Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
Toshkent, Mirzacho‘l va Sirdaryo erozion – akkumulyativ sikllarga ajratadi. Yoshiga bog‗liq holda 
tekisliklar muvaqqat va doimiy suv oqimlari tomonidan turlicha erozion pachalanishga, qoplangan 
jinslarining sajiyasiga ko‗ra farq qiladi.
Tog‗ oldi va tekislik mintaqalarida fizikaviy nurash odatda nurash tufayli to‗planib qolgan 
mayda bo‗laklangan mahsulotni olib ketadigan deflyatsiya bilan hamkorlikda sodir bo‗ladi. Nurash 
va deflyatsiyaning birgalikda amalga oshiradigan relyef hosil qiluvchif faoliyati tufayli relefning 
ajoyib shakllari (figurali cho‗qqilar, qoyalar, zinapoyali yonbag‗irlar va b.) vujudga kelgan.


26 
MINERAL XOM ASHYO RESURSLARI
Qashqadaryo viloyat hududining ayrim joylarida tarqalgan turli xildagi mineral xom ashyo 
resurslari Yer po‗stining juda uzoq va murakkab geologik tarixi davomida vujudga kelgan. 
Qashqadaryo viloyati hududi G‗arbiy Hisor va Buxoro – Xiva neft - gazli mintaqalarga 
mansub bo‗lib, ular Sho‗rtan va Murborak guruhlariga kiruvchi konlardir. Neft-gaz konlari G‗arbiy 
Hisor mintaqasida asosn yuqori yura karbonatli formatsiyalarida, Buxoro – Qarshi mintaqasida esa 
bur va yura davrlarining yotqiziqlari bilan bog‗liq. 
Qashqadaryo viloyati hududi hozirgi Turon pasttekisligidagi yirik neft – gazli havzasining 
bir bo‗lagini hosil qiladi. Viloyat zaminida qazib olinayotgan va aniqlangan yer osti boyliklarining 
eng asosiysi gaz va neftdir. Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft asosan yura davrining iliq dengiz 
yotqiziqlari orasidagi marjon poliplarining toshga aylangan korallit ohaktoshlari yoriqlaridan – 
kollektorlardan 1,5 – 3,6 ming m chuqurlikdan qazib olinmoqda. Ilma teshikli marjon ohaktoshlari 
orasida suv o‗tlari, umurtqasiz mayda jonzotlar jamoasi qoldiqlari neft – gaz zahirlarini hosil qilgan. 
Shuni alohida ta‗kidlash lozimki, hozirgi paytda tabiiy gaz, Gazli kondensat va neftning asosiy 
qismi Qashqadaryo viloyati va unga yaqin hududlarda qazib olinayotganligi boisidan bu 
qimmatbaho uglevodorodli yoqilg‗i konlarini qidirish, foydalanishga tayyorlash va ishga tushirish 
bilan shug‗ullanadigan «O‗zbekneftgazgeologiya» birlashmasining bosh idorasida ham Qarshi 
shahrida joylashgan. 
O‗tgan asrning 50 – yillaridan buyon yoqilg‗i berayotgan tabiiy gaz va gaz kondensati 
(quyuq benzinga o‗xshash yoqilg‗i) konining eng yirigi – G‗uzor tumanining Qarshi cho‗liga 
tutashib ketgan Hisorning g‗arbiy past tog‗larining tarmoqlari va qirlarida Pachkamar, Gumbuloq, 
Odamtosh, Qizilbayroq, Tandirchi va boshqa yirik zahirali konlar mavjud. Beshkent shahridan 
janubda Beshkent, undan g‗arbda Qamashi gaz konlari joylashgan. Qarshi cho‗lining janubi – 
g‗arbida Kultog‗, Olang, Pomiq, Zevardi kabi gaz, gaz kondensati va neft – gazli konlar mavjud. 
shuningdek, mazkur maydonlarning Turkmaniston va Buxoro hududlari bilan tutash joylarda 
Dengizko‗l, Ko‗kdumaloq singari bir qancha neft – Gazli konlar mashhur. 
Qashqadaryo viloyatining shimoli – g‗arbida Buxorot viloyati bilan tutashib ketgan 
maydonlardan ko‗pdan buyon yoqilg‗i qazib olinayotgan Setalantepa, Jarqoq, Shimoliy Muborak, 
Janubi Muborak kabi gaz konlari qatoriga yaqin davrlarda ishga tushirilgan va ishlashga 
tayyorlangan Karim, Xo‗jahayron, Sho‗rtepa, Qoraqum, Qizilrabot, Qorabair va boshqa konlar 
qo‗shildi. Bu konlar geologiyaga oid adabiyotlarda Buxoro – Xiva Gazli provintsiya sifatida 
ma‗lum bo‗lgan havzaning janubiy bo‗lagidir. Qo‗ng‗irtog‗dan shimoli – g‗arbdagi Qoraxitoy koni 
Qarshi shahrining, Chiroqchi tumani hududidagi Uvada va Saricha konlari Shaxrisabz shahri va 
tumanining gaz yoqilg‗isiga bo‗lgan ehtiyojining asosiy qismini qondirmoqda. Bulardan tashqari, 
viloyat hududidagi O‗rtabuloq, Toshli, Sharqiy Qorael, Nour, Boyburak singari sanoat ahamiyatiga 
molik neft konlaridan yoqilg‗i xos ashyosi olinmoqda, ulardan ayrimlari esa foydalanishga 
tayyorlanmoqda. Ayni vaqtda viloyatda neft – Gazli konlarni qidirib topish, geologik – iqtisodiy 
jihatdan asoslash ishlari ham olib borilmoqda. 
Qashqadaryo viloyati zaminida davlat balansi hisobidagi 55 dan ziyod gaz va Gazli 
kondensat konlari aniqlangan (Erdanov, 2002). Bu konlardan 6 tasi gaz – neft li, ikkitasi neftli, 24 
tasidan ziyodrog‗i gaz – kondensatli va 3 tasi gaz konlaridir. 
Qashqadaryo viloyati zaminidagi tabiiy gaz asosan oltingugurtli va oz miqdorda kam 
oltingugurtli konlardan iborat bo‗lib, oltingugurt ajratib olish uchun muhim ahamiyatga ega. 
Hozirgi paytda viloyat hududidagi Zevarda, Qultog‗, Polmuq, Olan kam oltingugurtli O‗rtabuloq, 
Dengizko‗l, Kandim yuqori oltingugurtli gaz konlari Muboark gazni qayta ishlash zavodi uchun 


27 
asosiy xom ashyo bazasi hisoblanadi. Keyingi yillarda viloyat hududida topilgan 23 ta gaz 
kondensat konlarining AKV – S1 toifasi bo‗yicha aniqlangan zahirasi 125,8 mln.kub m ni tashkil 
etib, eng yiriklari, Sho‗rtan, Odamtosh, Qizilbayroq, Zevarda, Pomuq va boshqa konlarning ishga 
tushirilishi yirki gaz sanoati korxonalarini barpo etishga asos bo‗ldi (Erdanov, 2002). Qashqadaryo 
viloyatidagi «Muborakneftgaz» konlari boshqarmasi tarmoqdagi eng yirik korxonalardan biri 
bo‗lib, O‗zbekistonda qazib olinayotgan gazning 65 % dan ortikrog‗ini, neft va gaz kondensatining 
80% dan ortig‗ini yetkazib bermoqda.
«Muborakneftgaz» korxonasiga qarashli 60 ga yaqin gaz, Gazli kondensat, neft konlari 
mavjud bo‗lib, shundan 25 ta kon (O‗rtabuloq, Ko‗kdumaloq, Dengizko‗l, Zevarda, Qo‗ltog‗, 
Pomuq, Alan, Shimoliy O‗rtabuloq, Umid, Quruq va b.) ishlab chiqarishga topshirilganligi sababli 
Muborak gazni qayta ishlash zavodining quvvati yanada oshdi. 2001 yilda 35869,7 mln.kub m 
tabiiy gaz kondensati, 3752,2 ming t neft qazib olindi yoki Murborak gazni qayta ishlash zavodi 
mamlakatimiz milliy iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega bo‗lgan 251,5 ming t oltingugurt ishlab 
chiqarish imkoniyatiga ega bo‗ldi. Ma‗lumki, Muborak gazni qayta ishlash zavodi MDH 
mamlakatlaridagi eng yirik oltingugurt Orenburg gazni qayta ishlash zavodidan keyingi ikkinchi 
o‗rinda turadi. Muborak gazni qayta ishlash zavodi yiliga 35 mlrd m dan ziyod tabiiy gazni qayta 
ishlab bermoqda. 
Qashqadaryo viloyatida xorijiy firmalar ishtirokida yirik sanoat korxonalaridan biri bo‗lgan 
Ko‗kdumaloq konini ishga tushirilishi gazni konpleks tayyorlovchi qurilma, neftni tayyorlash 
qurilmasi neft qatlamlariga suvli havdovchi nasos stantsiyasi kabi moslamalar qurilib, kondan qazib 
olinayotgan neftni va gaz kondensatini Farg‗ona va Qorovulbozor neftni qayta ishlash zavodlariga 
yuborilishi mamlakatimiz neft mahsulotlariga mustaqilligiga erishishida asosiy rol o‗ynamoqda. 
Hozirgi paytda Qashqadaryo viloyati mamlakatda qazib olinayotgan tabiiy gazning 88% ini, 
kondensatning 100 % in iva neftning 92% ini bermoqda. Bu yerdagi tabiiy gaz manbalarining etan 
moddasiga boyligi kimyoviy moddalar olish, polimer va plastmassa tayyorlash uchun 
Sho‗rtangazkimyo majmuasini bunyod etish imkonini berdi. Nafaqat mamlakatimizda, balki MDH 
hududida ham yagona bo‗lgan bu o‗lkan sanoat kompleksi yiliga 125 mln t polietilen, 137 ming t 
suyultirilgan gaz, 130 ming t yengil kondensat, 4,2 mlrd.kub m gaz mahsuloti va 4 ming t 
oltingugurt ishlab chiqaradi. Shuningdek, mamlakatimizda paxta sanoati, plastmassa, plyonka, 
kabel tayyorlash qadoqlashda ishlatiladigan mahsulotlar ishlab chiqarishning keskin o‗sishiga 
imkon beradi.
Qurilish nihoyasiga yetayotgan Talimarjon issiqlik elektr markazining ishga tushirilishi ham 
viloyat gaz zahirlarining kattaligi bilan bevosita bog‗liq. 
Qashqadaryo viloyati hududida sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan ko‗mir konlari yo‗q. 
Viloyatning ko‗mirga bo‗lgan ehtiyojini Yakkabog‗ tog‗laridagi Vori va Zarmas qishloqlari 
orasidagi Toshko‗mir koni qisman qondirishi mumkin (Mamatov, 1994). 
Dehqonobod tumanining janubi sharqida Dehqonobod, Xo‗jarna, Qizilcha, Dardara, Kann 
va boshqa konlarda yonuvchi slanetslarning nayon bo‗lishi aniqlangan. Ammo ularning sanoat 
ahamiyati hozircha aniq emas. Ammo, slanetslardan nerozin – g‗uza o‗sishining stimulyatorini olish 
mumkin ekanligini nazarda tutgan holda yonuvchi slanetslar xom ashyosining konlarini va ulardagi 
zahiralarni aniqlash bo‗yicha tadqiqotlarni davom ettirish muhim ahamiyatga ega. 
Qashqadaryo viloyati hududida rangli metallar ma‗danlari toifasiga mansub bo‗lgan 
marganetslarnmng zahiralari Qoratepa tog‗larining janubi – g‗arbiy yonbag‗irlaridagi Davtosh va 
Qizilbayroq konlarida (CHiroqchi tumani) topilgan. Ammo marganets ma‗danlarining uncha katta 
bo‗lmagan bu konlari sanoat ahamiyatiga ega emas. Dovtosh konining zahirasi 0,8 mln.t ni tashkil 
etadi, madandagi marganetsning miqdori 16,8 %. Konda marganets ma‗danini ochiq usulda qazib 


28 
olish mumkin. Qizilkonning ma‗danlari metallurgiya sanoatida hamda qishloq xo‗jaligida 
mikroo‗g‗itlar sifatida foydalanilishi mumkin. Chunki marganets ma‗danining tarkibida kobalt, 
molibden, miss, rux va boshqa kimyoviy elementlar mavjud. Bu konlardagi marganets 
ma‗danlaridan hozirgi sharoitlarda qora metallurgiyada foydalanish iqisodiy jihatdan maqsadga 
muvofiq emas, ammo geologik qidiruv ishlari uchun katta ahamiyatga ega bo‗lishi mumkin. 
Ma‗lumki, O‗zbekistonda juda katta kaliy va Osh tuzi konlari mavjud. taxminiy hisoblarga 
qaraganda, kaliy tuzlari 100 yildan ko‗proqqa yetadi, osh (tosh) tuzining mamlakatimizdagi 
konlardagi zahirasi 90 mlrd.t ni tashkil etadi (I. Karimov, O‗zbekiston XXI asr bo‗sag‗asida. T., 
1997. 244 - bet). 
Osh tuzi. Hisor provintsiyasi Dehqonobod tuzi havzasini (Hisor tizmasining janubi – g‗arbiy 
tarmoqlari) o‗z ichiga oladi. Dehqonobod tuzli havzasi Boybachchakon, Hamkon va boshqa tuzli 
struktulalarni o‗z ichiga oladi. Bu yerda Boybichchakon va Tepaquton osh tuzining juda yirki 
konlari aniqlangan. Butun havza doirasida tuz qatlamlarining qalinligi 200 – 600 m ni tashkil etadi. 
Boybachchakon osh tuzi koni Qamashi tumanida Langar qishlog‗idan 12 km janubi – 
sharqda, Qamashi shahridan esa 52 km janubi – sharqda joylashgan. Tuzli qatlamlar yer yuzasidan 
600 – 1000 m chuqurliklarda joylashgan. Mahsuldor qatlamning qalinligi 240 m, №aS1 ning 
miqdori 94,56 %. Tuzlarning S1 toifasi balans zahirasi 234,6 mln.t, S2 toifasi bo‗yicha esa 485, 1 
mln.t ni tashkil etadi. Osh tuzining istiqbolli zahiralari juda ulkan. 
Osh tuzi shuningdek Tepaquton kaliy tuzli konida ham mavjudligi aniqlangan. Bu yerda osh 
tuzining zahirasi 6,1 mln.t. ni tashkil etadi. 
Qashqadaryo viloyati ulushiga kaliy tuzlarining O‗zbekistonda bashoratlashtirilgan 
zahiralarining 70% ga yaqini va balansdagi zahiralarning qariyb 100% i to‗g‗ri keladi. 
(«Ekonomicheskiy potentsial gor i predgoriy ..., 1982»). 
Hisor tizmasining janubi – g‗arbiy tarmoqlaridan Oqboshtepaquton, Kaypantov va 
Pachkamar tuzli maydonlari aniqlangan. Ular orasida eng yirigi Dehqonobod shaharchasidan 30 km 
shimoli – sharqda joylashgan Tepaquton konidir. Bu kondagi kaliy tuzlarining bashoratlashtirilgan 
zahirasi 500 mln.t ni tashkil etadi. 
Tepaquton kaliy tuzlari koni negizida chet ellik investorlar ishtirokida kaliy o‗g‗iti ishlab 
chiqarishini tashkil etish nazarda tutilmoqda. Tuzlarni kompleks qayta ishlash bromli temir, 
magnezit, gips va boshqa materiallarni yo‗l – yo‗lakay olish imkonini beradi. 
Hisor tizmasining janubi – g‗arbiy tarmoqlari doirasida Dehqonobod tumanida ToshDU 
(Hozirgi O‗zMU) geologlari tomonidan bashoratlashtirilgan zahirasi 213 mln.t ni tashkil 
etadigan fosforit konlarining mavjudligi aniqlangan. Fosforit konlari ochiq usulda ekspluatatsiya 
qilinishi mumkin. Bu kondagi ma‗danda R2 O5 ning miqdori 6%. Bu hududda geologik qidiruv 
ishlarini davom ettirish boyroq ma‗danli konlarni topish imkonini berishi mumkin.
Geologik qidiruv ishlari natijasida Qoratepa tog‗larining yonbag‗irlarida, Chiroqchi 
shahridan 30 km shimoli – sharqda pegmatitning Lolabuloq koni aniqlangan bo‗lib, unda 
pechmatitning bashoratlashtirilgan zahirasi 7 mln.t ni tashkil etadi. 
O‗zbekistonning boshqa hududlari kabi Qashqadaryo viloyati hududi ham turli qurilish 
materiallariga juda boy. Viloyatda qazib olinayotgan mineral boyliklar ichida marmar, dolomit, 
ohaktosh, keramzit kabi pardozlash, haykaltaroshlik, qurilish xom ashyosi bo‗lgan noma‗dan 
boyliklar yoqilg‗i – energetika resurslaridan keyinig o‗rinda turadi. 
Mamlakatimizda 20 ta marmar koni borligi aniqlangan bo‗lib, ulardan Bodomzor, Iskana, 
Sevaz, Tomchata, Makrid, Xazornava, Birkunlik va boshqa konlar Qashqadaryo viloyati 
hududidadir. Bu konlardan xilma – xil tovlanuvchi marmar qazib olinadi. Bu konlardagi 
marmarning umumiy zahirasi 4 mln. kub km dan ortiqroqdir. Viloyatdagi marmar konlarining xom 


29 
ashyosi Kitob va Makrid toshga ishlov berish kombinatlarida marmar bloklari va maydalangan 
uvoqlarini ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Bu kombinatlarning texnologik asbob – uskunalari 
mustaqillik yillarida xorijiy mamlakatlardan keltirilgan yangi asbob – uskunalar bilan almashtirildi 
va mahsulot ishlab chiqarish va mahsulot turlari ko‗paytirildi. Hozirgi paytda viloyatimizda qazib 
olinayotgan bezakbop qoplama toshlarning ajoyib xususiyatlaridan yanada kengroq foydalanish 
imkoniyatlari mavjud. 
Dolomitli ohaktoshning zahiralari ham ancha katta bo‗lib, Dehqonobod va Pachkamar 
konlarida ayniqsa batafsil o‗rganilgan. Dehqonobod konida devorbop doloitlarning zahirasi 6,4 
mln.kub m ni, Pachkamar konida esa 4,7 mln.kub m ga yaqinni tashkil etadi. Hozirgi paytda bu 
konlarning dolomitli ohaktoshlari devorbop toshlar va o‗tga chidamli xom ashyo uchun 
foydalanilmoqda. Bu konlar mahalliy ehtiyojdan tashqari Samarqand va Toshkent chini zavodlariga 
ham xom ashyo yetkazib bermoqda. 
Ohaktoshning zarafshon tizmasi janubiy tarmoqlaridagi Qaynar II va Hisor tizmasining 
janubi – g‗arbiy tarmoqlaridagi Langar konlari aniqlangan. 
Qaynar II koni Kitob shahridan 7 km shimolda, Qoratepatog‗larining janubi – sharqiy 
qismila joylashgan bo‗lib, karbonatli qatlamning qalinligi 640 m dan 1150 m gacha yetadi. Bu 
oradagi ohaktoshlar 1 navli ohak ishlab chiqarish uchun yaroqli. Umumiy zahirasi A + V + S
1
toifasi bo‗yicha 8862,0 ming t ni tashkil etadi. 
Langar qishlog‗i yaqinidagi ohaktoshlarning konida qazib olish chuqurligi 30 m gacha 
bo‗lgan 15 mln.t lik bashoratlashtirilgan zahirasi aniqlangan. Geologik qidiruv ishlari natijasida 
olingan taqribiy ma‗lumotlarga ko‗ra Langar konining S
1
S
1
toifasi bo‗yicha zahirasi 140 mln t ni 
tashkil etadi. 
Sement xom ashyosi sifatida foydalanish bo‗lgan ohaktoshlar Kitob shahridan 12 km 
shimolda joylashgan Qoratepa konida topilgan bo‗lib, S
1
S
2
toifasi bo‗yicha zahirasi 326 mln t ni, 
shu jumladan S
1
toifasi bo‗yicha zahirasi 215 mln t ni, tashkil etadi. 
Ganch – albastr xom ashyosi bo‗lgan gpisning yirik zahirasi Pachkamar, Largar, Oloviddin, 
Qolqama, Maymanoq, Koson tog‗ kabi konlarda to‗plangan. Qashqadaryo tog‗ – kon kimyo sanoati 
uchun kerakli bo‗lgan turli xom ashyolarga ham boy. 
Gipisning eng yirik koni Pachkamar koni hosil qiladi. Bu kon G‗uzor shahridan 10 km janu 
sharqida joylashgan bo‗lib, kimyo tarkibiga ko‗ra 1 navli qurilish gipsidir. Taqdiribiy hisoblarga 
ko‗ra Pachkamar konidagi qatlamning qalinligi 6 m hisoblangandagi gipsning zahirasi 1692 ming 
tonna tashkil etadi. Qurilish materiali sifatida gips Tepaquton va Langar konlaridan qazib olish 
mumkin.
Qashqadaryo viloyatida qurilish uchun zarur bo‗lgan qum – shag‗al va pishiq g‗isht 
tayyorlashga zarur bo‗lgan tuproq – grunt zahiralari juda katta. Hozirgi paytda viloyatda va 
mamlakatimizning boshqa hududlarining ehtiyoji uchun foydalanilayotgan eng yirik Tanhoz qum – 
shag‗al koni ba‗zasida Tanhoz shag‗al saralash zavodi mahsulot bermoqda. 1964 yilda aniqlangan 
bu yerdagi qum – shag‗alning zahirasi 29,2 mln kub m. 
Chiroqchi tumanida yirik donador qumning V + S1 toifasi bo‗yicha belgilangan zahirasi 
38,97 mln m3 bo‗lgan Chiyal koni beton va qurilish ishlari uchun katta miqdorda xom ashyo berish 
mumkin.

Download 15.19 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish