Qurilmani nazorat qilish va boshqarish




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana17.05.2022
Hajmi1.04 Mb.
#21261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
1 amaliy ishi boshqarish nazariyasi, Uslubiy Python amaliy mashg\'ulot 2021-2022, Mavzu Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari, 1-ma\'ruza. Tizimlar nazariyasi asoslari, ИБНфанидан факат ОБ саволлариСИРТКИ 45С ИАТ 18 26 04 22, Лек.14.ИСУ в мехатронике, 904084
1.5. Qurilmani nazorat qilish va boshqarish 
Qurilmaning avtomatlashtirish tizimi jarayonning borishini tekshirib turish
ishchi muhit parametrlarini bir maromda ushlab turish, qurilmani barqaror va 
avariyasiz ishlashini ta’minlash, hamda qurilmani ishga tushirib, ishchi maromiga 
chiqarishdagi, qurilma tо‘xtatilgandagi, uni qizdirish va damlashdagi asosiy 
parametrlarni nazorat qilishga mо‘ljallangan.
Shu maqsadda harorat, bosimning о‘zgarishi qurilmaning apparat va 
kommunikatsiya tizimidagi muhit (modda) ning sarfi va sathini, belgilangan 
parametrlarni avtomatik tarzda bir maromda ushlab turuvchi, parametrlar 
о‘zgarishidan (kо‘tarilishidan) qurilma uskunalarini avtomatik himoyalovchi 
о‘lchov va yozuv asboblari nazarda tutiladi. Asosiy asboblar operatorlar 
xonasidagi qurilmani boshqaruv shiti (pulti) ga, qisman qolganlari esa apparat 
yoki mashinaning о‘ziga joylashtirilgan bо‘ladi. Undan tashqari, qurilma, 
texnologik jarayonni avtomatik boshqarish tizimi (ABSTJ) ga ega. 
Zaruriyat rо‘y berganda barcha avtomatik tartiblash ishlarini qо‘l bilan 
boshqarishga о‘tkazish mumkin. 
Tartiblash ishlari “Remikont R-130” mikroprotsessorlarda amalga oshiriladi.
Nazorat qilish va tartiblash nuqta (joy) lari A-ilovada kо‘rsatilgan.
Qurilmada quyidagi parametrlar tartibga keltiriladi: 
Quyidagilarni bajarib muhit sathini bir maromda ushlab turiladi: 


14 
- S1 separatoridagi uglevodorodlar yordamida KRU1 klapanga ta’sir 
о‘tkazib;
- S2 separatoridagi uglevodorodlar yordamida KRU2 klapanga ta’sir 
о‘tkazib;
- K1 kolonna kubidagi suyuqliklar yordamida KRU3 klapanga ta’sir 
о‘tkazib;
- YE2 idishdagi propan-butan aralashmasi yordamida KRU7 klapanga ta’sir 
о‘tkazib;
- K2 kolonna kubidagi suyuqliklar yordamida KRU4 klapanga ta’sir 
о‘tkazib; 
О‘zaro aloqador rostlash quyidagi holatlarda bajariladi: 
- rektifikatsion K-1 kolonnaning qaynatkich T-4 ga kelayotgan belgilangan 
dizel yoqilg‘isi sarfini nazorat likopchasidagi va K-1 ning kub qismidagi haroratga 
qarab va KRR1 klapanning ochilishini chegaralash hamda sarfni rostlash bо‘yicha 
topshiriqqa о‘zgartirish kiritish uchun; 
- kolonnaning T-5 qaynatkichiga kelayotgan belgilangan dizel yokilgisi 
sarfini, nazorat likopchasidagi va K-2 kolonnaning kub qismidagi haroratga, 
hamda KRR3 klapanning ochilishiga qarab chegaralash uchun olinayotgan 
mahsulotni nazorat qilish. 
Qurilmani ishga tushirish
Qurilmani ishga tushirish ohista, asta-sekinlik bilan, umumiy ish 
unumdorligining 30 % ga teng maromda bajariladi va quyidagi muhim 
bosqichlardan iborat hisoblanadi: 
1) obdan filtrlash bloki va dastlabki sovutish bloklarini ishga tushirish; 
2) dastlabki sovutish blokini baypas bо‘ylab, detander blokiga kirmay, 
о‘tadigan gazning drossel-effektiga moslab shamollatish (sovutish); 
3) qurilmani ishga tushirib, detander bloki rejimiga, dastlabki sovutish bloki 
rejimigacha yetkazish; 
4) etanli kolonna K1 va SPBT K2 kolonnalarining rejimigacha kо‘tarish. 


15 
Qurilmada sovutish manbai sifatida turbodetanderda dastlabki bosimi 48 
kgf/sm2 bо‘lgan gazning bosimini 30 kgf/sm2 gacha tushirish yо‘li bilan qayta 
ishlanishi oqibatida, kengayish effektidan foydalaniladi.
Qaynatkichlar uchun issiqlik manbai sifatida 2 markaziy qozonxonadan 
keladigan suv bug‘idan foydalaniladi.
Qurilmaning ishlash tartibi 
Qurilmaga xizmat kо‘rsatishdagi umumiy talablar 
Qurilma bir meyorda ishlab turganda, unga xizmat kо‘rsatish, asosan, 
belgilangan va tartibga solinadigan о‘lchamlar, ya’ni bosim, harorat, muhit tarkibi, 
idishlar va kolonna kublaridagi suyuqlik sathini, issiq beruvchi manbadagi sarf, 
turbodetander agregati ishini nazorat qilishdan iboratdir. Tartibga keltirish 
jarayonlari qurilmadagi boshqarish pultidan avtomatik ravishda amalga oshiriladi. 
Sharoitga qarab, qо‘lda masofadan turib, yoki bevosita obyektning о‘zida turib 
boshqarish ham mumkin. 
Obdan filtrlash blokiga xizmat kо‘rsatish 
Blokga xizmat kо‘rsatayotganda quyidagilarga alohida e’tibor berish zarur: 
1) Qurilmaga kirayotgan gaz bosimini nazorat qilib turish (D1 orqali). 
Mazkur bosim qurilmadan tashqarida tartibga solinadi. SPBT mahsulotini ajratib 
olishdagi zarur koeffitsiyentga erishish uchun, qurilmaga kelayotgan gazning 
bosimi belgilangan meyordan past bо‘lishi kerak; 
2) filtrlash blokidan chiqayotgan gazning sifatini tekshirib kо‘rib (A1 dagi 
mayda dispers chang miqdoriga qarab), filtrlar ishining samaradorligini vaqti-vaqti 
bilan tekshirib turish lozim; 
3) ishlayotgan filtrlar guruhining qarshiligiga e’tibor berish (DM1 orqali) 
kerak. Ruxsat etilgan qarshilik darajasiga yetganligini filtrlarning ifloslanib ketishi 
orqali aniqlash mumkin. Ayni paytda rezerv filtrlarni ishga tushirish kerak. Buning 
uchun quyidagilarni bajarish kerak: 
- ishga tushirilayotgan rezerv filtrlarga tabiiy gaz kiradigan joydagi tо‘ldirish 
zadvijkasi V6(1,2 yoki 3) ni ochish; 


16 
- ishga tushirilayotgan apparatlardagi gaz bosimini ishchi meyorigacha 
kо‘tarish (D21,2 yoki 3 orqali nazorat qilinadi). Bu ishni ohista, har minutda kо‘pi 
bilan 1 atmosferaga kо‘tarib borib, V4(1,2 yoki 3) va V8(1,2 yoki 3) zadvijkalarni 
ochib, tabiiy gazni mazkur apparatlar orqali о‘tkazish, keyin V6 zadvijkasini 
berkitib bajariladi; 
- V4(1,2 yoki 3) zadvijkasini berkitib, tegishli filtrga gaz borishini tо‘xtatish; 
- D11 asbobning kо‘rsatishiga qarab ishga tushirilgan filtrlarning qarshiligini 
tekshirish; agar kо‘rsatkich ruxsat etilgan miqdordan ortib ketaversa, V4 zadvijka 
yordamida ishlayotgan boshqa apparatlar guruhiga gaz borishini tо‘xtatib qо‘yish 
kerak.
4) tо‘xtatib qо‘yilgan filtrlar guruhini tozalashga kirishish uchun quyidagi 
ishlarni bajarish lozim: 
- filtrlarni bosim ostidagi tizimdan yaxshilab uzib qо‘yish kerak, buning 
uchun: 
- tо‘xtatib qо‘yilgan filtrlardan gaz chiqadigan joydagi V8 zadvijkani 
berkitish, hamda filtrga kirishdagi V4 va V6 zadvijkalarning berkligini tekshirish; 
- VS10 kranni asta-sekinlik bilan biroz ochib, gazning bosimini tushirish. Bu 
ishni shoshmasdan, 30 minut davomida (D2 orqali nazorat qilinadi) bajarish kerak; 
5) VS6 krandagi tiqinni yechib olib, VS5 va VS6 kranlar oralig‘iga 
yechiladigan g‘altak о‘rnatib turib azot bilan damlashga kirishish zarur. Mazkur 
kranlarni ochib azotni damlab apparatlarga yuborish kerak. Damlanayotgan gaz 
tarkibini tekshirib kо‘rib, unda uglevodorodlar yо‘qligiga ishonch hosil qilish 
(XA1 orqali nazorat qilinadi), undan keyin VS10 kranni berkitib, VS111 va VS112 
(yoki VS113 va VS114 va VS115 va VS116 qaysi filtrlar guruhi uzib qо‘yilishiga 
qarab) ochib turib damlab, apparat tubiga tо‘plangan changli azotni svechaga 
yuboriladi; 
Mazkur ish tugagandan keyin VS5 va VS6 kranlarni berkitib azot 
damlanishini tо‘xtatib, apparatdagi bosimni tushirish (D2 ga qarab aniqlanadi) va 
har bir apparatdagi VS11 kranni berkitish zarur; 


17 
6) VS5 va VS6 kranlar о‘rtasidagi yechiladigan g‘altakni olib tashlab, VS6 
kraniga tiqin о‘rnatib qо‘yib, apparatlarni azot damlash tizimidan uzib qо‘yish 
lozim.
Dastlabki sovutish blokiga xizmat kо‘rsatish 
Blokka xizmat kо‘rsatish davomida quyidagilarni bajarish zarur: 
- S1 (D3) separatordagi tabiiy gaz bosimini, blokdagi (DM2) tabiiy gaz 
bosimining о‘zgarishini, blok apparatiga kirishdagi va undan chiqishdagi tо‘g‘ri va 
teskari oqimlar haroratini kuzatib turish;
Tabiiy gaz о‘tayotgan yо‘ldagi qarshilikning ortib ketishi, obdan filtrlash 
blokining qoniqarsiz ishlashidan darak beradi (filtrlarni tozalash yoki boshqasini 
ulash choralarini qо‘llash kerak); DM2 dagi bosimning oshishi bilan, blokning 
tegishli issiqlikalmashtirgichlaridagi issiq va sovuq uchlarida yetarsiz darajada 
rekuperatsiya qilish jarayonining ortishi (T1, T2, T3, RT1, T4, T5, T7, T9 va T10 
orqali tekshirib boriladi) qurilmadan tashqarida gaz yaxshi quritilmayotganligidan 
va oqibatda issiq beruvchi yuzaning muzlashiga olib kelishidan darak beradi; 
- S1 separatordagi suyuqlik sathini nazorat qila borib, belgilangan meyordan 
yuqorilab ketmasligiga erishish kerak.
Detander blokiga xizmat kо‘rsatish 
Blokni normal rejimda ishlashiga erishish uchun quyidagi holatlarga alohida
e’tibor berib, ularni har kuni yoki tez-tez tekshirib turish, chetlashishlar sodir 
bо‘lganda, zudlik bilan quyidagilarni aniqlash lozim: 
Bakdagi moyning sathini;
Gazni zichlash jarayonidagi sarf va bosimni;
Surtish moylarining bosimini;
Surtish moylarining haroratini;
Surtish moylarining qovushqoqligini;
Moy filtridagi bosimning о‘zgarishini;
О‘qdagi zо‘riqishni о‘lchovchi asboblarning kо‘rsatishini. 
Surtish moylarini, ifloslanishiga, qovushqoqligining pasayishiga va filtrdagi 
bosimning о‘zgarishiga qarab, zarur vaziyatlarda almashtiriladi. Ayni paytda, 


18 
mazkur holatlarni apparatni ishga tushirish bilan bir paytda о‘lchab borib, 
ifloslanish va suyuqlanish tezligi aniqlanadi, navbatdagi tekshiruv о‘tkazish tartibi 
ishlab chiqiladi. Filtrlovchi elementlarni ham moyni almashtirish bilan bir paytda 
almashtiriladi.
Filtr moslamasiga xizmat qilish 
Filtr ishdan chiqib, bо‘shatilayotganda, uni tizimda ishlashi uchun 
о‘rnatishdan avval moy bilan tо‘ldirish lozim. Aks holda filtr ichida qolgan havo 
yoki gaz podshipniklar orqali damlanib buzilishi, nosozlikka olib kelishi mumkin. 
Filtr korpusiga moy quyishda bosimning о‘zgarib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak.
Ishlab turgan apparatdagi dupleks moy filtrni almashtirish uchun 
quyidagilarni bajarish lozim: 
- xizmat kо‘rsatilayotgan filtrning qarama-qarshisidagi filtrga ulanish uchun 
kranni burash; 
- filtrning tenglashtiruvchi krani (V-0,5) ni yopish; 
- xizmat kо‘rsatilayotgan filtrning tegishli damlagich klapani (V-0,5) ni 
ochish. Ayni paytda filtrdagi bosim bakka о‘tkaziladi; 
- filtrning (V -0,5) damlagich kranini berkitish; 
- filtr korpusi bosim ostida bо‘lgani uchun, VV-0,75 tо‘kish kranini ochib
filtr korpusidagi moyni tо‘kib olish kerak; 
- xizmat kо‘rsatilayotgan filtr korpusini ochib, ishdan chiqqan elementni olib 
tashlash; 
- yangi filtrlash elementini о‘rnatish; 
- filtr (VV-0,75) dagi tо‘kish klapanini yopib, filtr korpusini moy bilan 
tо‘ldirish; 
- filtr korpusini yig‘ib, yaxshilab berkitib, zichlash; 
- filtrning tenglashtiruvchi krani (V-0,5) ni ohista ochib, korpusdan 
havoning chiqib ketishini kutib turish; filtr moy bilan tahminan 5 daqiqada tо‘ladi; 
Agregatdagi muzni eritishga oid kо‘rsatmalar 
Detander kanallarida muz va muzlagan har-xil materiallarning tо‘planib 
qolishi sarfning kamayishiga va bosimning bir meyorda taqsimlanishini izdan 


19 
chiqaradi. Muzlagan materialni detander orqali 65 0S haroratli toza va issiq gazni 
belgilangan sarfdan eng kо‘pi bilan 25 % miqdorda о‘tkazish yо‘li bilan eritish 
mumkin. Mazkur sarf miqdorini tanlanganda detander aylanib turishi mumkin. 
Shuning uchun muzni eritish paytida moylash tizimi va gaz zichlagich tizimi ishini 
tо‘xtatish shart emas. Eritish siklini, detanderdan chiqayotgan gazning harorati 
chiqarib tashlanadigan materialni eritishga yetadigan bо‘lguncha davom ettirish 
kerak. Aks holda detanderda erimagan material qolib, muvozanatning yо‘qolishiga 
olib kelishi mumkin. 
Ishga tushirishdagi о‘ta past harorat 
Podshipniklarning harorati ularning korpusi bilan uzviy bog‘liq bо‘ladi. 
Agar podshipniklar korpusi sovuq bо‘lmasa, podshipniklarning о‘zlari ham haddan 
tashqari sovuq bо‘lmasligi kerak. Ular tahminan 5-10 0S ga sovuq bо‘lishi 
mumkin xolos. Bu vaziyatdagi xavf asosan, detander yaqinidagi radial 
podshipnikning qismlari sovuq bо‘lganligi uchun undan moy о‘ta olmasligi 
mumkin. Bu hodisa agregat va uning yordamchi tizimlari tо‘xtatilganda, muzdek 
texnologik gaz podshipnik korpusiga tushganda yoki tashqaridagi harorat 32 0S 
dan past bо‘lganda rо‘y berishi mumkin.
Bu sharoitda podshipniklar ishqalanishidan harorat kо‘tarilishiga ishonib 
agregatni ishga tushirish xavfdan xoli emas. Xuddi shunday issiq gaz yordamida 
muzdan tushirish natijasida podshipniklar ilishiga umid bog‘lash ham maqsadga 
muvofiq emas. Chunki detander bilan podshipniklar orasida juda yaxshi issiqlik 
izolyatsiyasi mavjud bо‘lib, issiqlik о‘tkazish juda sekin kechadi. Shuning uchun 
podshipniklarni gaz zichlagich va moylash tizimi orqali о‘tadigan issiq gaz 
yordamida qizdirish zarur. Juda sovuq paytlarda, podshipniklar korpusini bug‘ 
yoki issiq suv yordamida isitish zarur bо‘ladi.
Drenaj idishlari blokiga xizmat kо‘rsatish
YE4 idishga xizmat kо‘rsatish. 
Qurilmani ishga tushirish va uni tо‘xtatishdan oldin, YE4 drenaj idishi 
batamom bо‘shatilishi kerak (SU8, T24 orqali nazorat qilinadi). Idishni bо‘shatish 
jarayoni, asosan, tashqaridagi issiq havo oqimining ta’siridan idishdagi 


20 
suyuqlikning bug‘lanishi va bu bug‘ni mash’ala tizimiga о‘tkazishidan iboratdir. 
Bug‘lanmay qolgan suyuqlik qoldiqlari transport idishlariga quyib olinadi.
Sovuq suyuqlikni oqizib olishdan oldin quyidagilarni bajarish zarur: 
1) mash’ala uchun chiqindilar T11 ni isituvchi moslamaga tabiiy gaz 
kiradigan va chiqadigan joylardagi V10 va V11 – zadvijkalarning ochiqligini 
tekshirib kо‘rish. 
2) idishga suyuqlik yuborishdan oldin idishdan tashqi zmeyevikka о‘tadigan 
joydagi V95 zadvijkani ochish lozim.
Tashqi zmeyevikka suyuqlik yuborishda uning yuzasida muz yoki qor 
tо‘planib qolishiga yо‘l qо‘ymaslik kerak; 
3) bug‘latish tugallangandan keyin (qoldiq suyuqlikning harorati atrof 
muhitdagi haroratga barobarlashgan yoki yaqin bо‘lgan) da V95 zadvijkani yopib 
zmeyevikka suyuqlik borishini tо‘xtatish zarur; 
4) bug‘lanmagan suyuqlik (og‘ir uglevodorodlar) ni V94 zadvijkani yoki 
VS60 kranga mahkamlangan tegishli idishga, maxsus quyish moslamasi orqali 
о‘tkazish kerak. 
YE5 idishga xizmat kо‘rsatish. 
Qurilma ishlayotgan paytda YE5 idish bо‘shatilgan holatda bо‘lishi zarur, 
ya’ni har qanday sharoitda, jumladan, avariya yoki qurilma tо‘xtaganda ham, issiq 
suyuqlikni qabul qilishga tayyor turishi shart. Ayni paytda, idishga kirishdagi 
quvuruzatkichga о‘rnatilgan, elektr yordamida ishlaydigan, V86 zadvijkani ochiq 
bо‘lishi kerak. 
YE5 idishga yig‘ilgan suyuqlik, qurilmani navbatdagi ishga tushirilishigacha 
saqlanishi yoki boshqa maxsus idishga quyilgan bо‘lishi mumkin.
YE5 idishga suyuqlik quyish va qurilmani ishga tushirish uchun undan 
foydalanish tartiblari mazkur reglamentning 4.6.1.23, 4.6.1.24 va 4.4.3 qismlarida 
berilgan. 
YE5 idishdan suyuqlikni transport idishlariga quyishdan oldin, V86 
zadvijkani berkitish va idishni qurilmadan ajratib qо‘yish kerak. Sо‘ngra, V94 
zadvijkaga maxsus quyish moslamasini ulab, zadvijkani ochish lozim. Quyish 


21 
paytida idishdagi suyuqlik sathini (U2) va idishdagi bosimni (D27) nazorat qilib 
borish lozim. Zaruratga qarab, idishdagi bosimni biroz kо‘tarish uchun, YE5 
idishga tabiiy gaz kiradigan joydagi V87 klapanni qisqa muddatga ochib turib
idishga tabiiy gaz yuborish kerak. Bosim belgilangan meyordan 1-2 atmosferaga 
ortib ketganda V87 klapanni berkitib turib, tabiiy gaz kelishini tо‘xtatib turiladi.
Suyuqlikni tо‘kib bо‘lgandan keyin (U2 va SU7 orqali nazorat qilinadi) V94 
zadvijkani berkitib, quyish moslamasini yechib olib, zadvijkaga tiqin о‘rnatish 
lozim. 
Idishdan bosimni chiqarib yuborish uchun YE5 va YE4 idishlar orasini 
ulovchi quvuruzatkichdagi V88 klapanni ochib yuborish kerak. Operatsiya 
tugagandan keyin (D27 orqali nazorat qilinadi) V88 klapanni yopish zarur. 
Qurilmani qizdirish 
Umumiy qoidalar 
Qurilmaning sovuq holatdagi apparatlarini tо‘lasicha qizdirish ishlari, 
qurilmaning ishlash muddati tugagandan keyin yoki tabiiy gaz yо‘lidagi 
apparaturalarning qarshiligi ortib (DM2 bо‘yicha tekshiriladi), tabiiy gazning 
issiqlikalmashtirgichning iliq uchlarida yetarli darajada rekuperatsiya qilinmasligi 
paytlarida bajariladi. Isitish qurilmaga kirayotgan joydan yoki filtrlash blokidan 
keyin olingan tabiiy gaz hisobiga bо‘ladi.
Qurilmadagi harorat darajasi unchalik past emasligini (minimal ishchi 
harorat minus 76 0S), chiqayotgan gaz esa anchagina yuqori harorat (30-50 0S) ga 
ega ekanligini inobatga olib, gazni isitilayotgan apparatlarga yuborishdan oldin 
qо‘shimcha tarzda qizdirilmaydi. 
Qurilma apparaturalari qizib bо‘lganligini undan chiqayotgan gazning 
harorati 15-20 0S ga yetganda va tabiiy gaz yо‘li bо‘ylab chiqayotgan qayta 
ishlanib, isitayotgan gazning tomchilash nuqtasi (XA5 orqali nazorat qilinadi), 
birlamchi chiqayotgan gazning tomchilash nuqtasidan yuqori bо‘lmaganligini 
bilish mumkin. 


22 
Tо‘xtatilgan qurilmani kamida 6-8 soat ishlatilmay turgandan keyingina 
qizdirishga kirishish mumkin. 
Qizdirishning boshlanish davrida qizigan gaz sovuq damlagich tizim va YE4 
drenaj 
idish 
orqali 
mash’alaga 
chiqariladi. 
YE4 
idish 
va 
T11 
issiqlikalmashtirgichni qizdiruvchi gazni qabul qilishga tayyorlash ishlari mazkur 
reglamentning 4.3.3 va 4.5.7 punktlariga mos holda bajariladi. 
Qizdirishdan chiqqan gazdan oqilona foydalanish uchun harorati minus 30 
0S dan yuqoriga yetganda uni siquvchi kompressorlar orqali magistral 
gazuzatkichga yuboriladi. Shuning uchun qurilmani qizdirish haqida siquvchi 
kompressorda ishlovchi xodimlarni ogohlantirib, kompressorni gaz qabul qilishga 
tayyorlash kerak. 
Qurilmani qizdira boshlashdan oldin, uning apparaturalarida ishchi muhit 
(modda, gaz, va x.k.) yо‘qligiga, (NО‘A orqali tekshiriladi) va nazorat 
о‘lchovlariga boradigan berkitish va tartiblagich armaturalar berkligiga ishonch 
hosil qilib, sо‘ngra qizdirish quvuruzatkichlaridagi tiqinni olib tashlab, 
yechiladigan g‘altak о‘rnatish kerak. 
Korxona 
rahbariyatining 
ruxsatini 
olib 
PAZ 
tizimini 
avtomatik 
boshqarishdan qо‘lda boshqarishga о‘tkazish lozim. 
jarayonning material balansi 
Ishlab chiqarishning material balansi 
Mahsulotning nomi 
soatiga 
yiliga 
о‘lchov 
birligi 
miqdori 
о‘lchov 
birligi 
miqdori 
Kirish 
Oltingugurtdan tozalash seolit 
blokidan chiqayotgan toza gaz 
ming. 
m
3
340 
mln. m
3
2720 
Chiqish 
Tovar gazi 
ming. 
m3 
278,46 
mln. m
3
2228 
suyultirilgan gaz 

5,096 
ming. t 
40,8 
Noturg‘un kondensat

2,176 
ming. t 
17,4 
turg‘un kondensat 

1,893 
ming. t 
15,1 


23 

Download 1.04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Qurilmani nazorat qilish va boshqarish

Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish