• 1.4. Qurilma apparatlarining tuzilishi va ishlashi
  • Qurilmani qizitish tizimi




    Download 1.04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/27
    Sana17.05.2022
    Hajmi1.04 Mb.
    #21261
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
    1 amaliy ishi boshqarish nazariyasi, Uslubiy Python amaliy mashg\'ulot 2021-2022, Mavzu Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari, 1-ma\'ruza. Tizimlar nazariyasi asoslari, ИБНфанидан факат ОБ саволлариСИРТКИ 45С ИАТ 18 26 04 22, Лек.14.ИСУ в мехатронике, 904084
    1.3. Qurilmani qizitish tizimi 
    Sxemada qurilmaning sovuq qismini butunligicha va uning ayrim qismlarini 
    alohida qizdirish imkoniyatlari kо‘zda tutilgan. Jumladan, ishlab turgan qurilmada 
    ta’mirlash ishlarini tezda bajarish zaruriyati bо‘lganda, turbodetander agregatini 
    avtonom holda qizdirish mumkin. Qizdirish ishlari, chiqayotgan tabiiy gaz 
    vositasida uni qо‘shimcha ravishda qizdirmasdan olib boriladi, chunki uning 
    harorati (300S–500S) ishchi sathdan kamida minus 800S bо‘lgan apparatlarni 
    qizdirish uchun yetarli bо‘ladi. 
    Ishlatib bо‘lingan qizigan gaz qurilmadan YE-4 drenaj sig‘im orqali avval 
    mash’alaga chiqariladi, minus 300S dan yuqori darajada esa, maxsus kollektor 
    bо‘ylab, siquv kompressorlari sо‘rib olish uchun chiqariladi. Qurilmaning barcha 
    qismlarini qizdirgich 3,0 MPa bosim ostida olib boriladi. 
    Damlangan mahsulotlarni qizdirish uchun, shuningdek turbodetander 
    agregati TDA3 ning sovuq impulsli tarmoqlarini qizdirish uchun oldiga drossel 
    shayba о‘rnatilgan VO4 ventil orqali gazni maxsus kollektorga doimiy tarzda 
    yuborib turish hisobga olingan.
    Qurilmada qizdiruvchi gaz sarfi yetarli darajada emasligini e’tiborga olib, 
    tegishli joylarga gazni olib keluvchi individual armaturalar kо‘zda tutilmagan. 
    Qizdirilishi kerak bо‘lgan damlash mahsulotlari qatlamlaridagi gazni kollektorga 
    tashlash ishlari amalga oshirilib, keyin YE-7 drenaj sig‘imi orqali mash’ala 
    tizimiga yuboriladi. 
    1.4. Qurilma apparatlarining tuzilishi va ishlashi 
    Qurilmaning apparaturalari, uning texnologik vazifasi, ishchi parametrlari, 
    ishlatishdagi ishonchliligi va samaradorligi talablariga muvofiq ravishda yasaladi.
    Issiqlik almashtirgich jarayonlari о‘ralgan quvurlar va qattiq о‘zakli vertikal 
    issiqlik almashtirgichlarda va gorizontal apparatlarda tо‘g‘ri quvurlar (suvli 
    sovutkichkichlar) vositasi bilan amalga oshiriladi. 
    Shuningdek kolonnalarga о‘rnatilgan о‘rama (qaynatgichlar) kuvurli issiqlik 
    almashtiruvchi apparatlar ham mavjud. Ishlatish jarayonidagi xavfsizlikni oshirish 


    13 
    maqsadida, apparatlar portlashdan xavfli aralashmalar oqadigan tizim yaxlit 
    payvand qilib bajariladi. Qaynoq oqimlarni sovutish uchun havoli sovutkichlardan 
    foydalaniladi.
    Massa almashish jarayonlari qо‘sh likopchali rektifikatsion kolonnalarda 
    amalga oshiriladi. Qurilmada qо‘llanilgan sig‘imli apparatlar, о‘zining funksional 
    vazifasiga kо‘ra xilma-xildir. Bular separatorlar, reflyuksli sig‘imlar va 
    kondensatni tо‘plash, drenaj qilish, tо‘kish, hamda qurilma tо‘xtatilganda ishchi 
    suyuqliklarni saqlashga mо‘ljallangan idishlardir. 

    Download 1.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 1.04 Mb.
    Pdf ko'rish