-4-Mavzu. QASHQADARYO VILOYATINING OROGRAFIYASI VA RELYEFI




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/112
Sana21.06.2022
Hajmi15.19 Mb.
#24110
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati geografiyasi O\'UM (2)
Mustaqil ta'lim topshiriqlari, BOSHQARUV..., BOSHQARUV.MAR.TOP
3-4-Mavzu. QASHQADARYO VILOYATINING OROGRAFIYASI VA RELYEFI 
Qashqadaryo viloyatining katta qismi Qashqadaryo tektonik botig‗i doirasida joylashgan 
bo‗lib, bu tektonik botiq Oloy – Hisor (Janubiy Tyanshan) tog‗ tizimining sharqiy tizmalarini hosil 
qiladigan Zarafshon va Hisor tog‗ tizmalariga mansub bo‗lgan tog‗lar bilan o‗ralgan. Qashqadaryo 
tektonik botig‗i g‗arbda ochiq yarim halqasimon shaklga ega bo‗lib, Qizilqum cho‗llari bilan 
tutashadi.
Qashqadaryo havzasini geomorfologik jihatdan O.Y. Poslavskaya (1959) uchta asosiy 
geomorfologik mintaqaga ajratadi: 
1) tog‗ mintaqasi; 
2) tog‗ oldi va past tog‗lar mintaqasi; 
3) tekislik mintaqasi. 
T o g‗ m i n t a q a s i Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon – Sherobod vodiylari oralig‗ida 
joylashgan Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub bo‗lgan o‗rtacha baland va baland tog‗larni o‗z 
ichiga oladi.Bu tizmalar geologik tuzilishining xususiyatlari va eng yangi (neo)tektonik 
harakatlarning tabaqalashuvi ularning relyefining xilma-xilligiga sabab bo‗lgan.Ularda tog 
relyefining strukturaviy, denudatsion va akkumulyativ shakllari mavjud bo‗lgan turli xillari 
tarqalgan. 
Zarafshon va Hisor tizmalari relyefining xilma-xilligiga qaramasdan uning rivojlanishida 
muayyan qonuniyatlarni belgilash mumkin. Bu tizmalarda orografik shakllar bilan ularning 
strukturaviy – litologik xususiyatlari orasida mujassam o‗zaro bog‗liqlik kuzatiladi: yirik tektonik 
zonalarga relyefda tog‗ tizmalari, daryo vodiylarining botiqsimon kengayishi ko‗rinishida namoyon 
bo‗ladigan orografik elementlar to‗g‗ri keladi. Shuningdek, neotektonik harakatlar bilan bu tog‗li 
hududlardagi gumbazsimon terrasalarning shakllanishi, daryolarning chuqur va serostona uzanlari, 
terrasalar bo‗ylama profillari va denudatsion yuzalar shakllarining buzilishi ham bog‗liq. 
Serqoyali, kuchli parchalangan, yonbag‗irlari tik, o‗tkir cho‗qqilar ko‗p bo‗lgan 
Zarafshon tizmasi O‗zbekiston doirasida Qashqadaryo va Zarafshon havzalarini bir – biridan ajratib 
turadi. Qashqadaryo havzasini o‗rab turgan Chaqilkalon tog‘lari va Qoratepa tog‘lari bo‗lib, ular 
balandligi 1630 m bo‗lgan Taxtiqoracha dovonida tutashadi. Chaqilkalon va Qoratepa tog‗lari 
paleozoy yotqiziqlarida vujudga kelgan relyefga ega bo‗lgan va kuchli parchalangan o‗rtacha 
balandlikdagi tog‗lar bo‗lib, ularda parchalanish chuqurligi 600 m gacha yetadi. Bu ko‗rsatkich 
o‗rtacha ko‗rsatkich bo‗lib, M. Abdujabborov ma‗lumotlariga (1986) ko‗ra vertikal 
parchalanishning chuqurligi Qoratepa tog‗larining g‗arbida 300 m, sharqiy qismida 600 – 700 m, 
Chaqilkalon tog‗larida 700 – 1100 m ni tashkil etadi.
Chaqilkalon tog‗larining Qashqadaryo havzasi doirasidagi janubiy yonbag‗irlari tik bo‗lib, 
yuqori paleozoyning ohaktosh, giltosh, slanets va ular orasiga kirib turadigan magmatik jinslardan 
tashkil topgan. O‗rtacha balandligi 1800 – 2000 m bo‗lgan Chaqilkalon tog‗larining eng baland 
Zebon tog‘idir (2836 m). 
Zarafshon tizmasining Taxtiqoracha dovonidan g‗arbda Zarafshon va Qashqadaryo 
vodiylarini tutashtirib turuvchi Jom yo‗lagigacha bo‗lgan qismini o‗rtacha balandligi 1000 – 2000 
m bo‗lgan Qoratepa tog‗lari hosil qiladi. Bu tog‗larning eng baland nuqtasi Kamquton tog‘idir 
(2196 m). Qoratepa tog‗larining yonbag‗irlari parchalangan va tik bo‗lgan holda, ustki qismi 
platoga o‗xshash to‗lqinsimon tekislik relefiga ega. Bu yassi yuzalar uchun relyefda eol 
shakllarining keng tarqalganligi xosdir.


20 
Qoratepa tog‗lari ham paleozoy erasining intruziv jinslari va ohaktoshlaridan tuzilgan. 
Devon davrining ohaktoshlarida relyefning karst shakllari, jumladan g‗orlar ancha keng tarqalgan. 
Umumiy uzunligi 400 m dan ortiqroq bo‗lgan Temir g‘ori ular orasida eng uzuni va kattasidir. 
Zarafshon tizmasining Jom botig‗idan g‗arbdagi eng chekka qismini Ziyovuddin – Zirabuloq 

Download 15.19 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   112




Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-4-Mavzu. QASHQADARYO VILOYATINING OROGRAFIYASI VA RELYEFI

Download 15.19 Mb.
Pdf ko'rish