• Qashqadaryo viloyati geografiyasi Fanidan ma‘ruzalar matni
  • VAZIFALARI. QASHQADARYO VILOYATINING GEOGRAFIK O‟RNI,CHEGARALARI, MAYDONI.QASHQADARYO VILOYATI TABIATINI GEOGRAFIK O‟RGANISHNING QISQACHA TARIXI. Reja.
  • Qashqadaryo viloyati geografiyasi




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/112
    Sana21.06.2022
    Hajmi15.19 Mb.
    #24110
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
    Bog'liq
    Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
    Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
     
     
     
     



    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM 
    VAZIRLIGI 
     
    QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI 
     
    GEOGRAFIYA KAFEDRASI 
     
     
    Qashqadaryo viloyati geografiyasi 
     
     
    Fanidan 
    ma‘ruzalar matni 
     
     
     
     
     
     
     



    1-MAVZU: KIRISH.QASHQADARYO VILOYATI O‟QUV FANINING MAQSADI VA 
    VAZIFALARI. QASHQADARYO VILOYATINING GEOGRAFIK 
    O‟RNI,CHEGARALARI, MAYDONI.QASHQADARYO VILOYATI TABIATINI 
    GEOGRAFIK O‟RGANISHNING QISQACHA TARIXI. 
    Reja. 
    1.Qashqadaryo viloyatining geografik o‘rni. 
    2.Qashqadaryo viloyatining chegaralari va maydoni 
    3. Qashqadaryo viloyatining siyosiy-ma‘muriy bo‘linishi. 
     
    Qashqadaryo viloyati (maydoni 28,6 ming kv.km) subtropik mintaqaning shimoliy qismida, 
    O‗zbekistonning janubida, O‗rta Osiyo tabiiy geografik o‗lkasining markazidan janubroqda 37
    0
    58 
    bilan 39
    0
    32 sh.k. va 64
    0
    23 bilan 67
    0
    42 sh.u. orasida joylashgan. 
    O‘zbekiston mustaqil davlat bo‘lib, jahon hamjamiyati tomonidan tan olinishi respublikada 
    ta‗lim, avvalo o‘rta umumiy ta‗lim maktabini tubdan qayta qurishni, yoshlarga ta‗lim va tarbiya 
    berishni milliylashtirishni kun tartibiga qo‘ydi. Shu sababli O‘zbekiston xalqlarining, birinchi galda 
    respublikaga nom bergan o‘zbek xalqining, minglab yillar davomida sayqal topgan, keyingi yuz 
    yilda deyarli unitilayozgan g‘oyat muhim an‗analarini yoshlar ongiga singdirish vazifasi ta‗lim va 
    tarbiyaning tub mo 
    hiyatini tashkil etadi. Xalqning tarixi, tili, adabiyoti, madaniyati, urf-odatlari, 
    muomilasi shu xalqni o‘rab turgan tabiiy muhitga bog‘liq ravishda shakllanishi aniq. Respublika 
    xududi iqliminingkeskin kontinental bo‘lishi xalqimizni sug‘orma dehqonchilik va yaylov 
    chorvachiligi ustasi sifatida ma‗lum va mashhur bo‘lishiga olib kelgan. 
    Ajdodlarimizning yerga, suvga, o‘simliklarga va shunga o‘xshash tabiat manbalariga 
    bo‘lgan munosabatidagi ijobiy xususiyatlarning deyarli unutilishi tufayli bugungi kunda tabiatga 
    loqaydlik, bepisandlik kayfiyatini shakllanishiga olib keldi, tabiatda noxush jarayonlar va hodisalar 
    sodir bo‘la boshladi. Inson hayoti va mehnat faoliyatining moddiy va ma‗naviy asosi bo‘lgan 
    tabiatning imkoniyatlarini hisobga ola bilmasligimiz tufayli moddiy va ma‗naviy qashshoqlasha 
    boshladik, boshqalarning doniga, go‘shtiga, shakariga , yog‘ochiga va boshqa shunga o‘xshash 
    qator mahsulotlarga ko‘z tikish kayfiyati pado bo‘la boshladi. Holbuki, bular o‘zimizda qadimdan 
    yetishtirib kelinganini, tabiatimiz saxiylik bilan o‘zimizni ta‗minlab kelganligini sal bo‘lmasa unita 
    yozdik. Shu sababli bugungi kunda yer-suv, iqlim va umuman tabiiy muhit moddiy va ma‗naviy 
    boyliklar manbai bo‘lishi uchun doimo g‘amxo‘rlikka, mehrga, parvarishga muhtoj ekanligini, har 
    bir odam tushinib yetmog‘i lozim. Tabiat oldidagi bunday ma‗suliyat tabiatni chuqur o‘rganish, 
    uning qonunlarini bilish orqali amalga oshiriladi. Har bir inson, ayniqsa voyaga yetayotgan avlo, 
    o‘zi yashaydigan xududning tuproqlari, iqlimi, havosi, suvlari, o‘simlik va hayvonot olamini yaxshi 
    bilishi, ularning xususiyatlari va imkoniyatlarini his etmog‘i zarur. Qolaversa o‘z o‘lkamizda 
    nimalar yetishtiriladi-yu, qaysilari boshqa joylardan keltirilishidagi iqtisodiy aloqalar va 
    munosabatlarni anglash yurtsevarlik, millatparvarlik, baynalminallik g‘oyalarini shakllantiribgina 
    qolmay, ona tabiatga mehr ko‘zi bilan qarashga ham o‘rgatadi. Respublikamiz, viloyatimiz, 
    shaharimiz, tumanimizning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini chuqurroq bilish zarurati yuqoridagi 
    vazifalardan kelib chiqadi. Shu nuqtai nazardan har bir viloyatning muayyan tabiiy va iqtisodiy 
    geografik ta‗rifi jamlangan adabiyoti bo‘lishi hozirgi kun talabi. Hozir maktab dasturida o‘z viloyati 
    geografiyasini o‘rganishga 10-12 soatlik vaqt ajratish ko‘zda tutilgan. Tabiiy, xududiy va iqtisodiy 
    ko‘rsatkichlari jihatidan o‘rtacha va o‘rtachadan sal kichikroq davlatlarga teng keladigan 
    Qashqadaryo viloyati geografiyasini o‘rganish uchun bu juda kamlik qiladi. Buning ustiga viloyat 
    haqidagi tabiiy va iqtisodiy ma‗lumotlar geografiya kursining har bir mavzuida o‘lkashunoslik 
    materiallari sifatida qo‘l keladi. Umum ta‗lim maktablarining geografiya muallimlari, o‘quvchilar 



    va talabalarning shu mazmundagi o‘quv qo‘llanmasiga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib Qarshi Davlat 
    dorulfununini geografiya va geoekologiya kafedrasi jamoasi ―Qashqadaryo viloyati geografiyasi‖ 
    qo‘llanmasini yozdilar. Birinchi marta tuzilgan mazkur qo‘llanmada viloyat tabiati va 
    iqtisodiyotining to‘liq majmuali ta‗rifi boshqa ixtisosdagi o‘qituvchilar, maktab rahbarlari, 
    maktabdan tashqari muassasalarning xodimlari, o‘lkashunoslar, sayyohlar kabi madaniy-ma‗rifiy 
    sohada ishlovchilar va umuman Qashqadaryo viloyati geografiyasi bilan qiziquvchilar uchun 
    foydali bo‘ladi deb o‘ylaymiz. 
    Viloyat 1943 yil 20 yanvarda tashkil qilingan. Uning tarkibiga hozirgi vaqtda 13 qishloq 
    tumanlari (Mirishkor, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, 
    Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi va G‘uzor) kiradi. Maydoni 28,6 ming km² bo‘lib, u iqtisodiy rayon 
    xududining 58,7, O‘zbekiston Respublikasining 6,4 % ga barobar. 
    Aholisi 2018 yil ma‗lumotlariga ko‘ra 2895,0 ming kishi. Viloyatda mamlakat aholisining 
    9,0 %ga yaqini, iqtisodiy rayonning esa 55,5 % yashaydi. Ma‗muriy markazi Qarshi shahri (250,4). 
    (Qarshi 
    h-221,5). 
    Qashqadaryo viloyati respublika mehnat taqismotida eng avvalo neft va tabiiy gaz qazib 
    olish, gaz-kimyo, yengil sanoat tarmoqlari hamda paxta, g‘alla va chorva mahsulotlari yetishtirish 
    bilan ajralib turadi. Uning zimmasiga O‘zbekistonning 6,4 % yalpi ichki mahsuloti, 8,3% sanoat va 
    7,2% qishloq xo‘jalik mahsulotlari to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, bu raqamlar unga yuqori emas, biroq 
    viloyat o‘z iqtisodiy qudratini yanada oshirish uchun katta imkoniyalarga ega. Bundan unga 
    ajratilayotgan investitsiya hajmi ham dalolat beradi. 
    Qashqadaryo viloyati mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tarkibiagi Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi va 12 ta viloyatining biridir. 
    Qashqadaryo viloyati 1920 yilning sentyabr oyiga qadar Buxoro amirligi tarkibida bo‘lgan. 
    1920 yilda Buxoro Respublikasi tashkil topgach, Qashqadaryo alohida viloyat sifatida uning 
    tarkibiga kiritiladi. 1924 yilda markazi Qarshi shahri bo‘lgan alohida viloyati maqomiga ega bo‘ldi. 
    Ammo 1927 yilda Qashqadaryo okrug sifatida yana Buxoro viloyati tashkil etilgachuning tarkibiga 
    kiritildi va 1943 yilda alohida viloyat sifatida tiklandi. 
    Ma‗muriy-xududiy bo‘linishidagi mavjud tabiiy iqlim va mehnat resurslarini hisobga 
    olmaslik oqibatidagi xatolar natijasida 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo o‘z xududidan kichik 
    Surxandaryo viloyatiga birlashtirildi. Sug‘orma dehqonchilikka yaroqli katta yer fondiga ega 
    bo‘lishi, yer osti boyliklari va juda katta mehnat resurslari kabi imkoniyatlar viloyatni qayta 
    tiklashni kun tartibiga qo‘ydi. O‘zbekiston hukumati buni hisobga olib, 1964 yil 7 fevralda 
    Qashqadaryo viloyatini avvalgi chegaralarida qayta tashkil etdi. 
    Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning janubida, shu nomli daryo havzasida joylashgan 
    bo‘lib, O‘rta Osiyo deb yuritiluvchi yirik tabiiy geografik o‘lkaning markazidan sal janubroqda 37 
    gr 58 bilan 39 gr 32 sh.k. va 64 gr 23 bilan 67 gr 42 shular orasidagi xududni ishg‘ol etadi. 
    U shimoli-g‘arbda Buxoro, shimolda Samarqand va qisqaroq masofada Navoiy viloyatlari, 
    janub va janubi-sharqda Surxondaryo viloyati bilan chegaradosh. Geosiyosiy mavqei, shuningdek, 
    g‘arb va janubi-g‘arbda Turkmaniston, sharqda Tojikiston Respublikasi bilan ham tavsiflanadi. 
    Viloyat Qashqdaaryo havzasida va Pomir Oloy tog‘larining g‘arbiy chekkasida joylashgan. 
    Xududining 
    ko‘pchilik 
    qismi 
    tekislik, 
    shimoli-sharqida 
    Kitob-SHahrisabz 
    tekisligi, 
    Qashqadaryoning g‘arbida G‘uzor tekisligi, shimoli-g‘arbda Qarshi cho‘li, janubda Nishon cho‘li va 
    janubi-g‘arbda Sandiqli qum cho‘lidan iborat. 
    Tekislik shimoli-sharqqa tomon ko‘tarma borib, tog‘lar orasidagi Kitob-SHahrisabz 
    botig‘ini hosil qiladi. Shimoli-sharq va janubi-sharqdan cho‘llarni Zarafshon (Qoratepa, 



    Chaqilkalon tog‘lari)va Hisor tizmalarining tarmoqlari (Osmontarosh, Shertog‘, Yakkabog‘, 
    Eshakmaydon, Ko‘kbuloq, Chaqchar, Qorasirt, Dehqonobod tog‘lari o‘rab turadi). 
    Viloyatning shimoli-sharqida Kitob-Qamashi tekisligi joylashgan, shimolda Zarafshon va 
    janubi-sharqda Hisor tizmalarining adirlari o‘rab turadi. Viloyatning tog‘liq va tog‘ oldi rayonlarida 
    turli xil foydali qazilmalar topilgan. 
    Qashqadaryo viloyati mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi va 12 ta viloyatning biridir. 
    Hozirgi Qashqadaryo viloyati xududida bir necha bekliklar bo‘lib, ular 1920 yil sentyabr 
    oyiga qadar Buxoro amirligi tarkibida edi. Buxoro respublikasi tuzilgach, hozirgi Qashqadaryo 
    xududi alohida viloyat maqomida shu respublika tarkibiga kirdi. 1924 yil 12 iyulda ―O‘rta Osiyo 
    respublikalarida milliy chegaralanish to‘g‘risida‖ gi qaroriga asosan shu yilning birinchi noyabrida 
    O‘zbekiston tarkibida markazi Qarshi shahri bo‘lgan Qashqadaryo viloyati tashkil topdi. 1927 yilda 
    Qashqadaryo viloyati okrug sifatida Buxoro viloyati tarkibiga kirdi. 1943 yil 22 yanvarda alohida 
    viloyat sifatida tiklandi. Ma‗muriy xududiy bo‘linishdagi mavjud tabiiy iqlim va mehnat 
    resurslarini hisobga olmaslik oqibatidagi xatolar natijasida 1960 yil 25 yanvarda Qashqadaryo o‘z 
    xududidan kichik Surxandaryo viloyatiga birlashtirildi. Sug‘orma dehqonchilikka yaroqli katta yer 
    fondiga ega bo‘lishi, yer osti boyliklari va juda katta mehnat resurslari kabi imkoniyatlar viloyatni 
    qayta tiklashni kun tartibiga qo‘ydi. O‘zbekiston hukumati buni hisobga olib, 1964 yil 7 fevralda 
    Qashqadaryo viloyatini avvalgi chegaralarida qayta tashkil etdi. Viloyat markazi-Qarshi. Viloyatda 
    12 ta shahar, 108 ta qishloq kengashi va 1300 ga yaqin qishloq bor. Aholisi 2895,5 ming kishi. 
    Qashqadaryo viloyati O‘zbekistonning janubida shu nomli daryo havzasida joylashgan 
    bo‘lib, O‘rta Osiyo deb yuritiluvchi yirik tabiiy geografik o‘lkaning markazidan sal janubroqda 37 
    gr.58‘ bilan 39 gr. 32‘ sh.k. va 64 gr.23‘ bilan 67 gr. 42‘ sh.u.lar orasidagi xududni ishg‘ol etadi. 
    Geografik o‘rni jihatidan Qashqadaryo viloyati xududi Turkmaniston Respublikasining 
    Atrek-Sumbar vodiysi, Ozarbayjonning Lenkoran pasttekisligi, Armaniston Respublikasi hamda 
    Turkiya, Gretsiya, Italiya va Ispaniyaning o‘rta mintaqasi, Amerika Qo‘shma shtatlari va 
    Yaponiyaning o‘rta qismlari bilan bir xil geografik kenglikda yotadi. Viloyat xududi butun 
    O‘zbekiston kabi to‘rtinchi soat mintaqasida joylashgan bo‘lib, Tokiodan 5, Pekindan 4, Olma-
    otadan 1 soat keyin, Moskva va Anqaradan 2, Berlin, Parij va Madriddan 3, Londondan 4, Nyu-
    York, Vashington va Ottavadan 8 hamda San-Frantsisko va Sietl shaharlaridan 12 soat oldin sutka 
    boshlanadi. 
    Qashqadaryo viloyatining maydoni 28,6 ming kv.km bo‘lib, xududining kattaligi bo‘yicha 
    O‘zbekistonda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (164,9 ming kv.km), Navoiy (110,8) va Buxoro 
    (39,4) viloyatlardan keyin to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston Respublikasi maydonining atigi 7% 
    ini egallagan holda Qashqadaryo viloyati maydoniga ko‘ra Albaniya (28,7 minglari yoki 
    Armaniston (29,8), Qrim (26,0) Respublikalari kv.km), Belgiya (30,5), Niderlandiya (32,4) kabi 
    Yevropa davlat maydoni bilan tenglasha oladi. 
    Qashqadaryo viloyati 795 km uzunlikdagi chegaraga ega, shundan 405 km tog‘lar, 390 km 
    tekisliklar orqali o‘tadi. G‘arbdan sharqqa 293 km, shimoldan janubga 195 km masofaga 
    cho‘zilgan. Shimolda Qashqadaryo viloyatining Samarqand viloyati bilan chegarasi Zarafshon 
    tizmasining Chaqilkalon, Qoratepa, Ziyovuddin-Zirabiloq tog‘lari va ular orasidagi Jom va Qarnob 
    cho‘lining to‘lqinsimon tekisliklari orqali o‘tadi. Sharqda Tojikiston Respublikasining Xo‘jand 
    viloyati bilan Hisor tizmasi orqali chegaradosh. Sharqda shuningdek Surxondaryo viloyati bilan 
    ham chegaradosh bo‘lib, sarhad chizig‘i respublikaning eng baland tog‘i Hisor tizmasining qirrasi, 
    uning tarmoqlari Chaqchar va Boysuntog‘ suvayirg‘ichi, so‘ngra janubi-g‘arbda Sho‘rob botig‘i, 
    Suvsiztog‘ va Qo‘hitangning qirrasi bo‘ylab o‘tadi. Qashqadaryo viloyati Turkmaniston 



    Respublikasi bilan eng uzun chegaraga ega. Ko‘xitangning g‘arbdagi davomi bo‘lgan Deqonobod 
    past tog‘lari, janubda Nishon adirlari-Saksondara, Oloviddintog‘ va Qarshi qiya tekisligi, Sandiqli 
    qum cho‘li, Qashqadaryo va Chorjev viloyatlari sarhadlarini bir-biri bilan tutashtiradi. Qarshi 
    dashtining Dengizko‘l, Jarqoq, Setalantepa qirlari va Qarnob cho‘li kabi g‘arbdagi yerlari Buxoro 
    va so‘ng navoiy viloyatlariga kirib boradi. 
    Qarshi cho‘lini o‘zlashtirishda start maydonchasi vazifasini o‘tash maqsadida barpo etilgan 
    Talimarjon shahrining nomi asli Turkmanistondagi temir yo‘l bekatining nomidir. Qarshi bosh 
    kanali va uning asosiy ob‗ektlari shu qo‘shni respublika xududida joylashgan. Surxondaryo va 
    Qashqadaryo viloyatlari respublikaning janubiy xududi deb yuritiladi. Qarshi shahridagi neft va gaz 
    konlarini qidiruvchi va ishga tushuruvchi idora butun respublika xududidagi shunday ishlarning 
    bosh mutasaddisidir. Bundan 2000 yil oldin qazilgan Manas (Eski Anhor, Moskva nomli) arig‘i 
    Samarqand viloyatidagi Darg‘om anhorining janubdagi tarmog‘idir. 
    Shuni alohida ta‗kidlash lozimki, Qashqadaryo viloyatining geografik o‘rni bu xududda 
    faqat O‘zbekiston va O‘rta osiyoga xos tabiat majmualarinigina emas, balki Markaziy Osiyo, Sibir, 
    sharqiy Yevropa, Kavkazorti, Kichik Osiyo, O‘rtadengiz bo‘yi, Eron, Afg‘oniston, Hindistonga xos 
    o‘simlik va hayvonot vakillarini tarqalishiga ham sabab bo‘lgan. 





    10 

    Download 15.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




    Download 15.19 Mb.
    Pdf ko'rish