• Jami 2857 100,0 Manba: Abdullaev S. I.,Usmonov I. 1981
  • Qashqadaryo viloyati geografiyasi




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/112
    Sana21.06.2022
    Hajmi15.19 Mb.
    #24110
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112
    Bog'liq
    Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
    Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
    Balandik mintaqasi 
     
    Yer maydoni, ming ga 
     
    Viloyatning umumiy 
    yer maydoniga 
    nisbatan % hisobida 
    Chul –tekislik 
    1567 
    54,8 
    Adir-pastak tog‗lar 
    675 
    23,6 
    O‗rtacha baland tog‗lar
    546 
    19,2 
    Baland tog‗lar
    69 
    2,4 
    Jami
    2857 
    100,0 
     
    Manba: Abdullaev S. I.,Usmonov I. 1981 
     
    1992 yil va 1997 yil ma‗lumotlari asosida viloyat yer fondi dinamikasining tahlil qilish shuni 
    ko‗rsatadiki, 5 yil davomida qishloq xo‗jalik yerlari 14,4 ming gektarga, yaylovlar 23,6 ming 
    gektarga, partov yerlar 1225 gektarga, kamaygan holda haydaladigan yerlar 10,0 ming gektarga, 
    sug‗oriladigan yerlar 6,0 ming gektarga va ko‗p yillik daraxtzorlar 363 gektarga ko‗paygan. 
    Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyati yer resurslaridan qishloq xo‗jaligida foydalanish 
    tuzilmasida uchta asosiy tarmoq – yaylov chorvachiligi, sug‗orma (obikor) dehqonchilil va lalmikor 
    dehqonchilik mavjud. 
    Yer resurslarining chorvachilik uchun yaylovlar sifatida foydalanilishi. Qashqadaryo 
    viloyati yer fondidan foydalanish tuzilmasida yaylovlar sifatida foydalaniladigan yerlar eng katta 
    maydonni (1514,4 ming ga) tashkil etadi. Viloyatning katta maydonlari qadimdan yaylovlar sifatida 
    foydalanilib keladi. Hozirgi paytda chorva mollarining tarkibini 601,4 ming qoramol, 258,4 ming 
    sigir, 1926,1 ming qo‗y va echki, 1085,8 ming qorako‗l qo‗ylari 292,5 ming echki hamda 27,5 ming 
    cho‗chqa va 1664,9 ming parranda tashkil etadi (1995 yil). 
    Yaylov sifatida foydalaniladigan yerlarning katta qismi cho‗l (tekislik) va tog‗ oldi – chala 
    cho‗l zonalariga to‗g‗ri keladi. Tekislikda yaylovlar uchun bo‗z – qo‗ng‗ir, cho‗l – qumli tuproqlar, 
    adir va pastak tog‗larning yonbag‗rlarida esa och tusli va asl bo‗z tuproqlar tarqalgan yerlar 
    foydalaniladi. 
    I.A. Hasanov (1981) O‗zbekiston yer resurslarini loyihalash instituti («O‗zgiprozem»)ning 
    materiallari va Qarshi cho‗lida o‗zi o‗tkazgan tadqiqotlar asosila bu yerda landshaft 
    mujassamalarining sajiyasiga bog‗liq holda yaylovlarning quyidagi guruhlarini ajratadi: 
    1) Eol qumlaridagi butali yaylovlar. Bu guruhga mansub bo‗lgan yaylovlarning asosini 
    mahkamlangan qumlardagi juzg‗un yaylovlari tashkil etadi; yaylovlarning o‗rtacha yillik 
    hosildorligi 1,2 – 3,0 ts/ga (quruq massa hisobida) bo‗lib, yil davomida foydalaniladi; 
    2) Och tusli bo‗z, bo‗z qo‗ng‗ir va cho‗l – qumli tuproqlarda o‗sadigan chala butali va butali 
    yaylovlar. O‗rtacha yillik hosildorligi 1,3 – 3,0 ts/ga, yil devomida foydalaniladi; 
    3) taqirlardagi, och tusli bo‗z tuproqlardagi va sho‗rxoklardagi sho‗rali – butali bir yillik 
    yaylovlar. O‗rtacha hosildorligi 1,0 – 2,6 ts/ga, asosan kuzgi – qishki davrda foydalaniladi
    4) Qashqadaryo deltasidagi o‗tloqi va och tusli bo‗z tuproqlardagi to‗qay yaylovlari, 
    o‗rtacha hosildorligi 2,3 – 3,3 ts/ga, yil davomida foydalaniladi; 
    5) och tusli bo‗z tuproqlardagi efemer – efemeroidli yaylovlar, o‗rtacha hosildorligi 2,3 – 
    3,3 ts/ga, asosan kuzda va qishda, asosan kuzda va qishda foydalaniladi; 


    62 
    6) saksovul va boshqa o‗simliklardan tashkil topgan ko‗p yillik sun‗iy yaylovlar, o‗rtacha 
    yillik hosildorligi 1,5 – 2,5 ts/ga, asosan kuzda va qishda foydalaniladi. 
    Qarshi cho‗lidagi yyalovlarning katta qismi uzoq vegetatsiya davri, qor qoplamining yupqa 
    yoki deyarli hosil bo‗lmasligi va qishning qisqa bo‗lishi tufayli yil davomida foydalanilishi va eng 
    arzon ozuqa berishi mumkin. 
    Qarshi cho‗lini majmuali o‗zlashtirishga kirishilgan yillardan boshlab bu yerda 
    yaylovlarning maydoni qisqarish tendentsiyasiga ega. Ammo Ayni paytda cho‗lga suv keltirilishi 
    tufayli barcha yaylovlarga suv chiqarildi va natijada ularning suv ta‗minoti yaxshilanishi uchun 
    sharoitlar yaratildi. yaylovlarni suv bilan ta‗minlash hozirgi paytda yer osti (artezian) va suv 
    quvurlari orqali amalga oshirilmoqda. 
    Yuqorida ta‗kidlangandek, yaylovlarning maydoni sug‗orma dehqonchilik qilinadigan 
    yerlarning kengayishi hisobiga yildan yilga kamayib bomoqda. Ammo chorvachilikning ozuqa 
    bazasi uchun yaylov yerlarni melioratsiya qilish va hosildorligini oshirish, sug‗oriladigan yerlarda 
    pichanzorlarni tashkil etilishi, fitomelioratsiya tadbirlarini amalga oshirilishi va boshqa melioratsiya 
    ishlari o‗tkazildi. 
    Qarshi cho‗lidagi va tog‗ oldi rayonlaridagi yaylov massivlarining mahsuldorligi past 
    bo‗lganligi tufayli ularning mahsuldorligini oshirishga doir tadbirlar tizimini ishlab chiqish lozim. 
    Tabiiy sharoitlariga ko‗ra Qarshi cho‗liga yaqin bo‗lgan Turkmaniston rayonlarida o‗tkazilgan 
    tajribalar mahalliy sharoitlarga moslashgan ozuqa ekinlarini ekish yaylovlar hosildorligini 3 – 4 
    marta oshirish mumkin ekanligini ko‗ratdi. Shuningdek hosildorligi yuqori bo‗lgan sun‗iy 
    yaylovlarni sug‗oriladigan va lalmikor yerlarda (tekisliklarda va tog‗larda) barpo etish lozim. 
    Yaylovlarni o‗zlashtirish va ulardan foydalanish tabiiy sharoitlarni va resurslarni (iqlim, 
    tuproq, o‗simliklar) hisobga olmasdan amalga oshirilmasligi lozim. Masalan, o‗tlarning 
    mavsumiyligi va o‗simliklar turlari yaylovlarda urlardan foydalanishni navbat bilan bo‗lishini ko‗p 
    jihatdan belgilashi kerak. Shuningdek, yaylovlardan to‗g‗ri foydalanishni tashkil etish lozim. 
    Qashqadary viloyatining tekislik va tog‗ oldi zonalarida yaylovlarda butun yil davomida mol 
    boqish uchun foydalanilishi mumkin. 
    Tabiiy yaylovlarni tog‗, dasht, cho‗l, quriq, to‗qay va o‗rmon yaylovlariga ajratish ham 
    joyning tabiiy xususiyatlariga bog‗liq. Yaylovlarning holatiga ayniqsa atmosfera yog‗inlari va 
    haroratlar rejimi ayniqsa katta ta‗sir ko‗rsatadi. Qashqadary viloyatilagi meteorologik 
    stantsiyalarning yil davomida harorat va yomg‗irlarning taqsimlanishi bo‗yicha ma‗lumotlarini 
    tahlil qilish quyidagi xususiyatlarni belgilash imkonini beradi (2 – chizma). Butun yil davomida 
    ikki noqulay (qishki va yozgi) davr kuzatiladi. Yanvarning o‗rtacha harorati tekisliklarda va tog‗ 
    oldi rayonlarida – 0,20 dan 1,90 gacha bo‗ladi. kechalari haroratning 0 dan past bo‗lishi yer 
    yuzasining muzlashiga sabab bo‗ladi. qor va yomg‗ir ko‗rinishida tushadigan atmosfera 
    yog‗inlarining miqdori nisbatan ko‗p (20 – 50 mm) bo‗ladi. Fevral oyi birirchi va ikkinchi o‗n 
    kunliklarini ob – havosi ham yanvar oyinikidan kam farq qiladi. Dekabrning ikkinchi yarmida ham 
    ob – havo noqulay. Shunday qilib, chorvachilik uchun 10 – 15 dekabrdan 20 – 25 fevralga qadar 
    davr eng noqulay davrdir.
    Mart va aprel oyilarida chorvachilik uchun optimal ob – havo sharoitlari bo‗ladi. O‗rtacha 
    oylik miqdori deyarli yanvardagichalik bo‗lsada, o‗rtacha oylik haroratlar 150 (III) va 20 – 220 (IY) 
    bo‗ladi. Pirovardida o‗simliklarning rivojlanishi uchun sharoitlar mavjud bo‗ladi. bu davr may 
    oyining o‗rtalarigacha davom etadi. May oyining ikkinchi yarmidan boshlab yog‗ingarchilik deyarli 
    to‗xtaydi, haroratlar esa tez ko‗tariladi. Bu davr sentyabrga qadar davom etadi. Chorva mollari 
    uchun eng noqulay bo‗lgan davr iyunning o‗rtasidan avgustning o‗rtasigacha bo‗ladi. bu davrda 
    yog‗inlar deyarli bo‗lmaydi. O‗rtacha oylik haroratlar 26 – 280 atrofida bo‗lgan holda absolyut 


    63 
    yuqori haroratlar 43,0 – 43,80 ga yetadi. Quruq shamollar – garmsel bo‗lib turadi. Shu sababli bu 
    davrda chorva mollarini yaylovlarda boqish qiyin kechadi. 
    Avgustning o‗rtalaridan noyabrning o‗rtalarigacha tekisliklarda va tog‗ oldilarida mollarni 
    boqish uchun yana qulay sharoitlar mavjud bo‗ladi. o‗rtacha oylik haroratlar 20 – 150 gacha 
    pasayadi. Yog‗ingarchilik davri boshlanadi. Anabioz bosqichida bo‗lgan o‗simliklar «jonlanadi» va 
    yaylovlarning hosildorligi ko‗payadi. 
    Qashqadaryo viloyatining tog‗li qismida ham yer resurslaridan yaylovlar sifatida 
    foydalanish imkoniyatlari katta. Adirlar va pastak tog‗larning yonbag‗irlari mol boshqish va pichan 
    tayyorlash uchun, o‗rtacha baland va baland tog‗lar bahor, yoz va kuz oylarida mol boqish uchun 
    foydalaniladi. 
    Yer resurslaridan yaylovlar sifatida foydalanishda tabiatni muhofaza qilishga jiddiy e‗tibor 
    berish lozim. Chunki yaylovlarning barcha xildagi tuproqlari relefning xususiyatlariga bog‗liq holda 
    turli darajada ifodalangan eroziya (yuvilish) jarayonlari ta‗siri ostidadir. Shuningdek, yaylovlarning 
    o‗simlik qoplamidagi o‗simliklarning bioekologik sharoitlarini e‗tiborga olmasdan foydalanashi 
    o‗simlik resurslarining tabiiy tiklanish sharotilarini qiyinlashtiradi va o‗simlik qoplamining 
    siyraklashuviga olib keladi. O‗simlik qoplamining siyraklashuvi esa o‗z navbatida suv va shamol 
    eroziyasini kuchayishiga, tuproqlardagi organik moddalarning yuvilishiga yoki uchirilib ketishiga, 
    pirovard natijada yaylovlar mahsulodorligining kamayishiga olib keladi.

    Download 15.19 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   112




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish