Qurilma sxemasining ta’rifi




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana17.05.2022
Hajmi1.04 Mb.
#21261
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
1 amaliy ishi boshqarish nazariyasi, Uslubiy Python amaliy mashg\'ulot 2021-2022, Mavzu Web-sahifalar va ularni yaratish vositalari, 1-ma\'ruza. Tizimlar nazariyasi asoslari, ИБНфанидан факат ОБ саволлариСИРТКИ 45С ИАТ 18 26 04 22, Лек.14.ИСУ в мехатронике, 904084
1.2. Qurilma sxemasining ta’rifi. 
Texnologik sxema bayoni
Tabiiy gaz PBAOQ 3-4 navbatiga 50 °S harorat va 4,7 MPa bosim ostida 
minus 70 °S nominal haroratda qabul qilinib, tozalash uchun filtrlash bloki F-1/1.4. 
ga yuboriladi. Filtrlash bloki 2 juft bо‘lib, bunda tabiiy gaz mexanik 
aralashmalardan va asosan seolit changlaridan tozalanadi.
Filtrlash blokidan chiqqan gaz tabiiy gaz dastlabki sovutgich vazifasini 
bajaruvchi T-1 issiqlik almashgichga yuboriladi. T-1 da tabiiy gaz issiqlik 
almashtirgich quvurchalarining ichki qismidan yuboriladi va quvurchalar atrofi 
oralig‘idan teskari oqim bо‘yicha harakatlanayotgan tozalangan tabiiy gaz hisobiga 
harorat 5°S gacha sovutiladi. Bu yerdan chiqqan tabiiy gaz ikkita yо‘nalishdagi 
quvurlarga uzatiladi: birinchi yо‘nalish T-2 issiqlik almashtirgich quvurining ichki 
qismiga, ikkinchi qismi esa T-3 issiqlik almashgichning quvurlarining oralari 
qismiga yuboriladi. T-3 dan K-1 rektifikatsion kollonnasiga yuboriladi.issiqliq 


11 
almashtirgich T–2 dan chiqqan gaz harorati minus 500S gacha sovutiladi va 
turbodetander TDA ga yuboriladi.
Turbodetander TDA da gazning drossellanishi natijasida gaz bosimi 2,65 
MPa tushirilishi natijasida gaz harorati minus 79,05°S gacha tushirilib, separator S-
2 ga yо‘naltiriladi. Separator S-2 da gaz tarkibidagi suyuqliklar ajratilib, tabiiy gaz 
esa separator S-2 ning yuqori qismiidan chiqib, issiqlik almashtirgichlar T-2 va T-1
ga ketma – ket yuboriladi va turbokompressor TK ga yuborildi. Bu yerda 
turbodetander TDA valining aylanishi hisobiga gaz bosimi 2,9 MPa va harorati + 
56,35°S gacha kо‘tarilib, Siquv kompressor stansiyasiga uzatiladi.
Separator S-2 ning pastki qismidan ajralgan suyuq uglevodorodlar 
rektifikatsion kolonna K-1 ga sovuq sug‘orish (orosheniya) uchun yuboriladi.
K-1 rektifikatsion kolonnasining kub kismidagi suyuklik gorizontal 
joylashgan qizdirgicht-4 ga yuboriladi. Qizdirgich T-4 da qizdirish Pechkadan 
kelayotgan xarorati 220 0S li solyarka yordamida amalga oshiriladi.
Qizdirgich T-4 da mahsulot 105 0S gacha qizdiriladi. Qizdirgich T-4 ning 
yuqori qismidan ajralgan metan, etan gazlari bug‘lanib rektifikatsion kolonna K-1 
ga qarab harakatlanadi. Rektifikatsion kolonna K-1 ning yuqori qismidan SN4, 
S2N6 gazlari separator S-1 kismidan chiqayotgan gazlar bilan qо‘shilib ketadi.
Qizdirgich T-4 ning vannasida yig‘ilgan suyuqlik rektifikatsion kolonna K-2 
ga uzatiladi. Rektifikatsion kolonna K-2 ning kub qismidagi mahsulot qizdirgich 
T-5 ga uzatiladi.
Qizdirgich T-5 da 200 0S gacha kizdirish natijasida qizdirgich T-5 ning 
yuqori qismidan propan va butan bug‘lari ajraladi va rektifikatsion kolonna K-2 
ning yuqori kismidan havo bilan sovutish agregati AVO va issiklik 
almashtirgichda sovutilib, YE-2 idishga yig‘iladi. YE-2 idishdan nasos N-2 orkali 
bir qismi rektifikatsion kolonna K-2 ga sovuq sug‘orish (orosheniya) uchun 
beriladi. Qolgan kismi propan va butanni alohida-alohida ajratib olish uchun 
rektifikatsion kolonna K-3 ga yoki gaz quyish shaxobchasiga yuboriladi.
Rektifikatsion kolonna K-3da propan bilan butan alohida – alohida ajratib 
olinadi. 


12 

Download 1.04 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish