|
“Innovatsion texnologiyalar” jurnalida chop etiladgan ilmiy maqolalarga qo‘yilgan talablarBog'liq 1. Ж.Н.Узоқов MAXSUS SON 2023-1 мақола нашрга чиқди. “Innovatsion texnologiyalar” jurnalida chop etiladgan ilmiy maqolalarga qo‘yilgan talablar
“Innovatsion texnologiyalar”
ilmiy-texnik jurnali tahririyati Sizga hamkorlik uchun
minnatdorchilik bildiradi hamda Sizdan nashr qilish uchun maqolalarni berishda quyidagi talablarga
rioya qilishingizni so‘raydi.
1. Muallif tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “Innovatsion texnologiyalar”
ilmiy-amaliy jurnalining “Jurnal bo‘limlari” ruknida keltirilgan yo‘nalishlarga mos bo‘lishi kerak.
2. Ilmiy maqolalarning hajmi kamida to‘liq 5 bet va maksimal hajmi to‘liq 10 bet (2000-3000
so‘z) dan oshmasligi zarur, adabiyotlar soni 10 tadan kam bo‘lmagan manbadan iborat bo‘lishi lozim.
3. Maqolaning matni, formula va jadvallarni Microsoft
Word
(
doc, docx formatlarida
)
dasturidan foydalanib tayyorlash kerak.
4. Windows asosidagi matn dasturi redaktorining parametrlari:
2 sm dan standart hoshiyalar qolishi kerak;
shrift Times New Roman, kegel – 12;
satrlar orasidagi interval – 1 sm;
matnni kengligi bo‘yicha tekislash;
xat boshi (abzats) 1 sm;
MS Word dasturi yordamida ishlangan rasmlar qabul qilinmaydi. Formula, rasm, grafiklar
jadvallar sifatli tayyorlangan, chop etilganda aniqko’rinadigan bo’lishi lozim.Barcha rasmlar va
jadvallar raqamlanishi, nomlanishi hamda manbasi ko‘rsatilishi shart.
5.
Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan ilgari suriladigan talablar:
1)
Maqola o‘zbek (lotin yozuvida), rus yoki ingliz tilida taqdim etilishi mumkin;
2)
Maqola halqaro andozalar talabiga ko‘ra quyidagi aniq bandlarga ega bo‘lishi lozim:
a) UO‘K-
o‘zbek (
УДК
-rus,
UDC-
ingliz)
–
universal o‘nli klassifikator
|
| |