Iqlimining hududiy tafovvutlari va agroiqlim rayonlari




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
 
Iqlimining hududiy tafovvutlari va agroiqlim rayonlari. Qashqadaryo viloyati iqlimi bir 
qator geografik omillarning ta‘siri tufayli ichki hududiy tafovvutlarga ega.Yuqorida bayon qilingan 
sabablar tufayli iqlim elementlarinig miqdoriy ko‗rsatkichlari turli xil bo‗ladi va buning oqibatida 
iqlim sharoitlariga ko‗ra bir – biridan birmuncha farq qiladigan hududlarni, ya‘ni iqlim rayonlarini 
ajratish mumkin bo‗ladi. 
Ma‘lumki rayonlashtirish hududiy tizimlarni tartibga va tasnifga solishning universal usuli 
sifatida geografiya va unga yaqin fanlarda keng qo‗llaniladi. Komponentlar bo‗yicha tabiiy 
rayonlashtirishning ko‗pgina turlari mavjud bo‗lib, ulardan birini iqlimiy rayonlashtirish tashkil 
etadi. 
O‗rta Osiyo va uning ayrim regionlarini, shu jumladan Qashqadaryo viloyati hududini iqlim 
sharoitlarini o‗rganishda, iqlimiy rayonlashtirish usullarini ishlab chiqishda marhum professor L.N. 
Babushkinning xizmatlari juda katta. 
Har qanday hududni iqlimiy rayonlashtirishning asosiy vazifasi shu hudud iqlimining 
qishloq xo‗jalik tarmoqlarining muhim belgilariga ko‗ra o‗ziga xos (individual) xususiyatlarga ega 
bo‗lgan turli kattalikdagi hududlarga ajratishdan iborat. Ayniqsa, agroiqlimiy rayonlashtirish 
qishloq xo‗jaligining muayyan ob‗ektlari (tarmoqlari)ning ehtiyojlarga mos bo‗lgan iqlimiy asosni 
berishi zarur. Boshqaroq qilib aytganda, agroiqlimiy rayonlashtirish iqlim sharoitlarini, ularning 
ma‘lum bir o‗simlik (ekin) va hayvonot ob‗ekti uchun qulaylik darajasini tahlil qilishga 
yo‗naltirilgan, ixtisoslashtirilgan iqlimiy rayonlashtirishdir (Babushkin va b., 1985). 
Agroiqlimiy rayonlashtirishni xususiyatlariga ko‗ra 1) umumiy agroiqlimiy rayonlashtirish 
va 2) xususiy (soxaviy) agroiqlimiy rayonlashtirishga ajratiladi. 
Umumiy agroiqlimiy rayonlashtirish masalalari yechimida G.T. Selyaninov, P.I. 
Koloskov, D.I. Shashko va boshqa iqlimshunoslarning xizmatlari juda katta. Bu olimlarning 
agroiqlimiy rayonlashtirish tarhida O‗zbekiston tekislik hududining katta janubiy qismi, shu 
jumladan Qashqadaryo viloyati hududi ham subtropik mintaqaga kiritiladi. Ta‗kidlash joizki, 
Qashqadaryo viloyatining hududini (tekislik qismini) subtropik mintaqaga mansubligi to‗g‗risida 
olimlar orasida hozirga qadar yakdillik yo‗q. Shu sababli subtropik mintaqa tabiatining, xususan 


39 
iqlim sharoitlarining umumiy xususiyatlari to‗g‗risida qisqacha tavsifni keltirish maqsadga 
muvofiq. 
Landshaft va iqlim kartalarini tahlil qilish shuni ko‗rsatadiki, O‗rta Osiyoning katta qismi 
(bunga Qashqadaryo viloyati hududi ham mansub) subtropik mintaqaga kiritiladi. Binobarin, 
Qashqadaryo viloyatining tekislik qismining iqlimi uchun subtropik cho‗llar iqlimi xos. Bu iqlim 
tipi uchun nisbatan salqin qishli (o‗rtacha oylik haroratlar 0
0
, +5
0
dan yuqori) juda quruq iqlim xos. 
Agroiqlimshunoslar subtropik mintaqada ikki: yozgi va qishki vegetatsiya davrining 
mavjudligini ta‗kidlaydilar. Har xil ekinlarning hosili bahorning oxiri – yozning boshida va kuzda 
yig‗ishtirilib olinadi. Vegetatsiya davridagi haroratlarning jami 4000
0
dan ziyod bo‗ladi. Sovuq 
davrda qisqa muddatli olish kuzatiladi. Iliq mavsum ekinlari harorat +10
0
dan yuqori bo‗lganda o‗sa 
boshlaydi, qattiq sovuqlarga chidamsiz bo‗ladi. G.T. Selyaninov jahonning agroiqlim kartasida 
subtropik mintaqa doirasida 4 ta termik zonani: 1) haroratlar jami 4000 dan 6000
0
gacha bo‗lgan. 2) 
6000 dan 8000
0
gacha bo‗lgan, 3) 8000 dan 10000
0
gacha bo‗lgan va 4) 10000
0
dan yuqori bo‗lgan 
zona. Ko‗rinib turibdiki, Qashqadayo viloyatining tekislik qismi haroratlar jamiga ko‗ra birinchi 
termik zonaga kiradi. 
I.P. Koloskov (1958 y.), D.I. Shashko (1962 y.) va boshqa olimlar tomonidan tuzilgan 
agroiqlimiy kartalarda ham Qashqadaryo viloyati subtropik mintaqa doirasida belgilangan. 
L.N. Babushkinning (1960) ―O‗rta Osiyo paxtachilik zonasini agroiqlimiy rayonlashtirish‖ 
deb nomlangan monografiyasida paxtachilik uchun agroiqlimiy rayonlashtirishning tamoyillari va 
usullari ishlab chiqilgan. Umuman, L.N. Babushkinning agroiqlimiy rayonlashtirishga 
doir tadqiqotlarida batamom yangi, original ko‗rsatkichlar qo‗llaniladi. Jumladan, L.N. Babushkin, 
yuqorida ta‘kidlanganidek, O‗rta Osiyoda sovuq davrni baholash uchun ―vegetatsiyali‖ qishlarning 
foizi, g‗o‗zaning turli navlari tomonidan termik resurslardan foydalanish koeffitsiyenti, lalmikor 
zonada ―tuproq qurg‗oqchiligi‖ning boshlanish vaqti va boshqa ko‗rsatkichlardan oqilona 
foydalangan. 
L.N. Babushkin O‗rta Osiyo hududini: 1) Turon, 2) Markaziy Qozog‗iston va 3) Jung‗oriya 
– Tyanshan iqlim provintsiyalariga ajratgan. 
L.N. Babushkin, N.A. Kogay va Sh.S. Zokirov (1985) O‗zbekiston hududini Markaziy 
Qozig‗iston va Turon provintsiyalariga kiritgan holda Markaziy Qozog‗iston provintsiyasini 
O‗zbekiston doirasida 1 ta agroiqlim okrugiga – Ustyurt okrugiga ajratadi. Turon provintsiyasini 
ikki kichik provintsiyaga (tekislik va tog‗ oldi – tog‗li) ajratadi. Qashqadaryo havzasi mustaqil 
(alohida) agroiqlimiy okrug sifatida tog‗li kichik provintsiya tarkibiga kiritilgan. 
L.N. Babushkin (1959) Qashqadaryo havzasini Qashqadaryo iqlim okrugi sifatida ajratgan 
holda unda relyefining xususiyatlari hamda iqlim elementlarining miqdoriy ko‗rsatkichlaridagi va 
ularning birikmalaridagi tafovvutlarga bog‗liq holda bu okrug doirasida 1) okrugining tekislik 
qismini ishg‗ol etadigan Quyi Qashqadaryo, 2) Ko‗hitang va Boysun tog‗ oldi zonasi va 
yonbag‗irlarini o‗z ichiga oladigan G‗uzor va 3) Kitob – Shaxrisabz agroiqlim rayonlarini ajratadi. 
Shuningdek, 1000 – 1300 m dan yuqorida joylashgan hududlarni ishg‗ol etadigan yuqori zona yoki 
tog‗li rayonlarni ajratish maqsadga muvofiq ekanligini ko‗rsatadi.
Y.N. Balashova va b. (1962) ham L.N. Babushkinning agroiqlim rayonlashtirishiga juda 
yaqin bo‗lgan quyidagi k i c h i k i q l i m r a y o n l a r i ni ajratadilar: 
1) Quyi Qashqadaryo; 
2) Janubiy tog‗ oldi (G‗uzor); 
3) Shimoliy tog‗ oldi (Shaxrisabz – Kitob);
4) Shimoliy tog‗li;
5) Janubiy tog‗li.


40 
N.S. Konovalova (1986) L.N. Babushkinning iqlimiy rayonlashtirish usullari va 
tamoyillaridan foydalangan holda O‗zbekiston hududini agroiqlimiy rayonlashtirishni amalga 
oshirgan. Bu rayonlashtirish tarhida O‗zbekiston hududi tekislik va tog‗li qismlarga ajratiladi.
N.S. Konovalovaning mazkur agroiqlimiy rayonlashtirish tarhiga ko‗ra Qashqadaryo 
havzasi Turon provintsiyasiga mansub bo‗lib, bu yerda ikkita - Qashqadaryo va Sandiqli agroiqlim 
okruglari ajratiladi. 
Shunday qilib, iqlim xususiyatlariga ko‗ra Qashqadaryo viloyati hududi Qashqadaryo 
agroiqlim okrugini hosil qiladi. Bu okrug shimolda va shimoli – g‗arbda Zarafshon tizmasining 
tarmoqlari, janubi – sharqda esa Hisor tizmasining tarmoqlari orasida joylashgan Qashqadaryo 
tektonik botig‗idan iborat. Botiqning ichki qismi g‗arbga tomon kengayib boradigan vodiysidan 
iborat. Vodiyning tuzilishida qayrlar va qayr usti terrasalari va ularga to‗g‗ri keladigan 
konunssimon yotqiziqlar to‗g‗ri keladi. Tekislikning absolyut balandligi 280 – 500 m. 
Okrugning hududi cho‗llarning bevosita ta‘siri ostida bo‗lib, yanvarning o‗rtacha harorati
0 dan yuqori. Absolyut minimumlar – 25
0
dan – 29
0
darajagacha. Iyulning o‗rtacha harorati hamma 
joyda 28
0
dan yuqori, ayrim joylarda esa 31
0
gacha yetadi. Haroratlarning absolyut maksimumi - 
+47 – 49
0
. Termik resurslarning miqdori 4800
0
– 5300
0
. Yillik yog‗inlarning miqdori 146 – 545 
mm. 
[Qashqadaryo iqlim okrugining tog‗li qismida balandlik zonalarining o‗ziga xos spektri 
mavjud. Tog‗ oldi zonasi absolyut balandligi 300 m dan 1300 – 1400 m gacha sathlarda joylashgan 
tog‗ oldi tekisliklarini, adirlarni va past tog‗larni ishg‗ol etadi. Bu zona uchun boshoqli har xil o‗tli 
dasht va efemerli cho‗l landshaftlari xos. 
O‗rtacha baland tog‗larning o‗rmon – o‗tloq – dasht zonasida archazorlar, butazorlar va har 
xil o‗tli chala dashti tarqalgan. 
Baland tog‗ zonasi uchun har xil o‗tli (betaga, yugan, ekstragon) assotsiatsialari xos.] 
Qashqadaryo iqlim okrugi doirasida: 1) juda issiq (5000
0
dan ziyod), 2) mo‗tadil – issiq 
(5000 – 4500
0
), juda iliq (4000 – 3500
0
), 4) iliq (3500 – 3000
0
) va salqin (3000 – 1000
0
) termik 
(issiqlik) zonalar hamda 1) quruq (Selyaninov HTKi 0,25 dan kam), 2) qurg‗oqchil (0,25 dan 0,32 
gacha) va 3) nam (0,32 dan 0,50 gacha) namlanish zonalari ajratiladi. 
– jadvalda Qashqadaryo okrugining tekislik va tog‗ oldi hududlari uchun asosiy iqlim 
ko‗rsatkichlari keltirilgan.
– jadval. Qashqadaryo agroiqlim okrugining asosiy iqlim ko‗rsatkichlari 
 
Dengiz sathidan balandligi, m 
......................................... 280-660 
Yavzaning o‗rtacha harorati, 
0

....................................... -0,2 dan +2 gacha 
Vegetatsiyali qishlar, % 
.......................................................... 60-80 
Qishning davom etishi, kun 
......................................... 20 
Haroratlar 
absolyut 
minimumining 
o‗rtachasi 
0

...................................... -15 dan -22 gacha 
Haroratlarning absolyut minimumi, 
0

.............................................................. -29 
Manfiy haroratlar jami, 
0

...................................... -40 dan -60 gacha 
Iyulning o‗rtacha harorati, 
0

.................................. +28 dan +29,5 gacha 
Yozda garsmelli kunlarning o‗rtacha soni 
......................................... 13 dan 47 gacha 
Haroratlarning 
o‗rtacha 
absolyut 
maksimumi, 
0

.................................... +43 dan +47 gacha 


41 
Absolyut maksimum
0

........................................................... +50 
Ijobiy haroratlarning jami (+10
0
dan 
yuqori)
................................. 4750 dan 5300 gacha 
O‗rtacha yillik yog‗inlar, mm 
..................................... 190 dan 545 gacha 
YI – YIII oylar, %
....................................................... 3 
XII – II oylar, %
............... …………………………36 – 39 
Quruq davrning boshlanishi 
............................................. 29,IY-28,Y 
Iqlim va agroiqlim bo‗yicha mavjud adabiyotlarni tahlil qilish asosida Qashqadaryo 
agroiqlim okrugining tekislik qismida 2 ta, tog‗ oldi – tog‗li qismida 2 ta agroiqlim rayonini ajratish 
mumkin. 
Tekislik rayonlari Qashqadaryo okrugining absolyut balandligi 280 m dan 500 m gacha 
bo‗lgan g‗arbiy qismini o‗z ichiga oladi. Tekisliklar uchun cho‗l landshaftlarini tarkib topishiga 
imkon beradigan juda issiq iqlim sharoitlari xos. Issiqlik sharoitlariga ko‗ra a) juda issiq (faol 
haroratlar jami 5000
0
dan ziyod) va b) mo‗‗tadil issiq (4500 – 5000
0
) zonalarga mansub yanvarning 
o‗rtacha harorati tekislikning katta qismida 0 dan yuqori, faqat Qarshi shahri va uning atrofida -2,0
0

absolyut minimum (o‗rtachasi) -25 . . . -29
0
gacha pasayadi. Haroratlarning absolyut maksimumi 47 
– 49
0
, yillik yog‗inlarning miqdori 150 – 200 mm. Iqlim sharoitlarining ichki tafovvutlariga ko‗ra 
tekisliklarda: 1) Sandiqli va 2) Qarshi agroiqlim rayonlari ajratiladi. 
Sandiqli agroiqlim rayonining katta qismi Turkmaniston Respublikasi hududida joylashgan 
Sandiqli qumli cho‗lini o‗z ichiga oladi. Bu rayon Qarshi agroiqlim rayonidan janubi - g‗arbda 
joylashgan. 
Sandiqli qumli cho‗li Qizilkum va Qorakum cho‗llari orasida joylashgan va ularni tutashtirib 
turadi. Biroq, vujudga kelishiga ko‗ra Qorakum cho‗liga yaqin turadi. 
Sandiqli rayoni absolyut balandligi 200-300 m bo‗lgan qumli massivdan iborat. Issiklik 
sharoitlariga ko‗ra juda issiq zonaga mansub bo‗lgan Sandiqli rayonida faol haroratlarning jami 
5100-5200
0
. Hidrotermik koeffitsiyent (Selyaninov bo‗yicha) 0,10-0,15. Namlanish sharoitlariga 
ko‗ra Sandiqli rayoni o‗ta quruq zonaga mansub. 
Qarshi agroiqlim rayoni shimol va shimoli – g‗arbda Qizilqum okrugining rayonlari, 
g‗arbda, shimoli - sharqda Shahrisabz – Kitob, janubi - sharqda G‗uzor – Dehqonobod rayonlari 
bilan chegaradosh. Rayonning sharqiy chegarasi och tusli bo‗z tuproqlarning yuqori chegarasi 
bo‗ylab, taxminan 500 – metrli izogipsa bo‗yicha o‗tadi (Balashova va b., 1962 y.). Qarshi rayoni 
280 – 500 m balandlikka ega bo‗lgan qiya tekislik bo‗lib, Sandiqli cho‗liga nisbatan balandroq 
denudatsion sathga ega. Rayonda faol haroratlarning jami 5000 – 5300
0
ni tashkil etadi. Haroratlar 
+10
0
dan yuqori bo‗ladigan davrdagi fotosintetik faol radiatsiya (FFR) miqdori 2723 MJ/ m
2

Issiqlik sharoitlariga ko‗ra rayon juda issiq (jazirama) zonaga mansub, qish juda yumshoq, 
yanvarning o‗rtacha harorati -0,2
0
... + 1,0
0
, absolyut minimum -22
0
... -20
0
. Qor qoplami noturg‗un, 
lekin ayrim yillarda 30 kunga qadar qor qoplami saqlanadi. 
Yoz issiq, absolyut maksimum 49 – 50
0
ni tashkil etadi. Yozda 50 kungacha qurg‗oqchil 
bo‗ladi. Yillik yog‗inlarning o‗rtacha miqdori 131 – 199 mm, hidrotermik koeffitsiyent 0,11 – 0,17. 
Bu rayon termik (issiqlik) sharoitlariga ko‗ra juda quruq zonaga mansub. 
Qarshi rayonining agroiqlim sharoitlari sug‗oriladigan dehqonchilik qilinadigan yerlarda 
qishloq xo‗jalik ekinlaridan bir yilda 2 – 3 martagacha hosil olish imkonini beradi; erta pishar 
ekinlarni, g‗o‗zaning o‗rta pishar (shu jumladan ingichka tolali) navlarini yetishtirish mumkin. 
Qorako‗lchilikni rivojlantirish, sug‗oriladigan yerlarda chorvachilikning oziqa bazasini vujudga 


42 
keltirish imkoniyatlari katta. Qarshi cho‗lida yetishtiriladigan mevalar (anjir, uzum, hurmo va b.) 
sershiraligi bilan ajralib turadi. Qashqadaryo agroiqlim okrugining Qarshi rayoni sharqda adirlarga 
va past tog‗larga o‗tadi. 
Qashqadaryo agroiqlim okrugining tog‗ oldi – tog‗li rayonlari dengiz sathidan 500 m dan 
yuqorida joylashgan hududlarni o‗z ichiga oladi. Bu hududlarda landshaftlarning balandlik zonalligi 
yaqqol ifodalangan. 500 m dan 1300 – 1400 m gacha bo‗lgan adirlar va past tog‗lar landshaft yarusi 
uchun boshoqli – har xil o‗tli dasht va efemerli chala cho‗llar xos. O‗rtacha balandlikdagi tog‗larga 
archazorlar, butazorlar va har xil o‗tli – shuvoqli dashtlar zonasi to‗g‗ri keladi. 
Qashqadaryo agroiqlik okrugi doirasida baland tog‗ Hisor tizmasiga mansub bo‗lgan 
tarmoqlarning eng baland qismlarini hosil qiladi. Baland tog‗larga och qo‗ng‗ir baland tog‗ 
tuproqlaria o‗sadigan subalp o‗tloqlari zonasi va qisman alp zonasi to‗g‗ri keladi.
Past tog‗lar mintaqasda qor qoplami cho‗l tekisliklaridagiga nisbatan turg‗unroq bo‗lib, 
qishda 16 – 20 kundan 30 – 50 kungacha (sovuq qishli yillarda) saqlanadi. Turg‗un qor qoplami 
hosil bo‗ladigan joylar 1400 – 1500 m dan yuqorida joylashgan. 
Qashqadaryo agroiqlim okrugining tog‗ oldi – tog‗li hududlari uchun issiqlik zonalarining 
o‗ziga xos tuzilmasi mavjud. Bu hududlarda tog‗ yonbag‗irlari bo‗ylab pastdan yuqoriga tomon 
issiq (1500 – 50000), mo‗‗tadil issiq (4000 – 45000), juda iliq (3000 – 40000), iliq (3000 – 35000), 
salqin (1000 – 30000), sovuq (10000 dan kam) zonalar almashinadi. Shuni alohida ta‗kidlash 
lozimki, issiqlik zonalarining chegaalari balandlik mintaqalarining chegaralariga mos tushmaydi. 
Tog‗ oli – tog‗li hududlarda tabiiy namlanish sajiyasiga ko‗ra mo‗‗tadil quruq (Selyaninov 
GTKi – 0,25 dan 0,30 – 0,32 gacha), qurg‗oqchil (0,30 - 0,50), nam (0,50 dan yuqori) zonalar 
ajratiladi. Tog‗larning 900 – 1000 m dan yuqoridagi nam zona doirasidadir. 6 – jadvalda tog‗larning 
balandlik yaruslari bo‗yicha ayrim iqlim ko‗rsatkichlari keltirilgan. 
Iqlim sharoitlarining ichki tafovvutlariga ko‗ra Qashqadaryo okrugining tog‗ oldi – tog‗li 
qismida ikkita agroiqlim rayonini ajratish mumkin: 
1. Shahrisabz – Kitob agroiqlim rayoni. 
2. G‗uzor – Dehqonobod rayoni. 
Shahrisabz – Kitob agroiqlik rayoni shimolda Quyi Zarafshon okrugining va sharqda O‗rta 
Zarafshon okrugining rayonlari va g‗arbda Qarshi janubi – sharqda G‗uzor – Dehqonobod rayonlari 
bilan chegaradosh. Rayonning janubiy chegarasi Hisor tizmasini g‗arbiy tarmoqlarining 
suvayirg‗ichlari bo‗ylab o‗tadi. Bu agroiqlim rayoni shu nomdagi tog‗ oralig‗i tektonik botig‗ini va 
uni shimolda o‗rab turgan Chaqilkalon va Qoratepa tog‗larining hamda sharq tomondan o‗rab 
turadigan Hisor tizmasining tarmoqlarini Qashqadaryo havzasi doirasidagi tog‗larini o‗z ichiga 
oladi. 
Shahrisabz – Kitob agroiqlim rayonining katta qismi qishloq xo‗jaligi uchun eng qulay iqlim 
sharoitiga ega. Bu yerda faol haroratlarning jami botiqning ichki qismida 4600 – 5000
0
(issiq zona) 
bo‗lib, o‗rtacha balandlikdagi tog‗larda 2500
0
gacha pasayadi. Baland tog‗larda bu ko‗rsatkich 
1000
0
dan past. Qish yumshoq, yanvarning o‗rtacha oylik harorati -1,2…-1,3
0
, absolyut minimum -
27 ... -29
0
, yillik yog‗inlarning miqdori 350 – 680 mm, sovuq bo‗lmaydigan kunlar rayonning ichki 
qismida 219 – 226 kun. Iyulning o‗rtacha oylik harorati 14 – 18
0
, yanvar oyining o‗rtacha harorati
0,8 – 6,8
0
. Absolyut maksimum – +43 – 46
0
. Bu agroiqlim rayoni doirasida tog‗larning balandligi 
3500 – 4000 m gacha yetadi va shu sababli Qashqadaryo viloyati doirasida eng sernam rayondir. 
Tog‗larning balandligi va tog‗ yonbag‗irlarining g‗arbiy nam ekspozitsiyasi yog‗in miqdorining 
katta bo‗lishiga olib keladi. Tog‗larda ancha qalin qoplami hosil bo‗ladi va 4 – 4,5 oy saqlanadi. 


43 
Shaxrisabz – Kitob agroiqlik rayonining issiq va qurg‗oqchil zonasida (550 – 570 m) obikor 
dehqonchilik yerlari joylashgan. G‗o‗zanig o‗rta va kech pishar navlari iqlim sharoitlariga mos 
keladi. 750 m an 1100 m gacha balandlikdagi issiq va nam zonada ham bog‗dorchilik va uzumchilik 
asosiy ahamiyatga ega. 1100 – 1900 m balandliklar oralig‗ida iliq va nam zonaning iqlim salohiti 
lalmikor dehqonchilik uchun ancha qulay. 1900 m balandlikda salqin va nam zona. 2900 m 
balandlikdan boshlab esa sovuq va nam zona boshlanadi. Keyingi zonada dehqonchlik uchun iqlim 
sharoitlari deyarli noqulay. 
Shahrisabz – Kitob agroiqlik rayonining tog‗ oldi va past tog‗lar bilan band bo‗lgan 
hududlarida pillachilik muhim ahamiyatga ega. O‗rtacha balandlikka ega bo‗lgan tog‗larning iqlim 
salohiyati asarlarichilik va bog‗dorchilik (ayniqsa yong‗oqzorlar)ni rivojlantirish uchun qulay iqlim 
imkoniyatlari mavjud. 
G‗uzor – Dehqonobod agroiqlim rayoni Qashqadaryo okrugining janub – sharqiy chekkasini 
band etadi. Agroiqlik rayoni hududida absolyut balandlik 500 m dan 2938 m gacha yetadi. Issiqlik 
(termik) va namlanish sharoitlari balandlik zonalari bo‗yicha o‗zgaradi. Bu rayonda balandlik 
zonalligining tuzilmasi quyidagicha: 
500 – 660 m
- jazirama issiq va qurg‗oqchil 
660 – 980 m
- issiq va qurg‗oqchil 
980 – 1240 m
- issiq va nam 
1240 – 2070 m
- iliq va nam 
2070 – 2900 m
- salqin va nam 
2900 m dan yuqorida - sovuq va nam. 
G‗uzor – Dehqonobod agroiqlim rayonining adirlar va past tog‗lar mintaqasida qish iliq. 
Yanvar oyining o‗rtacha harorati -20. O‗rtacha minimal harorat yanvar oyida manfiy. Absolyut 
minimum – 230 ... -300. Yillik yog‗inlarning o‗rtacha miqdori 300 – 450 mm, qor qoplami 
adirlarda 20 kungacha, pas tog‗larda 50 – 70 kungacha saqlanadi. Yoz issiq va quruq. 
Haroratlarning absolyut maksimum adirlarda 47 – 480 gacha yetadi (G‗uzor tumanining adirlari 
viloyatda eng issiq joyi). Faol haroratlarning jami 4600 – 52000. 
1800 – 2000 m balandliklarda o‗rtacha kunlik (sutkalik) harorat 31 – 320 gacha pasayadi. 
Qor qoplami turg‗un va 70 – 135 kun saqlanadi. Qor qoplamining qalinligi 60 – 80 sm. Eng issiq 
oyning o‗rtacha harorati 19 – 200, yillik yog‗inlarning miqdori 550 – 600 mm, ga yetadi. 
2900 m dan yuqorida iqlim sharoitlari qishloq xo‗jalik ekinlarini yetishtirishga imkon 
bermaydi, ammo yozgi yaylovlar sifatida foydalanilishi mumkin. 
G‗uzor – Dehqonobod agroiqlim rayonida (G‗uzor tumanida) dengiz sathidan 1200 m 
balandliklarga qadar g‗o‗zaning o‗rta pishar navlarini ekish va hosil olish imkoniyati mavjud. Shu 
sababli O‗zbekistonda paxtachilik zonasining eng yuqori chegarasi ana shu hududga to‗g‗ri keladi. 
G‗uzor – Dehqonobod agroiqlik rayonining iqlim salohiyati paxtachilik, lalmikor 
dehqonchilik va bog‗dorchilik uchun ancha qulay. 

Download 15.19 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iqlimining hududiy tafovvutlari va agroiqlim rayonlari

Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish