-§. Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy omillar




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
3.2-§. Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy omillar 
Tashqi muhitni muhofaza qilish muammosi bugungi kunning muammosi emas. 
Insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida bu muammolar turli qirralari bilan 
kо‘rinish berib kelgan. Masalan, о‘rta asr boshlarida jahonning katta shaharlarida 
isitish uchun va boshqa maqsadlar uchun toshkо‘mirdan foydalanish boshlangan 
kezlarda bu shaharlarda tutunning kо‘payib ketishi natijasida odamlarning tutunga 
qarshi kurash e’lon qilingani haqida ma’lumotlar bor. 
1950 yillardan boshlab avtomobilsozlikning rivojlanishi tufayli avtomobil 
dvigatellarida yonishdan hosil bо‘lgan gaz dunyo miqyosida eng xavfli ekologik 
muvozanatni buzilishiga olib keladigan omilga aylandi. Dunyodagi katta 
shaharlarning hammasida avtomobillar chiqargan gazlar muammosi kо‘ndalang 
turibdi. Lekin, avtomobillarga qarshi kurash ochishning imkoniyati yо‘q. Chunki 
insoniyat taraqqiyotini avtomobillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bu gaplar faqatgina 
avtomobillarga tegishli bо‘lmay, butun transport tizimlarining hammasiga: 
samolyotlar, teplovozlar, okean kemalari va kosmik kemalarning barchasiga 
taalluqlidir.
Atmosfera havosining bulg‘anishiga qarshi kо‘rash murakkab muammo bо‘lib, 
siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik muammolarni о‘z ichiga oladi. 
Markaziy Osiyoda issiqlik elektr stansiyalari, avtomobil transporti, qora va 
rangli metallurgiya, qurilish materiallari, kimyo, paxta tozalash va pillani qayta 
ishlash korxonalari atmosferani ifloslantiruvchi asosiy manbalar xisoblanadi. Sanoat 
korxonalarida ishlab chiqarish jarayonida texnologik mashina - uskunalardan atrof-
muhitga katta miqdorda zararli chiqindilar ajralib chiqadi. 
Atmosfera tabiiy holda 10 dan ortiq gazlarning aralashmasidan tashkil topgan. 
Ularning eng muhimlari quyidagilar (quruq havoning tarkibi): azot – 78,10 %, 
kislorod – 20,93 %, argon – 0,93 %, karbonat angidrid – 0,03 %, hamda yengil geliy, 
neon kseon, kripton, vodorod, azon, ammiak, yod va boshqalardan (0,01 %) iborat. 
Atmosferadagi azot (78,1 %) asosan mikroorganizmlar faoliyati tufayli tо‘plangan. 
Bir kishi sutkada nafas olish orqali 10 ming litrga yaqin azotni havo bilan oladi, lekin 
bu gazdan foydalanmaydi. Atmosferada azot kislorod aralashmasi rolini о‘ynab, 


60 
oksidlanish suratini va binobarin, biologik jarayonlarni tartibga solib turadi. 
Atmosferadagi gazlar ichida sayyoramizning organik hayoti uchun eng zaruri 
kisloroddir. Kislorod rangsiz gaz bо‘lib о‘zi yonmaydi balki yonishda yordam beradi. 
Kislorodning yetishmasligi kishi organizmi hamma a’zolarining meyorda ishlashiga 
shikast yetkazadi. Bir avtomobil 10-15 ming km yurganda, bir kishining bir yil 
oladigan kislorodini yoqilg‘i bilan birga yoqib yо‘q qiladi. Agar yer sharidagi yashil 
о‘simliklar har yili 550 mlrd. tonna kislorodni chiqarib bermaganda, atmosferadagi 
kislorod miqdori 200 yil mobaynida tugagan bо‘lar edi. Koinotdan har yili 10 mln. 
tonna chang atmosferaga tushadi. Kuchli vulqon otilganda atrof muhitga 76 mln. m
3
chang chiqadi. 
Atmosferaning sun’iy ifloslanishida avtomobil transporti birinchi о‘rinni (40 %), 
energetika sanoati ikkinchi о‘rinni (20 %), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi, 
maishiy-kommunal xо‘jaligi va boshqalar zimmasiga esa atmosferani sun’iy 
ifloslanishining 26 % i tо‘g‘ri keladi. 
Atmosfera havosi tabiatning eng muhim elementlaridan biri bо‘lib, tirik 
organizmning yashashi uchun juda ham zarurdir. Atmosfera yerning himoya qatlami, 
tirik organizmlarni, shu jumladan insonni turli ultrabinafsha nurlardan, samodan 
tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan, chang tо‘zonlardan saqlaydi. Atmosfera 
sayyoramizning issiqlik rejimini tartibga soluvchi regulyatorlik vazifasini bajaradi. 
Atmosfera suv bug‘larini tо‘planishida, bulutlar hosil bо‘lishida, yog‘inlarni 
yog‘ishida ya’ni suvning aylanma harakatida muhim ahamiyatga ega. Tuproq 
unumdorligining shakllanishida havo sirkulyatsiyasi muhim rol о‘ynaydi. 
Atmosfera havosini muhofaza qilish О‘zbekiston Respublikasining 1196 yil 23-
sentabrda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish» tо‘g‘risidagi Qonuni 
asosida amalga oshiriladi. 


61 
Xulosa 
KHK da о‘quv – tarbiya jarayonini takomillashtirish, ta’lim jarayonida yangi 
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni qо‘llash orqali mutaxassis kadrlar 
tayyorlash sifatini yaxshilash vazifasi quyildi. 
Bu vazifani hal qilish uchun BMI da:
1. Ilashish muftasining texnik holatini baholash va unga texnik xizmat 
kо‘rsatishning ilmiy nazariy asoslari, texnika – texnologik jarayonlar atroflicha 
о‘rganildi, tahlil qilindi.
2. Ilashish muftasining texnik holatini baholash va unga texnik xizmat 
kо‘rsatish bо‘yicha barcha texnika – texnologik ma’lumotlardan KHK 
о‘quvchilarining saviyasiga mos, kichik mutaxassislar tayyorlash bо‘yicha DTS 
talablariga mos о‘quv materiali belgilab olindi.
3. Tanlab olingan о‘quv mtayeriali pedagogik, psixologik jihatdan tahlil 
qilinib, uni KHK da о‘qitish metodikasi ishlab chiqildi.
4. KHK da “Ilashish muftasining texnik holatini baholash va unga texnik 
xizmat kо‘rsatish” mavzusini о‘qitishda qо‘llanilgan “Muammoli ta’lim” metodi va 
ulardan foydalanish usullari ishlab chiqildi. 
5. Tadqiqot natijasida ishlab chiqilgan usullar KHK da ta’lim jarayonida sinab 
kо‘rildi va shunga asosan metodik tavsiyalar tayyorlandi.
Yangi pedagogik texnologiyalar asosida “Ilashish muftasining texnik holatini 
baholash va unga texnik xizmat kо‘rsatish” ni о‘qitish texnologiyasi bо‘yicha ishlab 
chiqilgan tavsiyalar KHK da maxsus fan о‘qituvchilari, о‘quv ustalariga amaliy 
yordam beradi va ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi deb hisoblaymiz. 


62 

Download 0.95 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-§. Atmosferani ifloslantiruvchi asosiy omillar

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish