Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
 
 


33 


34 
1. Iqlim salohiyati va uni qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish nuqtai – nazaridan baholash 
Radiatsiya resurslari bilan issiqlik (termik) resurslar bevosita bog‗liqdir. Viloyat hududida 
yillik o‗rtacha harorat 500 – 600 m absolyut balandliklargacha bo‗lgan sathlarda joylashgan tekislik 
va tog‗ oldi rayonlarida shimolda 15
0
S (Kitob shahri), janubda 16,1
0
(G‗uzor shahri) bo‗lib, 
sharqqa tomon pasayadi, 1000 m balandlikda o‗rtacha yillik harorat viloyatning shimolida 13,0
0

janubida 14,0
0
, 1500 m balandlikda 11 – 12
0
, 2000 m balandlikda esa 9,0-10,0
0
ga teng. 
Viloyatning tekislik va tog‗ oldi hududlarida eng sovuq oy – yanvarning o‗rtacha harorati 0 
dan yuqori bo‗lib, eng yuqori ko‗rsatkich (1,9
0
) G‗uzor shahrida qayd qilinadi. Faqat Qarshi shahri 
atrofida yanvarning o‗rtacha harorati 0 dan biroz pastroqdir ( - jadval). 
Ayrim yillarda qish iliq bo‗ladi va o‗simliklar vegetatsiyasi deyarli uzluksiz bo‗ladi. Bunday 
iliq qishlarni prof. L.N. Babushkin «vegetatsiyali» qishlar deb atashni taklif etgan edi. 
«Vegetatsiyali» qishlarning soni hamma qishlarga nisbatan viloyatning tekislik va tog‗ oldi 
qismlarida 60 - 70% ni tashkil etadi. 
Fevral oyida o‗rtacha oylik harorat yanvardagiga nisbatan 2 - 3
0
ga ko‗tariladi va keyingi 
oylarda – martdan to iyungacha oydan – oyga 5 – 6
0
ga ortadi. 
Iyundan iyulga oylik harorat kam ortadi. Iyul eng issiq oy bo‗lib, avgust oydan boshlab 
o‗rtacha oylik harorat pasaya boshlaydi va keyingi oylarda o‗rtacha harorat 1 - 2
0
ga, kuz oylarida 
esa 5 - 6
0
ga pasayadi. 
Iyul oyida o‗rtacha harorat tekislik va tog‗ oldi hududlarida 28 - 29
0
, o‗rtacha balandlikdagi 
tog‗larda 27 - 25
0
va 1600-2000 m balandliklarda 24 - 20
0
ni tashkil etadi.
Ko‗p yillik ma‘lumotlarga ko‗ra, taxminan 1500 m balandliklarga qadar o‗rtacha oylik 
haroratlar butun yil davomida musbat. 1500 m dan yuqorida, yanvar va fevral oylarida – manfiy, 
2000 m dan yuqorida esa dekabr – fevralda manfiy bo‗ladi. 
Iyul oyining 30
0
li izotermasi Hisor va Zarafshon tizmalari tog‗larining yonbag‗irlarida 
taxminan 800 m, 28
0
li izotermasi 500 – 1100 m, 26
0
li izoterma 950 – 1150 m, 20
0
li izoterma 2500 
– 2600 m balandlikda, 10
0
li izoterma esa 4000 m dan yuqorida o‗tadi. Eng yuqori harorat tog‗ 
oldilarida 45 – 46
0
, tog‗larda esa 35 – 40
0
gacha yetadi. 
Issiq iqlimli hududlar uchun uzoq vaqt davom etadigan vegetatsiya davrida issiqlik 
miqdorining kattaligi va haroratlarning yuqori bo‗lishi qishloq xo‗jaligi uchun iqlim salohiyatining 
yuqori bo‗lishi bilan ifodalanadi. Muayyan hududning issiqlik (termik) resurslarini baholash uchun 
XX asrning 20 – yillarida G.G.Selyaninov tomonidan amalga tadbiq etilgan va 1958 - yilda F.F. 
Davitaya tomonidan nazariy jihatdan asoslangan ko‗rsatkich – f a o l (i j o b i y) h a r o r a t l a r 
ning jami keng qo‗llaniladi. 
Muayyan hududning termik resurslarining – issiqlik imkoniyatlarining asosiy integral 
ko‗rsatkichlarini hamda o‗simliklarning issiqlik resurslariga bo‗lgan ehtiyojining asosiy 
ko‗rsatkichlarini faol va samarali (effektiv) haroratlarning jami tashkil etadi.
I s s i q l i k ( t e r m i k ) r e s u r s l a r i deb muayyan hudud o‗zining geografik o‗rniga 
ko‗ra ega bo‗lgan issiqlik miqdori tushuniladi. Issiqlikka bo‗lgan ehtiyoj – bu muayyan fitotsenozga 
vegetatsiya davrida optimal o‗sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‗lgan issiqlik miqdoridir. F a o l ( 
a k t i v ) h a r o r a t deb havoni o‗rtacha kunlik haroratining muayyan madaniy o‗simlikni 
rivojlanishining biologik nul orqali o‗tishiga aytiladi. Binobarin, biror bir davrning faol haroratlari 
jamini topish uchun shu davrdagi barcha o‗rtacha kunlik haroratlarni qo‗shib hisoblash kerak. 
S a m a r a l i ( e f f e k t i v ) h a r o r a t – bu o‗rtacha kunlik harorat va shu o‗simlikni 
biologik nuli orasidagi farqdir. Amaliyotda faol haroratlarning jami haroratlar +5
0
va +10
0
dan 
yuqori bo‗lgan davrlar uchun hisoblanadi. Chunki o‗rtacha kunlik harorat +5
0
dan yuqori bo‗lganda 


35 
o‗tchil o‗simliklar, +10
0
dan yuqori bo‗lganda esa barcha yovvoyi va madaniy o‗simliklarning 
vegetatsiya davri boshlanadi. 
O‗rta Osiyoning tekislik va tog‗ oldi hududlarida olib borilgan kuzatishlar asosida olingan 
ma‘lumotlarning tahlili havoning o‗rtacha kunlik harorati +5
0
dan oshishi qish faslining tugashi va 
bahor faslining boshlanishi, +5
0
dan pasayishi esa kuz faslining tugashi va qish faslining 
boshlanishi, deb hisoblanadi. O‗rtacha kunlik haroratlarning +5
0
dan oshishi va pasayishi 
oralig‗idagi davr iliq davr deb hisoblanishi mumkin (Babushkin va b., 1985). 
Qashqadaryo viloyatining tekislik va tog‗ oldi hududlarida iliq davr 14 – 26 
fevraldan boshlanib 26 noyabr – 16 – dekabrgacha (272 – 304 kun) davom etadi ( - jadval). Iliq
davrda faol haroratlarning jami bu hududlarda 5000
0
dan yuqori bo‗ladi. Eng yuqori ko‗rsatkich 
adirlar uchun xosdir (G‗uzorda 5751
0
). O‗rtacha balandlikdagi tog‗larning quyi qismida 
yonbag‗irlarning oftobro‗y ekspozitsiyasida 4000 – 3800
0
ni, oftobterskay ekspozitsiyadagi joylarda 
esa 3000 – 2800
0
ni tashkil etadi. Baland tog‗larda (3000 m gacha bo‗lgan balandliklarda) 1000
0
gacha va 3000 – 4000 m balandliklar oralig‗ida 350 – 450
0
ni tashkil etadi.
Turg‗un o‗rtacha kunlik haroratlarning + 5
0
orqali o‗tishi bahorda ko‗pgina yaylov hamda 
noissiqsevar daraxtshil o‗simliklarining va g‗alla ekinlarining faol vegitatsiyaning boshlanganligini 
va kuzda faol vegitatsiyaning tugaganligini bildiradi. 
Issiq davr viloyatning tog‗li hududlarida ancha uzoq davom etadi. Bunday davr viloyatning
tog‗ oldi va past tog‗larda 282 – 304 kun, o‗rtacha baland tog‗larda (2 000 m balandliklargacha) –
282 – 249 kun, baland tog‗larda (2 000 m dan yuqorida) – 210 kundan ko‗proq. 
Bahor davri boshlanishining vertikal gradiyentlari har 100 m balandlikka ko‗tarilganda 1,5 – 
2,5 kunni tashkil etadi. 
Qashqadaryo viloyatining tekisliklarida va tog‗ oldi hududlarida o‗rtacha kunlik 
haroratlarning + 10
0
dan o‗tishi 17 – 25 martdan boshlanib 2 – 12 noyabrgacha davom etadi (225 – 
230 kun). Bu davrdagi faol haroratlarning jami 4 639 – 5 230
0
bo‗ladi. Bu ko‗rsatkichlarga ko‗ra 
viloyatning tekisliklari, adirlari va past tog‗lari bilan band bo‗lgan hududlar i s s i q (4 500 – 5 
0000) v a j u d a i s s i q (5 000
0
dan ziyod) z o n a l a r g a mansub. 
Qashqadaryo viloyatining o‗rtacha baland tog‗larida faol haroratlar jami 3 500 – 4700
0

baland tog‗larida esa 2500 – 3 500
0
bo‗ladi. 
Qashqadaryo viloyati hududida atmosfera yog‗inlarining mavsumiy va hududiy 
taqsimlanishi juda xilma – xil ( -jadval). Viloyat hududining g‗arbiy chekkasi uning eng 
qurg‗oqchil joylaridir (Muborak stantsiyasining ma‗lumotlariga ko‗ra bu yerda yillik yog‗inlarning 
miqdori atigi 131 mm). Sharqqa va shimoli - sharqqa tomon balandlik ortib borishiga bog‗liq holda 
yillik yog‗inlarning miqdori ham ko‗paya boradi. Hisoblarga qaraganda viloyatning shimoliy va 
markaziy qismlarida dengiz sathidan 280 m dan 350 – 370 m gacha bo‗lgan balandliklarning har 
100 metrida yillik yog‗inlarning miqdori 34 mm ga, janubiy rayonlarda esa 18 – 19 mm gacha 
ko‗paya boradi. 350 – 370 m dan 600 – 650 m gacha bo‗lgan balandliklarda esa yog‗inlarning 
miqdori har 100 m balandlashganda shimolda 50 – 60 mm ga ko‗payadi (Babushkin, 1959). Yillik 
yog‗inlarning miqdori tekisliklarda 175 – 300 mm, o‗rtacha baland tog‗larda 630 – 650 mm ni 
tashkil etadi. Baland tog‗larda atmosfera yog‗inlarining miqdori 545 – 580 mm (Severtsev 
muzligidagi Shut stantsiyasi). Garbroqdagi pastroq tog‗larda o‗rtacha yillik yog‗inlar miqdori 277 – 
408 mm. 
Atmosfera yog‗inlarining tushishida mavsumiy notekislik ham yaqqol namoyon bo‗ladi. 
Yillik yog‗inlarning katta qismi kuz – qish – bahor davrida yog‗adi, yoz quruq bo‗ladi. Eng 
seryog‗inli oylar – dekabr va aprel, quruq oylar esa – iyun – sentyabr. 


36 
Yillik yog‗inlar miqdorining 45 – 50 % i bahor (mart – may) oylariga, 37 – 40 % i qish 
(dekabr – fevral) oylariga, 10 – 15 % i kuz (sentyabr – noyabr) oylariga va atigi 2 – 3 % i yoz (iyun 
– avgust) oylariga to‗g‗ri keladi. 
Atmosfera yog‗inlarining qor ko‗rinishida tushishi 2 000 m gacha bo‗lgan balandliklarda 
oktyabrdan aprelgacha, ayrim joylarda esa may oyining oxirigacha bo‗lgan davrda kuzatiladi. 
Biroq, 1400 – 1600 m gacha bo‗lgan zonada aprel oyida har yili ham qor yog‗avermaydi. 
Qor qoplami hosil bo‗lishining boshlanishi tog‗ oldi hududlarida va adirlarida 500 m gacha 
bo‗lgan balandliklarda dekabrning ikkinchi o‗n kunligida, janubroqdagi hududlarda esa uchinchi 
o‗n kunligida, 500 m dan 800 – 900 m gacha balandliklarda dekabrning birinchi o‗n kunligida 
kuzatiladi. 900 – 1 000 m dan to 2 000m gacha bo‗lgan balandliklarda qor qoplamining hosil 
bo‗lishi noyabr oyida boshlanadi. 
Tog‗larda tekisliklarga nisbatan ancha katta miqdorda qor yog‗adi, qor qoplamining 
qalinligi 0,5 m va undan ham ko‗proq. Qor qoplami tog‗larda 2 – 6 oy davomida saqlanadi. 
Qashqadaryo viloyatining g‗arbiy katta qismini band etgan tekisliklarda turg‗un qor qoplami 
bir oydan oshiq saqlanmaydi. 
Qor qoplami saqlanadigan kunlar soni past tog‗larda 10 – 15 kundan 130 – 140 kungacha 
(2 000 m balandlikda) o‗zgaradi. 
Qor qoplamining qalinligi 500 m dan 1000 – 1500 m gacha balandliklarda qishki 3 oy 
davomida 1, 2, 10 sm ni, Qashqadaryoning yuqori qismida 1 500 – 2 000 m balandliklar oralig‗ida 
10 sm dan 30 – 40 sm gacha etadi. 
Ekspeditsiyalar tomonidan o‗tkazilgan tadqiqotlarning ma‘lumotlariga ko‗ra baland 
tog‗larda 3 000 m dan yuqorida qor qoplamining qalinligi ayrim joylarda 3 – 4 m gacha yetishi 
mumkin (Balasheva va b. 1962). 
Yillik yog‗inlarning miqdori muayyan hududining tabiiy namlanish sharoitlari to‗g‗risida 
ishonchli tasavvur bera olmaydi, chunki viloyat hududining katta qismida bug‗lanish yillik 
yog‗inlar miqdoriga nisbatan ancha ko‗p bo‗ladi. 
Bizning hisoblarimizga ko‗ra, N.N. Ivanovning namlanish koeffitsiyenti (HTK) 
Qashkadaryo viloyati hududida quyidagi ko‗rsatkichlarga ega: 
tekisliklarda ........................................................ 0,10 – 0,15 
adirlarda past tog‗larning yonbag‗irlarida .......... 0,23 – 0,29 
o‗rtacha baland tog‗larning yonbag‗irlarida ........ 0,30 – 1,49 
baland tog‗ subalp mintaqasida .......................... 1,50 dan ziyod 
Namlanishning hidrotermik koeffitsiyentiga bog‗liq holda Qashqadaryo viloyatining hududi
a r i d (cho‗l va chala cho‗l), s e m i a r i d (dasht), s e m i g u m i d (tog‗ – o‗rmon – 
dasht) hamda g u m i d (subalp o‗tloqlari) t i p l a r ga mansubdir ( – jadvallar). 
Agroiqlimshunoslar orasida vegetatsiya davridagi (harorat +10
0
dan yuqori bo‗lgan davr) 
atmosfera yog‗inlari miqdorining shu davrdagi ijobiy haroratlar jamining 1/10 (0,1) qismiga 
nisbatan ifodalanadigan Selyaninovning hidrotermik koeffitsiyenti (HTK) keng qo‗llaniladi. 
Vegetatsiya davrida yog‗inlar miqdorining bug‗lanadigan nam miqdoriga teng bo‗lishi GTK = 1,0 
bo‗ladi. GTK 0,5 dan katta bo‗lgandagina sug‗orishga ehtiyoj bo‗lmaydi.
Issiqlik resurslarining izochiziqlari bo‗yicha L.N. Babushkin quyidagi zonalarni ajratgan: 
1. Haroratlar +10
0
dan yuqori bo‗lgan davrda haroratlarning jami 4900
0
dan ziyod bo‗lgan 
jazirama zona (juda kech yetishadigan ingichka tolali g‗o‗za). 
2. Haroratlar jami 4000 dan 4900
0
gacha bo‗lgan issiq (go‗zaning o‗rtacha va tez pishar 
navlari ekiladigan) issiq zona. 


37 
3. Haroratlar jami 2800 dan 4000
0
gacha bo‗lgan (uzumchilik qilish mumkin bo‗lgan) iliq 
zona. 
4. Haroratlar jami 1000 dan 2800
0
gacha bo‗lgan (boshoqli g‗alla ekinlari. Salqin zona. 
5. Haroratlar jami 1000
0
dan kam bo‗lgan (baland tog‗ dehqonchiligi va nodehqonchilik) 
sovuq zona. 
Qashqadaryo viloyatining katta tekislik qismi sug‗oriladigan va lalmi sharoitlarda paxta, 
uzum, g‗alla yetishtirish mumkin bo‗lgan hududlar jumlasiga kiradi. 
Qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi uchun meteorologik elementlardan shamol haqidagi 
ma‗lumotlar ham juda muhim. 
Viloyatning tog‗ oldi va tog‗li hududlarida shamol rejimi relyef sharoitlari bilan bevosita 
bog‗liq. Masalan, Kitob – Shahrisabz zonasida sovuq davrda shimoli – sharqiy - tog‗ shamollari va 
g‗arbiy - vodiy shamollari ustunlik qiladi. Dehqonobodda esa sharqiy shamollar ustivordir. 
Tekislikda ayrim yillarda chang – to‗zonli shamollarning esishi kuzatiladi. Ayniqsa Qarshi shahri 
atrofida yozda (asosan iyul oyida) shimoli – sharqdan esadigan chang – to‗zonli shamollar 6-10 kun 
davomida kuzatiladi. Ko‗p yillik ma‗lumotlarga ko‗ra, Qarshida chang – to‗zonli kunlar 16 kunni, 
G‗uzorda 6 kunni, Qamashida 31 kunni, Dehqonobodda 4 kunni, Kitobda 1 kunni tashkil etadi. 
- jadval. Qashqadaryo viloyati hududida iqlim va o‗simlik – tuproq qoplami zonalligi orasidagi 
bog‗liqlik 

Download 15.19 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish