Amaliy – laboratoriya ishlarini tashkil qilish va о‘tkazishda quyidagi ish




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana21.09.2022
Hajmi0.95 Mb.
#26223
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
ilashish muftasi va uning nosozliklarini aniqlash
PQ-92 19.01.2022, Elektr jixozlaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi
Amaliy – laboratoriya ishlarini tashkil qilish va о‘tkazishda quyidagi ish 
tartibiga rioya etish tavsiya etiladi:
1. 
Ish о‘rnini tashkil qilish, uskunalar qurollar, moslamalar va texnologik 
kartalar bilan tanishtirish. 
2. 
Yig‘in birligini butunlash yoki qisman qismlarga ajratish. 
3. 
Detallarning о‘zaro ishlashini ularni moylash va sovitishni о‘rganish. 
4. 
Detallarning umumiy bо‘lgan nuqsonlarini, ularning yig‘ish birliklarini 
ishiga ta’sirini о‘rganish. 


57 
5. 
Yig‘ish birligini ishlatish jarayonida puxta ishlashini ta’minlovchi 
texnologik va ishlatish vaqtidagi tuzatishlarni о‘rganish. 
6. 
Dvigatelni tashkil etadigan qismlarni yig‘ish, yig‘ishning tо‘g‘riligini 
tekshirish. 
7. 
Ish о‘rnini yig‘ishtirish va topshirish. 
Amaliy – laboratoriya mashg‘ulotlaridan oldin о‘quvchilar ishning asosiy 
havfsizlik qoidalari hamda yuk kо‘tarish jihozlari, ajratkichlar, stendlar
elektrotexnika jihozlari, presslar va boshqa moslamalar bilan tanishadilar. 
О‘quvchilarning havfsizlik qoidalari bilan tanishganligini ta’kidlash uchun maxsus 
qaydnomaga tushiriladi. Uning kо‘rinishi qо‘yidagicha: 
Tartib 
nomeri 
sana 
Instruktaj 
о‘tkazgan 
о‘qituvchining 
ismi, familiyasi 
Instruktaj eshitgan 
о‘quvchilarning 
ismi, familiyasi 
О‘qituvchi va 
о‘quvchilarning 
imzosi 
Eslatma 
О‘quvchilarni ishining asosiy havfsizlik qoidalari bilan tanishtirish hamda 
ularning yо‘qlamadagi imzolari laboratoriya amaliy mashg‘ulotlar vaqtida 
о‘qituvchidan havfsizlik bо‘yicha mas’uliyat olinmaydi. Shuning uchun laboratoriya 
– amaliy mashg‘ulotlar vaqtida о‘qituvchi metodik rahbarlik qilibgina qolmasdan 
о‘quvchilarning har bir harakatini diqqat – e’tibor bilan kuzatib turishi kerak. 
Asosiy havfsizlik texnikasi qoidalari va yong‘inga qarshi chora-tadbirlari: 
1. 
Avtomobillarni, shuningdek ularning agregatlari va uzellarini 
qismlarga ajratish hamda yig‘ish, ish о‘rinlari, stendlar, dastgohlar
stollar, puxta tagliklar, stellajlar, presslar, ajratkichlar, domkratlar, 
kо‘tarish-transport qurilmalari, zarur moslamalar va qurollar bilan 
jihozlangan bо‘lishi kerak. 
2. 
Faqat nuqsonsiz moslamalar va qurollardan foydalanishga ruxsat 
etiladi. 


58 
3. 
Mashinaning og‘ir detallarini faqat ishonchli qamrovlari bо‘lgan yuk 
kо‘tarish qurilmalari yordamida avtomobilga qо‘yish va undan olish 
mumkin. Kо‘tarilgan yuk ostida bо‘lish qat’iyan man etiladi. 
4. 
Artishga ishlatiladigan materiallar metall yashiklarda saqlanishi kerak. 
5. 
Dvigatelni yurgizib yuborish va uni rostlash faqat о‘qituvchi ruxsati 
bilan, uning nazorati ostida bajariladi. 
6. 
Yonilg‘i apparatlari bilan ishlaydigan joylarda chekish, gugurt yoqish, 
ochiq alangadan foydalanish qat’iyan man etiladi. 
7. 
Elektrolit sathi va uning zichligini о‘lchashda badanga elektrolit 
tushmaslikning ehtiyot chorasini kо‘rish zarur. Bu ishlarni 
bajarayotganda himoya kо‘zoynaklaridan, rezina fartuk va rezina 
qо‘lqoplardan foydalanish kerak. 
8. 
Elektrolitni plastmassa idishda tayyorlash lozim. Qaynab, atrofga 
sachramasligi uchun kislotaga suv qо‘yish taqiqlanadi. 
9. 
Bо‘laklarga ajratish va yong‘in ishlarini texnologik kartada 
kо‘rsatilgan yoki о‘qituvchi tavsiya etgan tartibda va hajmda bajarish 
kerak. 
Agar bu qoidaga amal qilinmasa, taglikdan og‘ir qismlar kutilmaganda tushib 
ketishi mumkin. 


59 

Download 0.95 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Amaliy – laboratoriya ishlarini tashkil qilish va о‘tkazishda quyidagi ish

Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish