• 2.2. Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari
  • II bob. TABIIY GAZDAN PROPAN-BUTAN FRAKTSIYASINI AJRATISH




    Download 1.04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/27
    Sana17.05.2022
    Hajmi1.04 Mb.
    #21261
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
    Bog'liq
    texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
    1 amaliy ishi boshqarish nazariyasi, Uslubiy Python amaliy mashg\'ulot 2021-2022, Mavzu Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari, 1-ma\'ruza. Tizimlar nazariyasi asoslari, ИБНфанидан факат ОБ саволлариСИРТКИ 45С ИАТ 18 26 04 22, Лек.14.ИСУ в мехатронике, 904084
    II bob. TABIIY GAZDAN PROPAN-BUTAN FRAKTSIYASINI AJRATISH 
    QURILMASIDAGI REKTIFIKATSION KOLONNANING 
    QO‘LLANILISHI VA ULARDAN UNUMLI FOYDALANISH 
    2.1. Rektifikasiya jarayoni haqida tushuncha 
    Ikki va undan ortiq uchuvchan komponentlardan tarkib topgan bir jinsli 
    suyuqlik aralashmalarini ajratish uchun qо‘llaniladigan usullardan eng keng 
    tarqalganlari haydash va rektifikatsiyadir. 
    Haydash va rektifikatsiya jarayonlari kimyo, oziq - ovqat va boshqa 
    sanoatlarda juda keng kо‘lamda ishlatiladi. Masalan, texnik va oziq - ovqat etil 
    spirtlarini, aromatik moddalar ishlab chiqarishda, hamda aralashmalarni dag‘al 
    ajratish uchun qо‘llaniladi. Juda tо‘la ajratish uchun rektifikatsiya jarayonidan 
    foydalaniladi. 
    Haydash va rektifikatsiya jarayonlari bir xil temperaturada aralashma 
    komponentlarining turli uchuvchanligiga asoslangandir. Yuqori uchuvchanlikka 
    ega komponent yengil uchuvchan, past uchuvchanlikka ega komponent qiyin 
    uchuvchan deb nomlanadi. Demak, yengil uchuvchan komponent qiyin 
    uchuvchanga qaraganda pastroq temperaturada qaynaydi. Shuning uchun ham, ular 
    past va yuqori temperaturada qaynaydigan komponentlar deb ataladi. 
    Haydash yoki rektifikatsiya jarayonida boshlang‘ich aralashma yengil 
    uchuvchan komponenti bilan boyitilgan distillyat va qiyin uchuvchan komponent 
    bilan boyitilgan kub qoldig‘iga ajraladi. Haydash jarayonida hosil bо‘lgan bug‘ 
    kondensator - deflegmatorga kondensatsiyalash natijasida distillyat olinadi. 
    Qurilma kubida esa - kub qoldig‘i qoladi. 
    2.2. Haydash va rektifikatsiya jarayonlarining nazariy asoslari 
    Eng oddiy aralashma 2 ta komponentdan tarkib topgan bо‘ladi va u binar 
    aralashma deb ataladi. Binar aralashmaning erkinlik daraja soni quyidagiga teng: 
    2
    2
    2
    2
    2







    Ф
    К
    С
    bu yerda K - komponentlar soni; F - fazalar soni. 


    24 
    Sistema holatini uchta bir - biriga bog‘liq bо‘lmagan parametr belgilaydi: 
    bosim r, temperatura t va konsentratsiya x. Agar, istalgan ikkita parametr tanlansa, 
    uchinchisini aniqlash qiyin emas. Demak, muvozanat chizig‘ini istalgan ikkita 
    о‘zgaruvchi parametr orqali ifodalash mumkin, yani r va x, t va x, r va t, x
    va u. 
    Malumki, 
    suyuqlik 
    aralashmalari 
    о‘zlarining 
    fizik-kimyoviy 
    xarakteristikalari bо‘yicha katta farq qiladi. 
    Komponentlarning о‘zaro erishiga qarab, binar aralashmalarni 3 guruhga 
    bо‘lish mumkin: 
    - komponentlari cheksiz eruvchan aralashmalar; 
    - komponentlari о‘zaro erimaydigan aralashmalar; 
    - komponentlari qisman eruvchan aralashmalar. 
    Komponentlari cheksiz eruvchan aralashmalar о‘z navbatida ideal va haqiqiy 
    eritmalarga bо‘linadi. 
    Ideal aralashmalar deb eritma tarkibidagi komponent olinishi natijasida 
    issiqlik ajrab chiqmaydigan yoki yutilmaydigan va hajmi о‘zgarmaydigan 
    aralashmalarga aytiladi. 
    Yengil uchuvchan A va qiyin uchuvchan V komponentli binar, suyuq 
    aralashmani kо‘rib chiqamiz. A va V toza komponentlar tо‘yingan bug‘larining 
    bosimini RA va RV deb belgilaymiz. 
    Malumki, ideal aralashmalar Raul qonuniga bо‘ysinadi. Ushbu qonunga 
    binoan, suyuqlik ustidagi toza komponentning bug‘ bosimi uning suyuqlikdagi mol 
    ulushiga proporsionaldir: 


    х
    Р
    х
    Р
    р
    В
    А
    А




    1
    р
    ;
    В
    (2.2.1) 
    bu yerda rA, rV - A va V komponentlarning parsial bosimi; x, (1-x) - 
    suyuq aralashmadagi A va V komponentlarning mol ulush. 
    Dalton qonuniga binoan sistemadagi umumiy bosim, parsial bosimlar 
    yig‘indisiga teng: 





    Download 1.04 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




    Download 1.04 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II bob. TABIIY GAZDAN PROPAN-BUTAN FRAKTSIYASINI AJRATISH

    Download 1.04 Mb.
    Pdf ko'rish