashuv Mavzuning qisqacha mazmuni
  • Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi




    Download 3,74 Mb.
    bet12/97
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,74 Mb.
    #246640
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97
    Bog'liq
    Оилавий низолар психолгияси

    Adabiyotlar:
    1.Karimova V.M. Oila psixologiyasi”. Darslik-T:Fan va texnologiya. 2008.152b.
    2. Shoumarov G.B. tahriri ostida. “Oila psixologiyasi”.T.: Sharq, 2009. -272 b.
    3. Fayzieva M., Jabborov A. “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”. - T.Шарқ 2007.
    4. Доброславович В. Любовь или влюбленность? Москва. Академия 1999 г.
    5. Karimova V.M. “Oilaviy hayot psixologiyasi” O‘quv qo‘llanma. T.,Шарқ 2006
    6. Андреева Т. В. Семейная психология: Учеб. пособие. - СПб.: Речь, 2004. - 244 с.
    7. Карабанова О.А. Психология семейных отношений и основы семейного консультирования. Учебное пособые. – М.: Гайдарики, 2005. – 320 с.
    8. Shoumarov G.B. Muhabbat va oila. – T.: Ibn Sino, 1994. - 120 b.
    9. Сатир В.М. Kak строит себя и свою семью. M.: Педагогика - Пресс. 1992. -191 с.
    10. Психология семейных отношений: конспект лекций / сост. С.А.Векилова. - M.: АСТ; - СПБ: Сова, 2005. - 127 с.
    11. “Социология семьи:” Учебник, под. ред. проф. A.И.Антонова- 2-е изд., перераб. и доп. - M.: ИНФРА-M, 2005. - 640 С. (Kлассический университетский учебник).
    12. Faxr-ul Banot Sibhatulloh qizi. Oila saboqlari. - T.: Yozuvchi, 1992. – 96 b.
    13. XXI asr oilasi kontsepsiyasi. Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi. - T.: NISIM, 2002. - 28 b.
    14. Bo‘riev O. O‘zbek oilasi tarixidan. - T.: O‘qituvchi, 1995. - 128 b.
    15. Nishonova Z. Va boshqalar. Rivojlanish psixologiyasi.Pedagogik psixologiya. T.2017


    4-Mavzu: Oilani o‘rganishda tizimli yondashuv


    Mavzuning qisqacha mazmuni: Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash zarurati. Oilaviy hayot tayyorlik jihatlari. Yoshlarda psixologik yetuklikning hal qiluvchi ahamiyatga egaligi. Psixologik yetuklikning shaxs hulqining turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanishi. Muloqot madaniyati oilaviy hayotga tayyorlikning bir yo'nalishi sifatida. Oilaviy hayot haqidagi tasavvurlar. Oila qurish haqidagi ustanovkalami shakllanishi.

    Oila ijtimoiy jamiyatning kichik bo‘g‘ini sifatida muayyan xalq, millat yoki elatning milliy xususiyatlari, shuningdek, mavjud tuzum mazmunini o‘zida namoyon etadi. Oilalarning mustahkam bo‘lishi, ularning totuvlik va farovonlikka erishuvi u mansub bo‘lgan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy, ma’naviy rivoji, jamiyatda amal qilinayotgan ma’naviy-axloqiy meyorlar, olib borilayotgan davlat siyosat mazmuni bilan belgilanadi. O‘z navbatida jamiyat ma’naviy qiyofasi oilalarda tashkil etilayotgan ijtimoiy tarbiyaning natijasi, samarasiga bog‘liqdir. Shu bois asrlar davomida har qanday geografik makon va ijtimoiy zamonda ham yangi oilalarning shakllanishi, oilaviy hayotning yo‘lga qo‘yilishi, farzandlar tarbiyasini tashkil etish hamda sulola an’analarini davom ettirish masalalariga alohida e’tibor berib kelingan. Oilalarning ijtimoiy jamiyatdagi muhim o‘rni hamda oila tarbiyasining shaxs kamolotini ta’minlashdagi roli xususida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etib o‘tadi: “Oila bizning xalqimiz uchun millatning ko‘p asrlik an’analari va ruhiyatiga mos bo‘lgan g‘oyat muhim hayotiy qadriyatlardan biridir.
    Respublikada oilalar asosan ko‘p sonli bo‘lib, ularda turli avlod vakillari birga yashashadi va birga xo‘jalik yuritishadi. Bu esa bolalarni tarbiyalash, ularni umuminsoniy qadriyatlardan, an’analardan bahramand qilish, bilim darajasini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xuddi ana shunday oilalarda odamlar bolalik chog‘laridanoq mehnatsevarlikni, kattalarga hurmatni, bilim egallashga intilishni, vatanparvarlikni o‘rganadilar” .
    Darhaqiqat, oila muhitida shaxsning har jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishi uchun zarur bo‘lgan omillar, chunonchi, oila xo‘jaligini boshqarish jarayonida oila a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi huquqiy, iqtisodiy, psixologik, ekologik, estetik va hokazo mazmundagi oilaviy munosabat, muomala aloqa aralashuvi uning ijtimoiylashuvi, ya’ni, ijtimoiy munosabatlarni yuritish jarayonida erkin, mustaqil harakat qilish layoqatini, qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi omillar mavjuddir. Shu bois O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida, ijtimoiy jamiyatda yangilanish, keskin o‘zgarishlar yuz berayotgan, bozor iqtisodiyoti munosabatlari, shuningdek, ijtimoiy raqobat qaror topayotgan o‘tish davrida mustahkam oilalarni shakllantirish har qachongidan ham dolzarblik kasb etmoqda.
    Turkiy xalqlarda oilaga muqaddaslik hamda dahlsizlik maqomi berilgan. Oila qurish hodisasiga balog‘at yoshiga yetgan yigit va qizlar tomonidan ijtimoiy vazifalardan birining amalga oshirilishi sifatida yondoshilgan. Xususan, zardushtiylar dinining muqaddas kitobi bo‘lgan “Avesto” da balog‘at yoshiga yetgan hamda oila qurish quvvatiga ega bo‘lgan yigitlarning oila qurishdan bosh tortishi yoki bu haqida fikr bildirishi ijtimoiy burchni bajarishdan bosh tortishni anglatuvchi harakatdir deya baholanganligi va bunday harakatga nisbatan maxsus jazo turlarining belgilanganligi (peshonaga tamg‘a bosish yoki belga og‘ir zanjir bog‘lab qo‘yish kabilar) bayon etiladi. Ayrim obyektiv sabablarni istisno etgan holda oilaning buzilishiga unda istiqomat qilayotgan kishilarning ma’naviy-axloqiy jihatdan yetuk va oilaviy xo‘jalikni yuritish quvvatiga ega emasligidan dalolat beruvchi holat sifatida qaralgan. Oilaning har bir a’zosi uning sha’ni, or-nomusi uchun kurashishni, shuningdek, obro‘-e’tiborini yuqoriga ko‘tarishni o‘zi uchun sharaf deb bilgan. Oila sha’ni, or-nomusini saqlab qolish yo‘lida xatto o‘z jonlarini qurbon qilganlar. Oilada tarbiya topayotgan qizlarga avlodlar davomiyligini ta’minlovchi bo‘lajak ona sifatida alohida mehr-muhabbat va rahm-shafqat ko‘rsatilgan.
    Sharq xalqlarida qiz bolalarning tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilgan, moddiy ta’minoti yuqori bo‘lgan oilalar pokiza, oqila, dono, katta hayotiy tajribaga ega ayollarni o‘z qizlari uchun enaga etib tayinlagan va ularga qizlarining tarbiyasini ishonib topshirganlar. Oila boshliqlari bo‘lgan erkaklar oilaning moddiy ta’minotini yaratish ishi bilan band bo‘lganliklari bois, ona doimo farzandlari yonida bo‘lib, ularning tarbiyasi bilan shug‘ullangan. Shu sababdan ona farzandlarning kamoloti uchun javobgar, mas’ul shaxs hisoblangan. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etishda qizlarda ana shu mas’uliyatli vazifani bajarish, shuningdek, ro‘zg‘or hamda oila xo‘jaligini yuritish, oilaning boshqa a’zolariga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasidagi muayyan ko‘nikma va malakalarni shakllantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
    Xalqimiz oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish borasida asriy tajribaga ega. Mazkur tajriba mazmuni sharqona odob - axloq, hayo - ibo, pokizalik hissi bilan yo‘g‘rilgan pand - nasihatlar, mutafakkirlarning qarashlari, ilmiy - nazariy va amaliy g‘oyalardan tashkil topgan. Uzoq yillar davomida oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ana shu tajribaga tayanib ish ko‘rildi.
    Ilm-fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish ishi mazmuniga nisbatan yangidan-yangi talablarni qo‘ymoqda. Zero, ayollarning ijtimoiy mavqeini oshirish, ularning ijtimoiy faolligini ta’minlash, tafakkur doirasi va dunyoqarashini kengaytirish muammolari ijtimoiy munosabatlarning chuqurlashuvi va murakkablashuvi sharoitida har qachongidan ham dolzarb ahamiyatga ega. Manfaatlar to‘qnashuvi, bashariyatning ma’naviy-axloqiy meyorlarga nisbatan ziddiyatli yondoshuvi, axborotlarning tezkor almashuvi sharoitida oila tarbiyasini yo‘lga qo‘yishda samaradorlikka erishish, qizlarda erkin, mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini shakllantirish milliy o‘zlikni saqlab qolish, barkamol avlod tarbiyasini yo‘lga qo‘yish, oila mustahkamligini ta’minlash, uning farovonligini oshirish, oilada sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishning eng muhim omillaridan biridir.
    Mustahkam oilalarni shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri bu yoshlar, xususan, qizlarni oila qurish, mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish, oilada sog‘lom ruhiy muhitni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini samarali tashkil etish jarayoniga muvaffaqiyatli tayyorlashdir. Mazkur jarayonning mohiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
    birinchidan, yoshlarda nikoh hamda oilaviy hayot, shuningdek, ikki jins o‘rtasidagi munosabatlar mohiyati borasida to‘g‘ri tushunchalar hosil bo‘ladi;
    ikkinchidan, ularni nikoh hamda oilaviy hayotni tashkil etish jarayoniga ruhiy jihatdan tayyorlaydi;
    uchinchidan, yoshlarda nikohga kirishish hamda oilaviy hayotni tashkil etish (oila a’zolari o‘rtasida ijtimoiy munosabatlarni tashkil etish, oila a’zolari (qaynota, qaynona, qaynsingil va qaynog‘alar) bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, oila xo‘jaligini boshqarish, pazandalik hamda bichish - tikish ishlarini yuritish, biologik qovushish, farzandlar tarbiyasini olib borish va hokazo jarayonlarni tashkil etish borasida amaliy ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi.
    Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab pedagogik jarayon sanalib, mazkur jarayonning samarali tashkil etilishi bu boradagi muayyan kamchilik va muammolarning bartaraf etilishi bilan belgilanadi. Ayni vaqtda esa oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
    1. Ota-onalarning oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining mohiyati xususida to‘la ma’lumotga ega emasliklari.
    Milliy etnopsixologik xususiyat (Ota-onalarning o‘z farzandlari bilan ma’lum masalalarda ochiq oydin muloqotda bo‘la olmasliklari, ichki kechinmalarini atrofdagilarga oshkor qilavermaslik lozimligi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash erkak kishining burchlaridan biri ekanligi, farzandlar tarbiyasi uchun mas’ullik keksa avlod zimmasiga yuklangan asosiy vazifalardan biri ekanligi borasidagi qarashlar, shuningdek, kelin va kuyov munosabatlarining mazmunini ularga anglatish vazifasini qizning yanga (kelin oyi) lari, yigitning oshnalari zimmasiga yuklash an’analarining mavjudligi ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, chunonchi, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonining mohiyatini to‘la tushunmasliklariga sabab bo‘lmoqda.
    2. Ota-onalar tomonidan yoshlar, shu jumladan, qizlarni oilada mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish imkonini beruvchi manbalarning yetarli darajada mavjud emasligi.
    O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, o‘tmish meros va unda ilgari surilgan g‘oyalarni o‘rganish, yosh avlodda milliy ma’naviy qadriyatlar hamda milliy madaniy merosni o‘rganishga nisbatan qiziqish va ehtiyojni qaror toptirish, ularga nisbatan hurmat uyg‘otish, ularni asrash hamda boyitish borasida muayyan mas’ullikni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy harakatning yo‘lga qo‘yilishi natijasida necha ming yillar davomida yaratilgan va oila, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlar mohiyati, farzandlar tarbiyasini olib borish masalalari to‘g‘risida fikr yurituvchi asarlarning fors, arab, shuningdek, qadimiy turkiy tillardan tarjima qilinishi, zamondosh pedagog, psixolog va fiziolog olim (mutaxassis)lar tomonidan so‘z yuritilayotgan muammo doirasida tadqiqot ishlarining olib borilishi tufayli ayni vaqtda muayyan manbalar majmuasiga ega bo‘ldik. Biroq ushbu manbalar majmuasi mustaqil oilaviy hayot bo‘sag‘asida turgan yoki o‘smirlik hamda o‘spirinlik yosh davrini o‘z boshlaridan kechirayotgan qizlar hissasiga nisbat bo‘la olmayapti. Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi aholi sonining qariyib 50 foizdan ortig‘i (demak, ushbu ko‘rsatkich umumiy raqamlarda ifoda etilsa, taxminan 12,5 mln. nafar kishiga to‘g‘ri keladi) ni yoshlar tashkil etadi. Respublikaning yetakchi kutubxonalarining fondi bilan tanishish oila, uning vujudga kelishi, oilaviy munosabatlar mazmuni, oila xo‘jaligini yuritish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish, oilaviy muammolar, oilaviy ajrimlar hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ularni bartaraf etish, shuningdek, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash masalalarini yorituvchi adabiyotlar soni taxminan 500 ta (o‘zbek va rus tillarida chop etilgan adabiyotlar) dan oshmasligini ko‘rsatdi. Oddiy matematik hisob-kitob asosida mazkur ko‘rsatkichlar nisbatini topishga harakat qilaylik, ya’ni, 12.500.000/500. Ushbu holatda nisbat 25.000 ga teng bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, Respublika kutubxonalarida mavjud bo‘lgan, oila mavzusida yaratilgan adabiyotlarning har biri 25.000 nafar yosh (yigit qiz) ga bittadan to‘g‘ri keladi. Ota-onalarning ijtimoiy mehnat bilan bandligi, oilaviy munosabatlarning ayrim jihatlari xususida ota-onalar hamda farzandlar o‘rtasida erkin muloqotning tashkil etilish imkoniyatining chegaralanganligi, ta’lim muassasalarida oilaviy hayotning barcha qirralari to‘g‘risida ma’lumotlar berish mumkinligi haqiqatdan yiroq ekanligini hisobga olsak, 25.000 nafar yosh yigit - qizlarning 0,2 foizigina maxsus adabiyotlar orqali oilaviy hayot, uni tashkil etish, oilaviy munosabatlarning tub mohiyati, ularni samarali yo‘lga qo‘yish, ota - ona hamda farzandlar o‘rtasida samimiy, o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatni o‘rnatish, oilaviy muammolarni ortiqcha hissiyotlarsiz, janjallarsiz hal etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lar ekanlar.
    3. Oila, shuningdek, ota-onalarga ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda muayyan mutaxassislik yo‘nalishlarida faoliyat yurituvchi idoralar tomonidan ko‘rsatilayotgan nazariy va amaliy yordamning ijtimoiy ehtiyojlarga nisbatan proporsional emasligi.
    Bizga yaxshi ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi aholisining qariyib 70 foizdan ortig‘i qishloq va ovullarda istiqomat qiladilar. Mustaqillik sharoitida olib borilayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarning sezilarli samaralar berayotganligiga qaramay, qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilash, ularga maishiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi jiddiy muammolarni to‘la to‘kis bartaraf etishga muvaffaq bo‘linmadi. Ushbu holat bozor iqtisodiyoti munosabatlarining qaror topishi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan muammolar tufayli o‘z kuchini saqlab qolmoqda. YA’ni, aholining ish o‘rni bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi, oylik maoshlarni ishchi xizmatchilarga doimiy ravishda va muddatida yetkazib berishdagi uzilishlar, ayrim jamoa xo‘jaliklaridagi iqtisodiy tanglik, muayyan ishlab chiqarish korxonalarining sanatsiyaga tushirilishi (bankrot deb e’lon qilinishi) va hokazo holatlar mazkur joylarda faoliyat olib borayotgan xizmatchilarni ijtimoiy ahvolining yomonlashuvini ta’minlovchi obyektiv omillar bo‘lib qolmoqda. Ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda muayyan mutaxassislik idoralari oldida turgan ichki muammolar ham aholi, xususan, qishloq aholisi o‘rtasida uzluksiz, izchil va tizimli ravishda maishiy, tibbiy va ijtimoiy yordamlarni ko‘rsatish imkonini bermayapti. Eng achinarlisi, oila va ta’lim muasssasalari o‘rtasida bir necha o‘n yillar davomida shakllangan hamda yoshlar ta’limi va tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish borasida muayyan an’ana va tajribaga ega bo‘lgan “Oila va ta’lim muassasasi” hamkorligi barham topmoqda. Bugungi kunda ular o‘rtasida olib borilayotgan hamkorlik turli bosqichdagi ta’lim muassasalarining ichki muammolari (ta’lim muassasasi binolarini ta’mirlash, ularda sanitariya holatini saqlash, o‘quvchilarni muayyan darajada rag‘batlantirish va hokazo kabi ehtiyojlarni qondirish) ni ijobiy hal etish maqsadida pul mablag‘larini yig‘ishdangina iborat bo‘lib qolmoqda.
    Oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammosi doirasida qishloq aholisi o‘rtasida olib borilayotgan tadbirlarning uzluksiz, tizimli hamda izchilligi ta’minlanmayapti. Ma’lum vaqtda bu boradagi tadbirlarning o‘tkazilishiga katta miqdordagi kuch va mablag‘ sarflangani holda ayrim vaqtlarda mazkur mavzuning mutlaqo unutilishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
    4. Ommaviy axborot vositalari orqali oila mohiyati, oilaviy hayotni tashkil etish, farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli olib borish, oilaviy munosabatlar mazmuni, shuningdek, oilaviy nizo va ajrimlarni keltirib chiqarayotgan sabablar va ularni bartaraf etish chora tadbirlari xususida namoyish (yoki chop) etilayotgan ko‘rsatuv, eshittirish yoki chiqishlar saviyasining yuqori emasligi. Oila muammosiga doir mavzularda vaziyat yoki holatlarni chuqur tahlil etishga asoslanib tayyorlanayotgan ko‘rsatuv, eshittirish yoki chiqishlarning yo‘qligi, mavjud ko‘rsatuv, eshittirish yoki chiqishlar mazmunining bir yoqlamalik kasb etayotganligi ota-onalarning yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida ma’lum ma’lumotlarga ega bo‘la olmayotganligiga ham sabab bo‘lmoqda.
    5. Respublikada yuz berayotgan ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar aholi ma’naviy axloqiy qarashlarining yangicha mazmun kasb etishiga olib keldi. Ayni vaqtda aholi ruhiyatida ro‘y berayotgan kechinmalarning aksariyat qismini moddiy ehtiyojlarni qondirish ishtiyoqi egallagan bo‘lib, bu holat o‘z-o‘zidan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish istagidan ustun mavqe egallashiga sabab bo‘lmoqda.
    To‘g‘ri organizmning yashovchanlik qobiliyatini ta’minlash, tiklash va qayta tiklash manbai bo‘lgan moddiy manbalarga ega bo‘lmasdan turib, muayyan ishlab chiqarish yoki yaratuvchanlik faoliyatni olib borish mumkin emas. Biroq ana shu faoliyat mazmunini ezgu g‘oyalar bilan boyitmay turib, ko‘zlangan maqsadga ham erishib bo‘lmaydi. Insonni ijtimoiy jamiyat, atrofdagi kishilar yoki o‘zi uchun foydali bo‘lgan hatti harakatni tashkil etishga yo‘llovchi omillardan biri bu uning oilasi muhitidagi tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlilik va hamkorlik hisoblanadi. Oilaviy tinchlik, osoyishtalik, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlilik va hamkorlikni qaror toptirishning kafolati esa yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga puxta tayyorlash, ularda ma’lum oilaviy qiyinchilik va muammolarni bartaraf eta olish layoqatini shakllantirish sanaladi. Shu bois mazkur muammoning ijobiy hal etilishi ham dolzarb pedagogik masalalardan biridir.
    Bizning nazarimizda, yuqorida qayd etilgan muammolarning ijobiy yechimini quyidagi faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish orqali ta’minlash mumkin bo‘ladi:
    1. Ota-onalar o‘rtasida oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash muammosining nazariy va amaliy jihatlarini to‘laqonli yoritib berishga xizmat qiluvchi targ‘ibot va tashviqot ishlarini samarali, tizimli va uzluksiz tarzda yo‘lga qo‘yish lozim. Ota-onalarda oila sharoitida yoshlar, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash ularning porloq kelajagi va baxtli hayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to‘g‘risidagi tushunchani hosil qilish, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur egallashga bo‘lgan ichki ehtiyoj va rag‘batni shakllantirish tadqiqot muammosining ijobiy yechimini ta’minlashga yordam beradi.
    2. Respublika “Oila” ilmiy - amaliy Markazi rahbarligida oila muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan yetakchi olimlar, pedagog, psixolog, fiziolog, shuningdek, turli yo‘nalishdagi ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan, katta hayotiy tajriba va pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilarning ijodiy kuchidan samarali foydalanish, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur vaziyatlarda ular tomonidan bildirilayotgan tashabbuslarni qo‘llab quvvatlash, shuningdek, ular mehnatining ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib borishiga erishish maqsadga muvofiqdir.
    3. Oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida oila, ta’lim muassasalari va ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasida mustahkam aloqani yuzaga keltirish ular o‘rtasida doimiy ravishda axborot almashuvining yo‘lga qo‘yilishi, xususiy muammolarni hal etishda ularning bir birlarini qo‘llab quvvatlashlariga erishish, shuningdek, bir-birlariga nisbatan ishonch hissini qaror toptirish oilaviy ajrimlar sonining ortib borishini oldini olishga yordam beradi.
    4. Ommaviy axborot vositalari orqali chuqur ilmiy tahlil hamda metodik tavsiyalarni berishga asoslangan oila mohiyati, oilani shakllantirish, oila a’zolarining o‘rtasida o‘zaro ishonch, ularning his tuyg‘u, kechinma va o‘y fikrlarning hurmat qilinishiga asoslangan munosabatni qaror toptirish, farzandlar tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish, oila xo‘jaligini samarali boshqarish va hokazo mavzulardagi ko‘rsatish, eshittirish hamda chiqishlarning berib borilishi birinchidan, oilaviy muammolarning bartaraf etilishiga zamin hozirlasa. ikkinchidan, oila hamda ijtimoiy tashkilotlar o‘rtasida axborot almashuvining yo‘lga qo‘yilishiga imkon beradi.
    5. Ota-onalarda moddiy ehtiyojlarnigina emas, balki ma’naviy ehtiyojlarning ham birdek qondirilishi ro‘y berilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy ziddiyatlarning oldini olishga yordam berajagi borasidagi qarashni shakllantirish lozim. Insoniyat tomonidan to‘plangan asriy hayotiy tajriba mohiyatiga ko‘ra qayerda insonlar ma’naviy ehtiyojlarning qondirilishini asosiy o‘ringa qo‘ygan bo‘lsalar, o‘sha yerda moddiy ishlab chiqarish ham tez sur’atlar bilan rivojlangan. Bu esa insonlarning farovon turmushini yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
    Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab, uzoq muddatli hamda o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etuvchi faoliyat jarayoni bo‘lib, mazkur jarayon quyidagi yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi ijtimoiy oilaviy munosabatlar negizida amalga oshiriladi:
    1. Oilaning moddiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish (oila budjetini yaratish, oilaga tegishli shaxsiy xo‘jalik (tomorqa hamda chorvachilik)ni barpo etish, undagi ishlarni yuritish, qo‘shimcha daromad manbalari (hunarmandchilik, ijara dehqonchiligi yoki chorvachilikni tashkil etish)ni izlab topish, kasbiy faoliyatni olib borish va hokazolar).
    2. Oila a’zolari (keksa, o‘rta va yosh avlod vakillari) o‘rtasida muomala munosabatlarini yo‘lga qo‘yish.
    3. Oilaviy hordiq (maishiy hamda ma’naviy mazmundagi)ni tashkil etish (bo‘sh vaqt hamda ta’til davrlarini birgalikda o‘tkazish).
    4. Oilaviy tadbirlarni uyushtirish (tug‘ilgan kun, beshik, sunnat, muchal, nikoh, kumush va oltin to‘ylar, turli o‘quv yurtlarini tamomlaganlik, birinchi maoshni olganlik, hukumat mukofotlari bilan taqdirlanganlik, xizmat yoki ilmiy sohada muayyan yutuqqa (xususan, ilmiy daraja yoki unvonga ega bo‘lganlik munosabati bilan tashkil etiluvchi tadbirlar, aza bilan bog‘liq marosimlar).
    5. Farzandlar tarbiyasini tashkil etish, ularga ilm va hunar sirlarini o‘rgatish.
    6. Oila a’zolarining ijtimoiy munosabatlar jarayoni (qo‘ni qo‘shni, qarindosh urug‘, hamkasb hamda do‘stlar bilan ijtimoiy aloqani tashkil etish)dagi qatnashuvi.
    Mazkur yo‘nalishlarda olib boriladigan oilaviy hayotning bir maromda kechishini ta’minlash bir qator omillar mavjudligini taqozo etadi. Xususan:
    a) oila a’zolarining ma’naviy axloqiy qiyofasi, muayyan axloqiy e’tiqodga egaliklari, ularning dunyoqarash hamda tafakkurlari ko‘lamining kengligi;
    b) oila a’zolari o‘rtasida bir birini tushunish, shaxsiy istaklardan o‘zgalar xohish istaklarini yuqori qo‘yish, ularni qadrlash, hurmat qilish, o‘zaro yordamni tashkil etish tuyg‘ularining qaror topganligi;
    v) oila a’zolarining ijtimoiylashuv (ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroklari) darajasi.
    Tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan tajriba sinov ishlari jarayonida ushbu omillarga tayanib ish ko‘rildi. Tajriba sinov ishlarini olib borish chog‘ida biz qizlarni oila sharoitida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash oila tarbiyasining asos bo‘lishi lozim degan xulosaga keldik. Zero, qizlarda dastlabki ma’naviy axloqiy sifatlar, mehnat hamda o‘qish faoliyatini tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarning shakllanishi ularni mustaqil hayotga tayyorlash jarayoni uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
    Tadqiqot jarayonida oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan faoliyat quyidagi shakllar asosida tashkil etilganda kutilgan natijani berishi mumkinligiga guvoh bo‘ldik:
    a) nikoh va oilani shakllantiruvchi asoslar, nikoh va oila qurish shartlari, oilaviy munosabatlar mazmuni, oila mustahkamligini ta’minlovchi hamda oilada sog‘lom psixologik muhitni yuzaga keltiruvchi omillar, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, shaxsiy, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari salomatligini saqlash, oila budjetini shakllantirish, undan oqilona foydalanish, oila muhitida farzandlar tarbiyasini tashkil etish, uy ro‘zg‘or yumushlari va oila xo‘jaligini boshqarish, er-xotin munosabatlari, ota-ona va bolalarning burchlari kabi mavzularda uyushtiriluvchi suhbatlar.
    b) “Qizlar tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari”, “Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berish lozim?”, “Ginekologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar”, “Balog‘at davri murakkab jarayon”, “Komillikning ma’naviy asoslari”, “Muomala madaniyati va uni shakllantirish shartlari”, “Oila an’analari muqaddasdir”, “Oilaviy ajrimlarning oldini olish”, “Xalq pedagogikasida qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarining yoritilishi”, “Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida jamoatchilikning ishtiroki” kabi mavzularda tashkil etilgan ma’ruzalar.
    v) “Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda nimalarga e’tibor berish lozim?”, “To‘kis baxtning mezoni moddiy farovonlikmi?”, “Ibratli oila qanday bo‘lmog‘i kerak?”, “Namunali qaynona (kelin) o‘zida qanday xususiyatlarni aks ettira olishi lozim?” kabi mavzularda o‘tkazilgan bahs munozalar.
    g) “Qizlar davrasi”, “Eng namunali kelin”, “Ibratli oila”, “Tadbirkor ayol”, “Ijodkor ayol” kabi mavzularda tashkil etilgan ko‘rik (tanlov)lar;
    d) “Oilaviy budjetni qanday shakllantirmoqchisiz?”, “Oila xo‘jaligini qanday yo‘lga qo‘ymoqchisiz?”, “Oilaviy munosabatlarda yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf eta olasiz?” mavzularidagi seminar-treninglar (2-ilova)
    Qizlarni oila sharoitida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida yuqorida qayd etilgan shakllarda tashkil etilgan faoliyat samaradorligini mazkur jarayonda qo‘llanilgan quyidagi metodlar ta’minlaydi:
    1) kuzatish metodi (faoliyatni tashkil etishda ushbu metoddan foydalanish oilada tarbiya topayotgan qizlarning hatti harakatlarini kuzatish ularda hosil bo‘layotgan ma’naviy axloqiy sifatlar to‘g‘risida muayyan ma’lumotlarga ega, shuningdek, qizlarning fiziologik hamda ruhiy holatida ro‘y berayotgan o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish imkonini beradi);
    2) suhbat metodi (mazkur metod yordamida qizlarning o‘y fikrlari, ichki ruhiy kechinmalari, his tuyg‘ulari, orzu niyatlari, hayotiy intilishlari, maqsadlari, ularning hayotlarida sodir bo‘layotgan o‘zgarish yoki hodisalar (yangi tanishlar orttirish, dugonalari bilan xafalashib qolish, o‘zi tanlagan kasbni o‘zgartirish to‘g‘risidagi fikrning paydo bo‘lishi, o‘zi yoqtirgan to‘garak (kurs)ga qatnashish istagidan voz kechish va hokazolar), hayotiy ideallari, oilaning boshqa a’zolari, do‘stlari, tengdoshlari hamda sinfdoshlari bilan bo‘lgan munosabatlarining mazmuni, o‘quv predmetlari asoslarining o‘zlashtirishdagi muvaffaqiyatlari yoki muammolar va hokazolar yuzasidan o‘zaro fikr almashish, ma’lum ma’lumotlarga ega bo‘lishni ta’minlaydi);
    3) tushuntirish metodi (ushbu metod yordamida qizlarga mustaqil oilaviy hayotni yo‘lga qo‘yish jarayonida qo‘l keladigan va oilaviy munosabatlarni tashkil etish, oila xo‘jaligini boshqarish, turli taomlar tayyorlash, bichish tikish ishlarini bajarish, o‘zining hamda oila a’zolarining salomatliklarini saqlash, er xotin munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, oila budjetini yaratish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish chog‘ida bilish zarur bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumot (bilim)lar beriladi);
    4) namoyish etish metodi (mazkur metod qizlarda mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladigan amaliy faoliyat ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilish uchun xizmat qiladi);
    5) namuna ko‘rsatish metodi(tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba sinov ishlari jarayonida mazkur metoddan foydalanish ham qizlarda mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi amaliy faoliyat ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish imkonini beradi);
    6) bahs (munozara) metodi (mazkur metod yordamida qizlarda ommaviy axborot vositalari sahifalarida oilaviy turmush va uni tashkil etish, mustahkam oilani shakllantirish, oilaviy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, oilaviy mojaro hamda ajrimlar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, farzandlar tarbiyasini yo‘lga qo‘yish, salomatlikni saqlash, pazandalik hamda bichish tikish sirlari xususida yoritilgan materiallar mazmuni bilan tanishish, ular to‘g‘risida fikr almashish, shuningdek, atrofda sodir bo‘layotgan hamda oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq voqea va hodisalar mohiyatidan o‘zlariga tegishli xulosalar chiqarib olish, ularga nisbatan shaxsiy munosabat bildirish ko‘nikmalarini hosil qilish mumkin. Oila a’zolari davrasida tashkil etilayotgan suhbatlar chog‘ida bahs (munozara) metodidan foydalanish yanada samaralidir.
    7) manbalar bilan ishlash (nikoh, oila, oilaviy munosabatlar, oila tarbiyasi va uning mohiyati, Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar, mustahkam oilani barpo etish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish sir asrorlari yuzasidan fikr yuritilgan, ulug‘ mutafakkirlar, tajribali oila sohiblari, mutaxassislarning qarashlari bitilgan adabiyot (manba)lar mazmuni bilan tanishish, ulardan muayyan nazariy va amaliy bilimlarni o‘rganish qizlar uchun mustaqil oilaviy hayotni yo‘lga qo‘yish borasida ma’lum tajribalarni orttirishga imkon beruvchi ushbu metod qizlarning tafakkur va dunyoqarashlarini boyib borishini ham ta’minlaydi).
    8) rag‘batlantirish metodi (bizga yaxshi ma’lumki, rag‘bat shaxsga istiqbol faoliyatini tashkil etish uchun ma’naviy ruh, kuch bag‘ishlaydi. Shu bois oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida ular tomonidan amalga oshirilgan, ma’lum ma’noda muvaffaqiyatli bo‘lgan xatti harakat, faoliyat to‘g‘risida oila a’zolari davrasida qayd etib o‘tilishi, bunday harakatlarning ma’qullanishi, chunonchi, “barakalla”. “buning uddasidan chiqishingga ishonar edim”, “men ham buni (muayyan harakat, faoliyatni) bajara olishingga ko‘zim yetgan edi”, “bu yumushni sifatli bajarilishi uchun astoydil harakat qilganing ko‘rinib turibdi, yasha” va hokazo kabi so‘zlarning e’tirof etilishi qizlarda o‘z kuchlari, layoqatlariga ishonchni tug‘diribgina qolmay, balki ularni o‘z ustilarida tinimsiz izlanishga undaydi. Rag‘batlantirish metodi yordamida qizlarda ijobiy sifatlar shakllanadi).
    9) jazolash metodi (qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida jazolash metodidan samarali, maqsadga muvofiq foydalanish ham pedagogik jihatdan to‘g‘ri sanaladi. Biroq jazolash metodining mohiyati qizlarga jismoniy azob berishdan iborat emasligini yoddan chiqarmaslik lozim. Jazolash metodidan foydalanish oilaviy munosabatlarni tashkil etish, oila xo‘jaligini boshqarish chog‘ida qizlar tomonidan bajarilgan, biroq muvaffaqiyatsiz hatti-harakat yoki faoliyatlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirish, qoniqmaganlik yoki norozilik tuyg‘ularini bildirish, tanbeh berish, yo‘l qo‘yilgan xato yoki kamchiliklarni ularning o‘zlariga ko‘rsatish, oila a’zolari o‘rtasida izza qilish, uyaltirish kabi harakatlar asosida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir).
    10. Interfaol metodlar (qizlarda shaxsiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish maqsadida qo‘llaniluvchi interfaol metodlar ayni vaqtda ularda mustaqil fikrlash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, faoliyatiga tanqidiy baho berish kabi sifatlarning shakllanishiga zamin yaratadi. Tajriba jarayonida respondentlarda oilaviy hayotni tashkil etish layoqatini shakllantirish maqsadida ular ishtirokida «Muammoli vaziyat», «Aqliy hujum», «Klaster», hamda «Rolli o‘yin» kabi metodlar asosida amaliy faoliyat tashkil etildi.
    Muammoli vaziyat metodi - o‘smir qizlar tomonidan ular e’tiboriga havola etilgan oilaviy-hayotiy vaziyatlar (xususan, qaynona va kelin o‘rtasida yuzaga kelgan muammoning oldini olish, farzandning otasi tomonidan inkor etilgan buyumni sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqning so‘nishi yoki buning oqibatida uning xarakterida yuzaga kelgan qaysarlik, atrofdagilarga nafrat bilan qarash tuyg‘usini bartaraf etish, oilaviy budjetning ko‘tarmaganligi bois qizni tug‘ilgan kunini dugonalari bilan o‘tkaza olmaslikka tayyorlash va hokazo vaziyatlarni tahlil qilish hamda ularning yechimini topishga asoslangan metod.
    Aqliy hujum metodi - oilaviy turmushga oid muammolarni hal etishda respondentlar tomonidan bildirilgan mustaqil fikr va mulohazalarni o‘zaro umumlashtirib, ular asosida ma’lum, yagona yechimga kelishni ta’minlovchi metod.
    Klaster metodi - yaxlit holda olingan oilaviy hayot yoki uning ma’lum yo‘nalishi (masalan, oila budjetini yaratish, ota-onalar va farzandlarning bir-birlari oldidagi huquqiy majburiyatlarini klaster (asosiy tushuncha)lar yordamida ifodalash asosida o‘smir qizlarda ular borasidagi umumiy tushunchalarni hosil qilishga yo‘naltirilgan metod.
    Rolli o‘yin metodi – o‘smir qizlar tomonidan hayotiy vaziyatlarning turli shart-sharoitlarini sahnalashtirish asosida ko‘rsatib beruvchi metod bo‘lib, muayyan rollarni ijro etish jarayonida ularda oilaviy hayot borasidagi ma’lum ko‘nikmalar shakllanadi.
    Qizlarni oila sharoitida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonida pedagogik ta’sir vositalarining kuchiga murojaat etilishi maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba sinov ishlarini tashkil etish chog‘ida pedagogik ta’sir ko‘rsatishning quyidagi vositalari samarali ekanligi aniqlandi:
    1. Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’lim va tarbiya. Ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan (mazkur o‘rinda qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash) ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish asosida qizlarda oilaviy hayotni tashkil etish borasidagi nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
    2. Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ularda ilgari surilgan g‘oyalardan foydalanish. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ularda ilgari surilgan g‘oyalar qizlarda oilaviy hayotni tashkil etish, oila a’zolari o‘rtasida muloqot munosabatlarni olib borish chog‘ida o‘zbekona urf odatlar (kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo‘lish, mehmonlarga hurmat ko‘rsatish, hovli, uy joylarni ozoda tutish, oila sirlarini oshkor etmaslik, oilaviy masala yoki muammolarni qarindosh urug‘lar bilan maslahatlashib hal etish, oilaviy tadbirlarni ko‘pchilik ishtirokida o‘tkazish va hokazolar), hayoli, iboli, samimiy, kamtarin va mehnatsevar bo‘lish, farzandlar tarbiyasini olib borishda milliylikka e’tibor berish borasida ma’lum bilim hamda ko‘nikmalarning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
    3. Milliy madaniy meros namunalari (xalq og‘zaki ijodi, xalq pedagogikasi, adabiyot, san’at, ilm fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari) asosida qizlarda oilaviy hayotni tashkil etish, mustahkam oilani barpo etish, oilada sog‘lom ruhiy muhitni qaror toptirish borasidagi tushunchalar shakllanadi.
    4. Ommaviy axborot vositalari sahifalari orqali berilayotgan materiallar qizlarga mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish, oila tinchligi va farovonligining garovi bo‘lgan omillarni yaratish, oila xo‘jaligini boshqarish, oila budjetini hosil qilish, undan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish, oila a’zolari o‘rtasida muayyan munosabatlarni tashkil etish, shaxsiy gigiyena hamda oila a’zolarining salomatligini saqlash, er xotin munosabatlari mazmuni, pazandalik va tikish bichish sirlarini o‘zlashtirish, farzandlar tarbiyasini olib borish to‘g‘risidagi bilimlarni berish yoki bu borada orttirilgan bilimlarni mustahkamlash bilan birga, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda boyitishga yordam beradi.
    5. Ota-onalar (yoki oilaning boshqa a’zolari,xususan, keksa avlod vakillari) tomonidan ko‘rsatilayotgan shaxsiy namuna qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Zero, qizlar shaxsiy hayotiy tajribani, eng avvalo, ota ona, buva buvi, aka uka, opa singil, qarindosh urug‘, qo‘ni qo‘shni, pedagoglar, shuningdek, do‘stlar, xullas, ular bilan o‘zaro ijtimoiy aloqada bo‘luvchi kishilarning xatti harakatlari, yurish turishlari, muomala odobi, ma’naviy axloqiy qiyofasi orqali o‘zlashtiradilar.
    6. Oila sharoitida qizlar bilan bo‘ladigan muloqot jarayonida ibratli oilalar yoki katta hayotiy tajriba, ma’naviy axloqiy dunyoqarashga ega bo‘lgan kishilar hayoti va faoliyatidan misollar keltirish qizlarda ulardan namuna, o‘rnak olish tuyg‘usini uyg‘otadi, ularning ibratli jihatlarini o‘zlashtirishga nisbatan rag‘batni kuchaytiradi. Bu o‘rinda o‘smir yoki o‘spirin qizlarda balog‘at davrida ko‘zga tashlanuvchi o‘zlari uchun hayotiy idealni tanlashga nisbatan yuzaga kelgan istakka tayanib ish ko‘rish oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan faoliyat samaradorligini ta’minlaydi.
    7. Oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida so‘z (nutq) kuchiga tayangan holda faoliyat yuritish kutilgan natijalarni berishga xizmat qiladi. Zero, so‘z (nutq) yordamida qizlarga muayyan masalalar yuzasidan ma’lumotlar berish, ularning bilimlarini shakllantirish va oshirib borish, ular tomonidan amalga oshirilgan hatti harakatlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqida fikr bildirish, rag‘batlantirish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini yuzaga keltirish, muayyan voqea hamda hodisalarga nisbatan shaxsiy yondoshuvni qaror toptirishga undash imkoniyati yuzaga keladi.
    8. Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash chog‘ida moddiy ashyolar hamda ularning qadriyatdorlik xususiyatlaridan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Masalan, buva hamda buvi, ota yoki ona, shuningdek, oilaning boshqa a’zolariga tegishli bo‘lgan buyum va yodgorliklar qizlar tomonidan oila an’analariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, oila muqaddasligi, uning sha’ni, obro‘si uchun kurashish oilaning har bir a’zosi uchun sharafli burch ekanligini chuqur anglab yetilishiga olib keladi.



    Download 3,74 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   97




    Download 3,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qarshi davlat universiteti psixologiya kafedrasi oilaviy nizolar psixologiyasi

    Download 3,74 Mb.