Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
 
 
 
 
 


30 
 
5-MAVZU: QASHQADARYO VILOYATINING IQLIMI
 
Qashqadaryo viloyati iqlimini hosil qiluvchi eng muhim omillarni uning geografik o‗rni, 
Quyosh radiatsiyasi, atmosfera sirkulyatsiyasi, relyefi va yuzasining tuzilishi hamda inson xo‗jalik 
faoliyatining ta‘siri tashkil etadi. 
Viloyat hududi okean havzalaridan juda uzoqda joylashgan. Bu hududning Yevrosiyo 
materigining kontenental (materik ichkarisi) sektorida joylashganligi sababli kontinental iqlimga 
ega bo‗lib, uzoq davom etadigan issiq va quruq yoz, shu kengliklar uchun nisbatan birmuncha 
sovuq qish bilan tavsiflanadi. Viloyat geografik o‗rnining bu xususiyatlari iqlimning keskin 
kontinental bo‗lishiga, intensiv radiatsiya tufayli cho‗l landshaftlarining rivojlanishiga imkon 
beradigan arid sharoitlarning mavjudligiga sabab bo‗ladi. 
Qashqadaryo viloyatining geografik o‗rni tufayli bu yerda yil davomida Quyoshdan katta 
miqdorda radiatsiya tushadi. Quyosh va atmosfera radiatsiyasidan hosil boladigan issiqlikning 
o‗rtacha yillik jami har 1 m
2
yuzaga 6 100 – 6 600 MJ ni tashkil etadi. Yillik radiatsiya balansi esa 
viloyatning katta tekislik va tog‗ oldi qismida har 1 m
2
yuzaga 2 750 MJ ga teng. 
Qashqadaryo viloyati hududi uchun Quyosh radiatsiyasi va radiatsiya balansining miqdorini 
Samarqand va Termiz shaharlaridagi aktinometrik stantsiyalarning ma‘lumotlarini korellyatsiya 
usuli bilan taqriban hisoblash mumkin. Qashqadaryo viloyatining tekislik va tog‗ oldi rayonlarila 
gorizontal yuzaga tushadigan to‗g‗ri quyosh radiatsiyasidan hosil bo‗ladigan issiqlik miqdori 
dekabrda 100 MDj/ kv.m (2,4 kkal/ sm
2
) iyulda 590 MJ/ m
2
(14,1 kkal/sm
2
) va yil davomida 4200 
MJ/ m

(100,3 kkal/ sm
2
) atrofida bo‗ladi. Quyosh va atmosfera radiatsiyasidan hosil bo‗ladigan 
issiqlikning o‗rtacha yillik jami 6100 – 6600 MJ/ m

(144 – 155 kkal/ sm
2
)ni tashkil etadi. Bu 
hududda radiatsiya balansi (Quyoshdan keladigan nur energiyasining to‗g‗ri va tarqoq radiatsiya 
ko‗rinishidagi kirimi va uning aks etishiga – qaytarilishiga hamda effektiv nurlanishiga 
chiqimi)ning miqdori tekislik va tog‗ oldi hududlarida to‗rt oy davomida (noyabr – fevral) manfiy 
bo‗ladi. Yillik radiatsiya balansi 2750 MJ/ m
2
(65 kkal/ sm
2
) ni tashkil etadi. 
Qashqadaryo viloyatining geografik o‗rni va uning yuza tuzilishi bu hudud iqlimining tarkib 
topishida muhim ahamiyatga ega. Viloyatning geografik o‗rni tufayli u quruq subtropik iqlim bilan 
ifodalanadi. Iqlimning bunday xususiyati Qashqadaryo havzasining g‗arbda ochiqroq bo‗lgan 
tektonik botiq bo‗lishi bilan bevosita bog‗liq. Botiqning g‗arb va janubda ochiqligi, shimolda va 
sharqda esa tog‗lar bilan o‗ralganligi botiq yuzasining g‗arbdan sharqqa tomon ko‗tarilib borishi u 
yo‗nalishda iqlim elementlarining ham o‗zgarib borishiga sabab bo‗ladi. 
Qashqadaryo viloyatining janubiy geografik o‗rni tufayli bu hududga yil davomida 
Quyoshdan katta miqdorda radiatsiya keladi va yil davomida haroratlarning ancha yuqori 
bo‗lishiga, yozning uzoq davom etishi va juda issiq bo‗lishiga, qishning esa qisqa va uncha sovuq 
bo‗lmasligiga sabab bo‗ladi.
Hududning iqlimiga viloyatning janubiy geografik o‗rni, yuzaning sajiyasi va tog‗ 
tizimlarining joylashuvi katta ta‘sir ko‗rsatadi. O‗zining janubiy geografik o‗rni tufayli ham qish 
oylarida, ham yoz oylarida harorat ancha yuqori bo‗ladi. Hudud yuzasining sharqqa tomon, ya‘ni 
asosiy havo massalari va tsiklon tizimlari yo‗nalishida balandlashib borishi (bu holat butun O‗rta 
Osiyo uchun ham xos) yog‗inlarning tushishi uchun qulay sharoitni vujudga keltiradigan atmosfera 
frontining kuchayishiga va jarayonlarning rivojlanishiga imkon beradi. Shu sababli viloyat 
hududining sharqiy qismida atmosfera yog‗inlarining nisbatan ko‗proq tushishi g‗arbiy tekislik 
qismidan farq qilishiga olib keladi. Ammo viloyatning Boysuntog‗ va Ko‗xitang tog‗lari tomonga 
relefning ko‗tarilib borishiga qaramasdan sharqiy hududlar o‗ziga xos sharoitlarga ega. Chunki 


31 
asosiy havo massalari bu tizmalarga yondosh holda harakatlanadi va buning oqibatida yog‗inlarning 
ko‗proq tushishi uchun sharoit vujudga kelmaydi. 
Viloyat hududi uchun sovuq havo massalari kirib kelganda namoyon bo‗ladigan 
haroratlarning qishki inversiyalarining rivojlanishi xos. Sovuq havo massalari viloyatning tekislik 
qismini to‗ldirgan holda bu yerdagi iliq havoni relefning ko‗tarilishiga monand holda siljitadi. 
Qishda tekisliklarda uzoqroq vaqt davom etadi va haroratlar sovuq davrda tog‗ oldi va tog‗li 
hududlardagiga nisbatan ancha past bo‗ladi. 
Qish oyilarida O‗rta Osiyoga kirib keladigan Arktika va mo‗tadil kengliklarning havo 
massalari shimoldagi tog‗larning pastligi tufayli bemalol kirib keladi va siklon faoliyatining 
rivojlanishi jarayonida beqaror ob – havo, yog‗inlarning tushishi va haroratning pasayishiga sabab 
bo‗ladi.
Qishda O‗zbekiston hududiga ba‘zan kirib keladigan iliq tropik havo viloyat hududi orqali 
tarqaladi. Eron va Afg‗onistondan kirib keladigan iliq tropik havo va shimoldan keladigan mo‗tadil 
sovuq havo massasini bir – biridan ajratib turadigan qutb fronti vujudga keladi. Front chizig‗i 
atrofida ob – havoning beqaror bo‗lishi va siklonlar faoliyatining kuchayishi kuzatiladi. Siklonlar 
o‗zi bilan issiq tropik havo massasini olib kelishi tufayli havo iliydi va yog‗inlar tushadi.
Qishda siklonlar sharqqa va shimoli – sharqqa tomon harakat qiladi va O‗zbekistonga 
shimoli – g‗arbdan, shimoldan va g‗arbdan mo‗tadil (qutbiy), ba‘zan Arktika havo massalari kirib 
keladi. Bu havo massalarining kirib kelishi bilan havoning sovishi bogliq. Ayniqsa Arktika havo 
massalari hukmronlik qilgan yillarda qish sovuq bo‗ladi. 
Siklonlarning faoliyati bilan g‗arbdan keladigan mo‗tadil mintaqaning dengiz havo massasi 
ham kirib keladi. Qish oylarida yomg‗ir, ba‘zan esa qor yog‗ishi ana shu havo massalari bilan 
bog‗liq. 
Yozda Turon tekisligining shimolida mo‗tadil front chizig‗iga bog‗liq holda yuqori havo 
bosim vujudga keladi. Bu davrda Turon havosining isib ketishi tufayli past bosimli markaz – termik 
depressiya hosil bo‗ladi, buning oqibatida mahalliy Turon tropik havo massasi shakllanadi va issiq 
ob – havo ustunlik qiladi. Shimoldan yuqori bosimli markazdan termik depressiyaga tortiladigan 
salqin havo harakatlanadi, biroq ob – havoni u qadar o‗zgartira olmaydi, yog‗ingarchilik deyarli 
bo‗lmaydi (tog‗li hududlar bundan mustasno). 
Qashqadaryo viloyati iqlimining tarkib topishida relyefning ta‘siri yog‗inlarning hududiy 
taqsimotida ayniqsa yaqqol namoyon bo‗ladi.
Qashqadaryo viloyati hududining Yevrosiyo materigining ichki qismida okean havzalaridan 
uzoqda joylashganligi uning iqlimining keskin kontinental bo‗lishiga, ya‗ni meteorologik 
elementlarning kunlik va yillik yo‗nalishida ancha katta tebranishlarga sabab bo‗ladi.
Butun O‗rta Osiyo kabi uning tarkibida bo‗lgan Qashqadaryo viloyati hududi iqlimining 
qurg‗oqchil bo‗lishi ham uning geografik o‗rni bilan bevosita bog‗liq. O‗rta Osiyo hududi 
atmosfera yog‗inlari ko‗rinishidagi nam bilan yetarli miqdorda ta‘minlanishi uchun mahalliy suv 
zahiralariga ega emas. G‗arbdan O‗rta Osiyoga kirib keladigan nam havo massalari esa uzoq 
masofani «bosib o‗tishi» va buning natijasida bu hududga ancha quruq holda yetib kelishi bu yerda 
iqlimning qurg‗oqchil bo‗lishining asosiy sababidir. 
Qashqadaryo viloyati butun O‗rta Osiyo uchun xos bo‗lgan iqlim xususiyatlariga ega 
bo‗lishi bilan bir paytda atrofdagi hududlar iqlimidan ancha farq qiladigan o‗ziga xos xususiyatlarga 
ham ega. Bu xususiyatlarning vujudga kelishida viloyat hududining janubiy holati muhim 
ahamiyatga ega. Bu holat ayniqsa haroratlarning yuqori bo‗lishida yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Shuningdek, yuqorida ta‗kidlanganidek, viloyat hududining g‗arb tomonda ochiqligi O‗rta Osiyoga 
kirib keladigan mo‗tadil va subtropik havo massalari va keladigan siklonlarning sharqqa tomon 


32 
erkin harakati uchun qulaylik yaratadi. Viloyat hududining bu xususiyati atmosfera yog‗inlarining 
taqsimlanishida va o‗ziga xos shamol rejimining shakllanishida namoyon bo‗ladi. 
Qashqadaryo viloyatining yuza tuzilishi (relefi)dagi rang – baranglik hududning g‗arbda 
ochiqligi, havo massalarining g‗arbdan sharqqa tomon harakatalanishi bilan birgalikda bu hududda 
iqlimdagi va ayni paytda landshaftlardagi hududiy tafovvutlarni shakllanishiga olib keladi. 
Qashqadaryo viloyati iqlimlarining mahalliy miqyoslarda tarkib topishiga antropogen 
omillar ham ancha katta ko‗rsatmoqda. Insonning ishlab chiqarish jarayonida landshaftlarning 
o‗zgartirilishi va turli toifalarga mansub bo‗lgan antropogen landshaftlar bilan band bo‗lgan 
maydonlarning tobora kengayib borayotganligi mahalliy miqyosdagi iqlimning o‗zgarishiga sabab 
bo‗lmoqda. Katta maydonlarni sug‗orma dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida o‗zlashtirilishi va 
u bilan bog‗liq holda gidrotexnik inshoatlarni (suv omborlari, kanallar, zovurlar) barpo etilishi shu 
maydonlarda iqlim elementlarining (havo va tuproq harorati, radiatsiya albedosi, shamollar rejim 
iva b.) o‗zgarishiga va mahalliy iqlimning tarkib topishiga sabab bo‗lmoqda. 
Iqlim va uni tashkil etuvchi meteorologik elementlarning umumiy va mahalliy xususiyatlari 
qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini hududiy tashkil etishga ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Shu sababli 
viloyat hududining iqlim sharoiti va resurslarini boshqa omillar bilan bog‗liq holda o‗rganishni 
taqoza etadi.

Download 15.19 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish