Qashqadaryo viloyati geografiyasi




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
 
 
 
 
 
 
 
 


44 
6-MAVZU: QASHQADARYO VILOYATINING GIDROGRAFIYASI VA ICHKI 
SUVLARI
Qashqadaryo havzasining barcha daryolari uning tog‗li qismida jilg‗alar ko‗rinishida 
boshlanadi va bu jilg‗alar hamda soylar qo‗shilib, katta-kichik daryolarni, ular esa o‗z navbvtida 
yaxshi shakllangan Qashqadaryo gidrografik to‗rini yuzaga keltiradi. -jadvalda Qashqadaryo va 
uning yirik irmoqlarining gidrologik ko‗rsatkichlari berilgan.
Havzaning eng uzun daryosi Qashqadaryo (332 km.) bo‗lib, u Zarafshon tizmasi g‗arbiy 
tarmag‗ining janubiy yon bag‗rida 3000 m balandlikda, Dovtosh dovoni yaqinida boshlanadi. 
Qashqadaryo yaqin o‗tmishga qadar Muborak shahridan 10 km shimoli-g‗arbda qumlar orasida 
tugagan. Qashqadaryo o‗zining yuqori oqimida V – simon chuqur va tor vodiyda oqadi. Tor osma 
vodiy Kichikmadon, Navidaroz va Kosatarosh daryolari qo‗shilgach ham saqlanib qoladi va faqat 
Yargak irmog‗i qo‗shilgandan keyin biroz kengayadi, uning eni 100-200 m ga yetadi. Shu yerdan 
boshlanib daryoda qayr paydo bo‗ladi. Dug‗oba qishlog‗idan o‗tgach, daryo nisbatan keng vodiyda 
oqadi.
Qashqadaryo Varganza qishlog‗i yaqinida tog‗lardan chiqib, Kitob-SHaxrisabz botig‗iga 
kiradi va to Qarshi shaxriga qadar qutisimon vodiy bo‗ylab oqadi. Varganza qishlog‗idan Oqsuv 
daryosining quyilishigacha vodiyning kengligi 150-300 m, undan quyida esa 800-1500 m gacha 
kengayadi. Vodiyning eng tor joyi Chimqo‗rg‗on qishlog‗i yaqinida 160 m bo‗lgan vash u sababli 
bu yerda Chimqo‗rg‗on suv omborining to‗g‗oni qurilgan. 
Qashqadaryo oqimining tog‗li qismida qayirga ega emas va faqat Dug‗oba qishlog‗idan 
quyiroqda qayir xosil bo‗ladi va quyi tomonga kengayib boradi. 
Tog‗lardan chiqqandan so‗ng Qashqadaryo chap tomonidan Hisor tizmasining shimoli – 
g‗arbiy tarmoqlaridan boshlanadigan Jinnidaryo, Oqsuv, Tanxozdaryo, Yakkabog‗daryo, 
G‗uzordaryo kabi irmoqlar qo‗shiladi. Ammo daryoning o‗rta va quyi oqimlarida o‗ng sohildan 
qo‗shiladigan yirikroq irmoqlar yo‗q. 
Jinnidaryo Qashqadaryoning birinchi nisbatae yirikroq irmog‗i bo‗lib, uning uzunligi 61 km, 
suv yig‗iladigan havzasining maydoni 367 kv.km Jinnidaryo Akota (2 919 m) va Shertog‗ (2696 m) 
oralig‗ida hosil bo‗ladigan bir qancha jilg‗alarning qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. 
Jinnidaryoning vodiysi Jaus qishlog‗idan yuqoriroqda ancha katta kenglikka ega, uning 
vodiysida sug‗oriladigan yerlarning maydoni 400 ga dan ko‗proq. Daryo qayirining kengligi 
o‗zgaruvchan: Jaus qishlog‗ining yaqinida 8 – 10 m, Rovot qishlog‗i yaqinida 140 m va 
Qashqadaryoga quyilishida 30 – 35 m. 
Oqsuv daryosi Qashqadaryoning eng sersuv irmog‗i bo‗lib, Servertsev va Botirboy 
muzliklaridan boshlanaligan Xinaka va Botirboy daryolarining qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. uzunligi 
115 km, suv yig‗iladigan havzasining maydoni 1 050 kv.km. Daryo oqimining katta qismida tog‗lar 
orasida oqadi. Uning yuqori oqimida suvayirg‗ichlarning balandligi 4 000 – 43000 m ga yetadi. 
Qo‗rg‗oncha qishlog‗i yaqinida Oqsuv tekislikka chiqadi. 
Oqsuv daryosining asosiy irmoqlarini uzunligi 12 km dan 25 km gacha bo‗lgan Botirboy, 
G‗ilon, Qizilimchak, Tamshush, Suvtushar daryolari chap tomondan qo‗shiladi. O‗ng tomondan esa 
Oqsuv daryosiga faqat Qorasuv daryosi (uzunligi 37 km, suv yig‗iladigan havzasining maydoni 132 
kv.km) qo‗shiladi. 
Oqsuv daryosining mansabidan 13 km quyiroqda, Tanxoz qo‗rg‗onchasi yaqinida 
Qashqadaryoga Tanxozdaryo kelib qo‗shiladi. Uning uzunligi 104 km, suv yig‗iladigan havzasining 
maydoni 459 kv.km bo‗lib, u Hisor tizmasining janubi – g‗arbiy qismida 3 500 m balandlikda 


45 
joylashgan G‗oziko‗ldan boshlanadi. Tanxozdaryoning asosiy irmoqlarini Sho‗rsoy va Qizilsuv 
hosil qiladi. Qizilsuv orqali Yakkabog‗daryo suvining bir qismi oqim o‗tadi. 
Yakkabog‗daryo suvining ko‗pligi jihatidan Qashqadaryoning ikkinchi yirik daryosi bo‗lib, 
Hisor tizmasining janubi – g‗arbiy tarmoqlarida 3 800 m balandlikda Qizilsuv nomi bilan 
boshlanadi. Daryoning uzunligi 108 km, suv yig‗iladigan havzasining maydoni 1060 kv. km. 
Yakkabog‗daryo Qashqadaryoga bevosita kelib qo‗shilmaydi, u Tanxozdaryoga qo‗shiladi. 
Yakkabog‗daryo Tatar qishlog‗iga qadar u – simon vodiyda, qayir hosil qilmagan holda oqadi. 
Qashqadaryoning oxirgi chap irmog‗i G‗uzordaryodir (uzunligi 86 km, suv yig‗iladigan 
havzasining maydoni 3220 kv.km). Qushtepa qishlog‗idan to mansabigacha bo‗lgan masofada 
Qorasuv nomi bilan ataladi. 
G‗uzordaryoni Katta Uradaryo va Kichik Uradaryo hosil qiladi. Katta Uradaryo (uzunligi 
113 km, suv yig‗adigan havzasining maydoni 1400 kv.km) Chaqchar va Yakkabog‗ tog‗lari 
tutashadigan Xarqush dovoni (3 448 m) yaqinida boshlanadi va yuqori oqimida Egrisuv nomi bilan 
ataladi. Katta Uradaryo deyarli butunlay tog‗lar orasida oqib o‗tadi va U – simon vodiyga ega. 
Kichik Uradaryoning uzunligi 177 km, suv yig‗iladigan havzasining maydoni 1 660 kv.km 
bo‗lib, Hisor tizmasining janubi – g‗arbiy tarmoqlarida – O‗lmas tog‗larida 2 000 m balandlikda 
jilg‗a ko‗rinishida boshlanadi. Kichik Uradaryo ham deyarli butunlay tog‗lar orasida oqadi. Bu 
tog‗larning balandligi daryoning yuqori oqimida 2 500 – 2 700 m bo‗lib, uning mansabi yaqinida 
700 – 900 m gacha pasayadi. Daryoning vodiysi trogsimon, U – simon va qutisimon ko‗rinishlarga 
ega. 
Qashqadaryoning o‗ng sohilidagi irmoqlar (soylar) Qoratepa tog‗larining janubiy 
yonbag‗irlaridan boshlanadi, ularning suv yig‗iladigan maydonlari uncha katta emas. bu yerda 18 ta 
yirik soy va ko‗plab mayda soylar oqali (SHults, 1959 y.). Bu soylar birlashib 4 ta havzasi – 
Sho‗robsoy, Makridsoy, Oyoqchisoy va Qalqamasoy havzalarini hosil qiladi. 
SHurobsoy (suv yig‗iladigan havzasining maydoni 49,4 kv.km.) Rovotsoy, Chinorsoy va 
Sassiqbuloqsoy hamda Qaynarbuloq deb umumiy nom olgan bir nechta buloklardan hosil bo‗ladi. 
Makridsoy (suv yig‗iladigan havzasining maydoni 47,5 kv.km.) Sayyoh, Hasantepa, Chinor, 
Quton va Kulmozor buloqlaridan boshlanadigan soylarning qo‗shilishi natijasida vujudga keladi. 
Oyoqchisoy (suv yig‗adigan havzasining maydoni 125 kv.km) Yelsoy (uzunligi 10,5 km) va 
Madrustoshsoy (uzunligi 8,8 km) qo‗shilishidan hosil bo‗ladi. Bu soylarning qo‗shilishidan 
quyiroqda yana bir necha soylar qo‗shiladi. Ular orasida nisbatan yirikrog‗i Echkioqar soyidir 
(uzunligi 6,0 km). 
Qalqamasoy (suv yig‗ilidigan havzasining maydoni 350 kv.km) Qashqadaryo havzasidagi 
eng yirik soylar tizimi bo‗lib, Qalqamasoy Anzirat, Chunqaymish, Quruqsoy, Gorovli, Talayko‗l, 
Langar, Tarag‗ay, Quruqsoy, Govxona va xizalak soylarining qo‗shilishi natijasida hosil bo‗ladi. 
Qalqama soyining qishki – bahorgi suvlari Qalqama suv omborida to‗planadi va yoz oylarida 
sug‗orishda foydalaniladi. 
Yuqorida ta‗kidlab o‗tilganidek, Qorasuv daryosi (G‗uzordaryoning qo‗yi oqimi) 
Qashqadaryoga quyiladigan eng so‗nggi irmog‗idir. Qashqadaryo Qarshi shahridan 17 km 
g‗arbroqda Maymanoq va Qamashi deb ataladigan tarmoqlarga bo‗linib ketgan va Qarshi 
Qashqadaryo gidrografik turiga mansub bo‗lgan daryolarning to‗yinish sajiyasi va oqim rejimi 
ularning suv yig‗iladigan havzalarining balandligiga hamda yog‗in – sochin miqdorining yillik va 
mavsumiy taqsimlanishiga bevosita bog‗liq. 
V.L. Shults va L.I. Shalatova (1959 y.) Qashqadaryo havzasi daryolarini to‗yini 
xususiyatlariga ko‗ra quyidagi uchta guruhga ajratadilar: 
1) qor – muzlik suvi bilan to‗yinadigan daryolar


46 
2) qor suvi bilan to‗yinadigan daryolar; 
3) qor – yomg‗ir suvi bilan to‗yinadigan daryolar. 
Qor – muzlik suvi bilan to‗yinadigan daryolarga Yakkabog‗daryo, Tanxozdaryo va Oqsuv 
daryosi mansub bo‗lib, ular asosiy suvini havzasini to‗planadigan qor suvidan oladi, muzlik suvi esa 
ikkinchi o‗rinda turadi. Bu daryolarning suv yig‗iladigan havzasi maydonining atigi 2% i 4 000 m 
dan yuqorida, 20% dan ko‗prog‗i 3 000 – 4 000 m balandlikda, ya‗ni muzliklar va qorlar 
mintaqasida joylashgan. Lekin ularning suv yig‗ilish havzasi maydonining o‗rtacha balandligi 3 000 
m dan pastda. Yakkabog‗daryosining suv yig‗ilish havzasi maydonining o‗rtacha balandligi 2 702 
m, Oqsuv daryosiniki – 2444 m, Tanxozdaryoniki esa 2 170 m. 
To‗yinish xususiyatlariga ko‗ra qor – muzlik suvi bilan to‗yinadigan yuqorida nomlari 
ko‗rsatilgan daryolarda to‗liq suv davri Qashqadaryo havzasining boshqa daryolaridagiga nisbatan 
keroq kuzatilsada, bu daryolar havzaning eng sersuv daryolaridir. Har uchala daryoda ham eng ko‗p 
o‗rtacha oylik suv sarflari asosan iyun oyiga, eng kam suv sarflari esa dekabr – yanvar oylariga 
to‗g‗ri keladi. Bu daryolarda oqimning yil davomida taqsimlanishi juda notekis bo‗ladi. masalan, 
mart – iyun oylarida Oqsuv daryosida yillik oqimning 49,2 % i, Yakkabog‗daryoda 61,6% i va 
Tanxozdaryoda 63,6 % i oqib o‗tadi; iyul – setyabr davridagi oqim esa Oqsuv daryosida 35,5 
Yakkabog‗daryoda 28,1 va Tanxozdaryoda 25,0 % ini tashkil etadi. 
Yakkabog‗daryo, Oqsuvdaryosi va Tanxozdaryo Qashqadaryo vodiysi yuqori qismining 
asosiy to‗yinish manbalari (80 % ga yaqin) hisoblanadi va o‗rta qismidagi suv rejimining vujudga 
kelishida muhim rol o‗ynaydi.
Qor suvi bilan to‗yinadigan daryolarga suv yig‗ilish maydonining o‗rtacha balandligi 1 823 
m bo‗lgan Qashqadaryo mansub. Bu daryoda eng ko‗p o‗rtacha oylik suv sarflari esa yozning oxiri 
va kuzning boshida kuzatiladi. qashqadaryoning o‗rtacha suv sarfi eng ko‗p va yozning oxiri va 
kuzning boshida eng ko‗p bo‗ladi. Qashqadaryoning o‗rtacha yillik suv sarfi Varganza qishlog‗i 
yaqinida 5,46 kub. m/s ni tashkil etadi. 
Qor – yomg‗ir suvi bilan to‗yinidigan daryolar guruhiga Jinnidaryo, Qorasuv, Turnabuloq, 
Langar va G‗uzor daryolari mansub. Bu daryolarning suv yig‗ilish maydoni yuqorida ta‗riflangan 
daryolarnikiga nisbatan ancha past. Masalan, Jinnidaryoni suv yishilish havzasi maydonining 
o‗rtacha balandligi 1573 m ga, G‗uzordaryosiniki esa 1532 m ga teng. 
Suv yig‗ilish havzalari past sathlarda joylashganligi erigan qor suvlari bilan to‗yinganligi 
sababli bu daryolarda eng ko‗p suv sarflari asosan aprel oyida kuzatiladi. Lekin ularda oqim 
miqdori ayniqsa eng ko‗p suv sarflari yil davomida va yillar bo‗yicha o‗zgarib turadi, chunki ularda 
to‗lin suv davri ko‗proq jala yomg‗irlar hisobiga bo‗ladi. Bahor qurg‗oqchil bo‗lgan yillarda esa 
yog‗ingarchilik bo‗ladigan kunlar bilan bog‗liq holda oylar ichida ham o‗zgaradi. 
Qor – yomg‗ir suvi bilan to‗yinadigan Jinnidaryo, G‗uzordaryo, Qorasuv va boshqa 
daryolarda oktyabr – fevral oylarida ancha ko‗p suv (yillik oqimning 24 – 28% i) oqadi, chunki bu 
daryolarning o‗zanlariga yer osti suvlarining ko‗proq chiqishi vash u oylarda daryolarning 
o‗zanlariga yer osti suvlarining ko‗proq chiqishi va shu oylarda daryolarning suv yig‗lish 
maydonida yomg‗irlarning yog‗ishi va yoqqan qorlarning erib turishi sabab bo‗ladi. Bu daryolarda 
yillik oqimning 4,4 – 14,0 %i iyun – sentyabr va 56 – 69 % i mart – iyun oylariga to‗g‗ri keladi.
Jinnidaryo mart – iyun oylarida qorlarning erishi va yomg‗irlarning ko‗p yog‗ishi tufayli 
yillik oqimning 68,3 % i o‗tadi. Iyun – setyabr oylarida esa asosan yer osti suvlaridan to‗yinganligi 
sababli bu davrga yillik oqimning atigi 4,4 % i to‗g‗ri keladi.
Suv yig‗ilish maydoni juda past va uning nam keltiruvchi havo massalariga nisbatan ancha 
noqulay joylashganligi sababli G‗uzordaryo havzasida juda kam miqdorda oqim hosil bo‗ladi, yillik 


47 
oqim yog‗in miqdoriga bog‗liq holda yil sayin o‗zgarib turadi. Bu daryoda yillik oqimning 63,9 % i 
mart – iyun oylariga, 14,7 % i iyul – sentyabr oylariga to‗g‗ri keladi. 
Qashqadaryoning o‗ng irmoqlari – Qalqamasoy, Oyoqchisoy, Makridsoy va boshqa 
soylarning suv yig‗iladigan maydonining 60 % i 1 500 m dan pastda joylashgan bo‗lib, ularning 
havzalari doiralarida faqat ayrim tog‗ cho‗qqilari 2 000 m dan ortiq balandlikka ega. Suv 
yig‗iladigan havzalarning past sathida joylashganligi sababli bu soylar qor – yomg‗ir va yomg‗ir 
suvlari bilan to‗yinadigan daryolar guruhiga kiradi. Bu soylarda eng ko‗p suv sarflari aprel oyida, 
eng kam suv sarflari esa avgust – sentyabr oylarida kuzatiladi. Noyabr oyida ham oqim o‗tadigan 
suv miqdori biroz ko‗payadi. Aprel va noyabr oylarida to‗lin suv davrining bo‗lishi yomg‗irlarning 
ko‗p yog‗ishi va ba‗zan qor yog‗ishi bilan bog‗liq. 
Shunday qilib, daryolarda oqimning tarkib topishi va ularning suv rejimi yog‗inlarning 
hududiy va mavsumiy taqsimlanishi hamda qisman haroratlarning yillik yo‗nalishi bilan 
korrellyatsion aloqaga ega.
Suv resurslarining tarkib topishida muzliklar ham muhim ahamiyatga ega. Ma‗lumki, 
O‗zbekistonda ayrim tog‗yonbag‗irlarida muzliklar saqlanib qolishining asosiy sabablarini bu 
yerlarning orografik jihatdan qulayligi, yog‗in miqdorining boshqa hududlarga nisbatan ko‗p 
yog‗ishi, havo haroratining past bo‗lishi va boshqa bir qator omillar ta‗sirlari bilan izohlash 
mumkin. Muzliklarning soni va ularni massasining miqdori asosan iqlim omillariga bog‗liq bo‗lib, 
uzoq yillar davomida o‗zgarib turadi. O‗zbekiston tog‗larida muzliklar Chirchiq, Qashqadaryo va 
Surxondaryo hazvalarining yuqori qismlarida suvayirg‗ichlari yaqinida joylashgan. Ularning 
«Muzliklar katalogi» bo‗yicha aniqlangan soni 550 ga yaqin bo‗lib, umumiy maydoni 232,2 km
2
ni 
tashkil etadi (6 – jadval). 
– jadval 
O‗zbekiston muzliklari haqida ayrim ma‘lumotlar 
Daryo havzasi 
Soni 
Maydoni, km

Eng katta 
muzlikning nomi 
Umumiy 
Eng katta 
muzlik 
Pskom 
250 
127,8 
(3,8) 
Ayutor – 3 
Qashqadaryo 
58 
20,8 
2,6 
Severtsov 
Surxondaryo 
239 
83,6 
1,9 
Chap Qaznoq 
Hammasi 
547 
232,2 
Manba: Arapboeva G. va b., 2001 yil. 
6 – jadvaldan ko‗rinib turibdiki Qashqadaryo havzasi muzliklar eng kam bo‗lgan havzadir. 
Bu yerda jami 58 ta muzlik bo‗lib, ularning umumiy maydoni 20,8 kv.km ga teng. 
Qashqadaryo havzasidagi muzliklar Oqsuv va Yakkabog‗daryo manbalarida joylashgan. 
Oqsuv havzasidagi eng yirik muzliklar Xonaqasuv, Botirboy va G‗ilondaryoning manbalarida 
joylashgan Severtsev, Botirboy va To‗rtqo‗yliq muzliklaridir. Bu muzliklar joylashgan vodiylar 
keng (400 m gacha), simmetrik troglardan iborat. Troglarning tubida balandligi 30 – 40 m, kengligi 


48 
100m dan 300 m gacha bo‗lgan toshloq to‗plamalar (zaval) tarqalgan. Tog‗ yonbag‗irlarining 
«soya» ekspozitsiyalaridagi bunday to‗plamalar yonida juda katta qorliklar (qalinligi 10 m va undan 
ziyodroq) hosil bo‗ladi va ular yozda daryolarni to‗yintiradi. 
Severtsev muzligi (mahalliy aholi bu muzlikni Xokaka muzligi deb atashadi) Hisor tizmasi 
g‗arbiy qismining shimoliy yonbag‗rida, G‗ova dovoni yaqinida joylashgan. Muzlikdan Xonaqa 
daryosi boshlanadi va u Botirboy daryosi bilan qo‗shilib, Oqsuv daryosini hosil qiladi. Severtsev 
muzligi shimoli – sharqiy ekspozitsiyaga ega bo‗lib, Oqsuv daryosining yuqorida nomlari qayd 
qilingan daryolar manbalarida planda janubi – g‗arbdan shimoli – sharqqa cho‗zilgan cho‗zinchoq 
ko‗rinishga ega. Muzlikning umumiy uzunligi qariyb 2,3 km bo‗lib, muzlik tilining uzunligi (o‗rta 
firn dalalaridan boshlanadi( 1,3 km ga teng. Kengligi 550 m. maydoni 1,38 kv.km. muzlik tili 
oxirining balandligi 3 250 m qor chizig‗ining balandligi esa 3 720 m. 
Botirboy muzligi Botirboy daryosining boshlanishida, G‗ova dovonidan g‗arbroqda, Hisor 
tizmasining shimoli – g‗arbiy yonbag‗rida joylashgan. Shimoli – sharqiy ekspozitsiyaga ega 
bo‗lgan bu muzlik ham planda janubi – g‗arbdan shimoli – sharqqa cho‗zilgan cho‗zinchoq 
ko‗rinishga ega. Umumiy uzunligi 2,2 km, uzunlik tilining uzunligi 1,7 km. maydoni 1,3 kv.km. 
Muzlik oxirining dengiz sathidan balandligi 3250 m bo‗lib, qor chizig‗ining balandligi 3 430 m 
balandlikda o‗tadi. 
To‗rtqo‗yliq muzligi G‗ilondaryoning havzasida, uning o‗ng irmog‗ini hosil qiladigan 
To‗rtqo‗yliq daryosi havzasining yuqori – qismida daryo mansabida joylashgan. Muzlik tili uncha 
katta bo‗lmagan, doirasimon ko‗l bilan tutashadi. Bu ko‗lning diametri 250 m. muzlik chalaosma, 
juda toza va shimoliy yo‗nalishga ega. Muzlik tilining absolyut balandligi 3 700 m, maydoni 0,31 
kv.km ga teng, uzunligi 1,5 km va kengligi 250 m. To‗rtqo‗yliq daryosining chap tomonidan 
kichikroq muzlik joylashgan. Uning uzunligi 1,3 km ga yaqin, muzlik tilining balandligi 3 630 m ga 
yaqin, morena bilan qoplangan. 
Yakkabog‗ daryosi havzasidagi muzlanish Oqsuv havzasidagiga nisbatan ancha kam. 
Yakkabog‗ daryosining boshlanish irmog‗i bilan Shulhazor daryosining havzasida uzunligi atigi 1 
km ga yaqin bo‗lgan muzlik joylashgan. Doirasimon ko‗rinishdagi boshqa muzlik (aniqrog‗i firn 
dalasi) Shilhazor daryosining vodiysidan o‗ngroqda joylashgan. Ustaulgan daryosining vodiysida 
ham uncha katta bo‗lmagan firn muzliklari mavjud. 
Yakkabog‗ daryosi havzasidagi muzliklarning umumiy maydoni 1,5 kv.km ga yaqin. Bu 
yerdagi muzliklar morenalar bilan qoplangan. Muzlik tillarining absolyut balandligi 3 600 – 3 900 
m. 
Yer usti suvlaridan tashqari Qashqadaryo havzasida hududiy taqsimlanishi, suvli 
qatlamlarning chuqurligi va minerallashuv darajasiga ko‗ra turli xil bo‗lgan yer osti suvlarining ham 
ancha katta zahiralarining mavjudligi aniqlangan. Bu suvlar viloyat aholisini ichimlik suvi bilan 
ta‗minlash va qisman sug‗orish uchun foydalanilmoqda. 
S.Sh. Mirzayev Qashqadaryo havzasi yer osti suvlariga doir ilmiy tadqiqotlarning 
materiallarini umumlashtirgan holda bu yerda yer osti suvlarining 6 ta konini ajratadi: 
1) Tog‗ massivlari koni havzaning tog‗li va qisman tog‗ oldi qismlarini o‗z ichiga oladi. 
Konning mintaqaviy zahiralari baholanmagan.
2) Kitob – Shahrisabz yer osti chuchuk suvlarining koni Kitob, Shaxrisabz, Yakkabog‗ va 
qisman Chiroqchi tumanlarining tekislik qismlarini ishg‗ol etadi. Kondagi yer osti suvlarining 
baholangan zahirasi 841,8 ming kum m (bir kunda) yoki sekundiga 9,7 kub m ni tashkil etadi. 
Sug‗orish uchun 4,0 kub m/sek. miqdoridagi yer osti suvidan foydalaniladi. 
Kitob – Shahrisabz botig‗ining to‗rtlamchi davr yotqiziqlari orasida joylashgan yer osti 
suvlarining vujudga kelishi va to‗yinishi Zarafshon va Hisor tizmalarining tarmoqlari tomonidan 


49 
keladigan yer osti suv oqimi, doimiy va mavsumiy yuza suvlarining sizishi (filtratsiyasi) va 
atmosfera yog‗inlari hisobiga sodir bo‗ladi. sug‗oriladigan yerlarda sizot suvlarining sathi 1 – 3 m 
dan 3 – 6 m gacha bo‗lgan chuqurliklarda joylashgan bo‗lib, botiqning tog‗ oldi va tekislik 
qismidagi yerlarda 10 – 20 m janubdan ortiqroq chuqurlikda joylashgan.
Chuchuk sizot suvlarining (minerallashuv darajasi 1 g/l gacha) vujudga kelishi uchush Kitob 
– Shaxrisabz botig‗idagi daryolarning konuslarida ayniqsa sharoitlar mavjud. 
Mutaxassislarining hisoblariga ko‗ra Kitob – Shahrisabz botig‗i va Qashqadaryoning yuqori 
oqimidagi to‗rtlamchi davr yotqiziqlari orasidagi yer osti suvlarining zahirasi sekundiga 20 – 25 
kub m ni tashkil etadi. Bu hududlardagi yer osti suvlari Qashqadaryo tumanlarining aholisini 
chuchuk suv bilan ta‗minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu yerdan Qarshi, Nishon va Koson 
tumanlaridagi bir qator aholi manzilgohlariga suv quvurlari tortilgan. 
3) Qashqadaryoning Chiroqchi va Koson tumanlari doirasidagi o‗ng sohil hududlari alohida 
konni (bu kon ham o‗ng sohil nomi bilan ataladi) hosil qiladi. Bu yerdagi yer osti suvlarining 
mintaqaviy zahirasi bir kunda (sutkasiga) 155,5 ming kub m ni tashkil etadi, shundan bir kunda 
86,4 kub m yoki sekundiga 1,0 kub metr foydalanish zahiralariga to‗g‗ri keladi. 
4) G‗arbiy Qashqadaryo yer osti suvlarining konidagi to‗rtlamchi davr yotqiziqlari orasida 
minerallashuv darajasi turlicha bo‗lgan yer osti suvlarining ancha katta zahiralari mavjud. Koson 
shahridan janubroqda Qoraqo‗ng‗irot va Oqmachit qishloqlari oralig‗ida qadimiy Qamashi arig‗i 
bo‗ylab qalinligi 50 – 60 m bo‗lgan chuchuk suvli qatlam joylashgan bo‗lib, u «Mug‗lon chuchuk 
suvli linzasi» deb nom olgan. bu linzaning umumiy maydoni 120 kv.km ni tashkil etadi. Bu 
chuchuk suvli qatlam Qashqadaryo suvlarining sizishi natijasida vujudga kelgan. 
5) G‗uzor yer soti suvlari koni (G‗uzor tumanining o‗rta hududi)dagi suvlarning zahirasi bir 
kunda 43,2 min kub m (sekundiga 0,5 kub m) ni tashkil etadi. Ammo bu yerdagi yer osti 
suvlarining sifati minerallashuv darajasi (2,5 g/l dan ortiq) va qattiqligiga (18 mg.ekv/l) ko‗ra davlat 
andazalari talablariga javob bermaydi. 
6) Langar yer osti suvlari koni Qamashi shahri va uning arofidagi hududlarni o‗z ichiga 
oladi. Konning suv zahiralari baholanmagan. Bu konning ham yer osti suvlari davlat andazalari 
talablariga to‗g‗ri kelmaydi. 
Qashqadaryo havzasi doirasida paleozoy, yura, bo‗r va paleogen davrlari yotqiziqlari orasida 
mineral suvlarning zahiralari borligi aniqlangan. 
Paleozoy yotqiziqlaridagi yer osti suvlari buloqlar hosil qilgan holda yuzaga chiqib turadi 
yoki ancha katta chuqurlikda (1300 – 2000 m) bosimli artezian suvlarini hosil qiladi. Buloqlarning 
suvlari aksariyat hollarda chuchuk. Maydajoy, Xo‗jaquduq, Qorabayir, Janubiy Muborak va boshqa 
bir qator geologik tuzilmalarning meta cho‗lining qumliklari orasida tugagan. 
Qashqadaryo havzasida gidrologik va xo‗jalik ahamiyatiga ega bo‗lgan yirikroq ko‗llar 
yo‗q. Havzaning tog‗li hududida maydaroq ko‗llar mavjud. Ulardan nisbatan yirikrog‗ini G‗oziko‗l 
hosil qiladi. Hosil bo‗lishiga ko‗ra G‗oziko‗l to‗g‗on ko‗lidir. Katta Uradaryo yuqori oqimidagi 1,5 
kv.km maydonni egallaydigan Turobbobo va Kichik Uradaryo boshlanishidagi Xo‗jabulg‗ir ko‗llari 
paydo bo‗lishiga ko‗ra karst jarayonlari bilan bog‗liq, ularning chuqurligi 16 m gacha yetadi. 
Qarshi cho‗lining g‗arbida yozda tuzli balchiqqa aylanib qoladigan bir necha ko‗llar mavjud. 
Ulardan eng kattasi maydoni 2 kv.km bo‗lgan Xo‗jamsayyod tuzli ko‗li Baxoriston va Olot (Buxoro 
viloyati) tumanlari chegarasida joylashgan. 
Qashqadaryo havzasiga mansub bo‗lgan daryolarda suv sarfining yil davomida o‗zgarib 
turishi (mavsumlar bo‗yicha), notekis taqsimlanishi hamda qishloq xo‗jalik ekinlarini sug‗orish 
davri ehtiyojlari orasida katta tafovvut mavjud. yuqorida ta‗kidlab o‗tilganidek, Qashqadaryo 
tizimidagi daryolarning aksariyat katta qismi qor va yomg‗ir suvlaridan to‗yinishi sababli ularda 


50 
to‗lin suv davri bahorning oxiri va yozning boshiga (may – iyun) to‗g‗ri keladi, qishloq xo‗jalik 
ekinlarini sug‗orish ehtiyoji esa iyul va avgust oylarida kattaroq bo‗ladi. Masalan, 1997 yilning 
usuv davrida sug‗orish uchun turli manbalardan 4 707,0 mln. m3 suv sarflangan (7 – jadval). 
Daryolarda suv rejimining yog‗in – sochin bilan bog‗liqligini nazarda tutgan holda daryolarning 
oqimini tartibga soli shva boshqarish maqsadida hamda mahalliy suv resurslaridan samarali 
foydalanish maqsadlarida viloyat hududida 15 ta turli sig‗imga ega bo‗lgan suv omborlari barpo 
etildi va ularning suv resurslari hozirgi paytda sug‗orishda va boshqa maqsadlarda 
foydalanilmoqda. 

Download 15.19 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish