"Экономика и социум" №3(94)-1 2022 www.iupr.ru




Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana22.09.2023
Hajmi2.81 Mb.
#83582
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
qashqadaryo-viloyati-landshaftining-shakllanishida-tabiiy-komponentlar-tog-jinslari-va-relyefning-o-rni
kafedra protocol -majmua, mexanika, mexanika (2), SUYUQLIKLARNING ICHKI ISHQALANISHKOEFFITSIYENTINI (QOVUSHOQLIGINI) KAPILLYARVISKOZIMETR VA VK-4 VISKOZIMETRI VOSITASI BILAN ANIQLASH., Gigiyena va sanitariya tekshirishlar texnikasi (S.Esonturdiyev, M.Qarshiboyeva), Bolalar gigenasi, 1-qavat talabalari, 1-Tajriba ishi, 10 Son belgili proeksiyalarda tekislikni topografik sirt bilan kesishuvi, 1-amaliy mashg`ulot, 3-amaliy m, 4-amaliy optik tolada signalni so’nishini hisoblash, 1-mavzu, 5-mavzu, 14 маруза
"Экономика и социум" №3(94)-1 2022 www.iupr.ru
 
57 
boshqa jinslardan tashkil topgan. Landshafti cho’lga xos bo’lgan landshaftdan 
iborat. Tekislik hududining antropogen ta’sirga uchrashi cho’l landshaftini 
o’zgartirgan. Asosan bir paytlar cho’l hududdagi bu dashtlar ekin maydoni 
sifatida qariyb ellik yildan ortiq xizmat qilib kelayotgan bo’lsada, ba’zi 
joylarning landshafti muqaddam bo’lgan landshaftga yaqin ko’rinishga kelib 
qolmoqda. Buning boisi esa inson tomonidan olib borilgan bir yoqlama qarash 
va noto’g’ri foydalanish ka’bilar hisoblanadi. 
Qarshi cho‘lining shimoli - g‘arbidagi Sho‘rsoy doirasidagi qirlar 
boshqacharoq sajiyaga ega. Bu qirlarning nisbiy va mutlaq balandligi uncha 
katta emas, relyefi qiya to‘lqinsimon, yonbag‘irlar tikligi 5 – 6
0
. Bu qirlarda 
eroziya jarayonlari yaqqol ifodalanmagan, deflyatsiya jarayonlari ancha kuchli 
kechadi. 
Platosimon relyef shakllarini vujudga kelishi yotiq holda mavjud bo‘lgan 
ohaktosh, qumtosh, konglomeratlarning eroziyaga berilishiga bog‘liq. 
Qarshi cho‘lining janubi – sharqiy qismi Nishon cho‘li bilan band. Bu 
cho‘lning yuza tuzilishi uchun tekisliklar va ular orasidagi platosimon 
balandliklar xos. Platosimon qirlar orasida eng balandlari Do‘ltalitov, va 
Qoraqirdir. Qoraqirning yuzasi suv eroziyasi tufayli kuchli parchalangan va 
uning jarlar bilan kuchli parchalangan qismini sharqda Saksondara hosil qiladi.
Qarshi cho‘lining janubi – g‘arbida Sandiqli cho‘li joylashgan. Bu qumli 
cho‘lning yuzasi qator – qator qum tepalari va marzalardan iborat. Bundan 
tashqari, bu yerda ko‘chma qumlar va taqirlar ham uchraydi.
Lyossli jinslar bilan qoplangan yassi yuzalar qumtepa marjonlari katta – 
katta ko‘chma qumli massivlar bilan almashinib turishi ham Qarshi cho‘li relyefi 
uchun xos bo‘lgan asosiy xususiyatlardir. Ko‘pgina hollarda xilma – xil relyef 
tiplari o‘zaro tutash yoki bir – biri bilan aralash holda tarqalgan. Qumli yuzalar 
orasida Xo‘jamuborak, Oqqum, Deyqum, Shokircha, Gulbodom, Suxta, Pomuq, 
Chodirliqum, Darvozaqum yirikroq qumli maydonlardir. Tekislikning chekka 
g‘arbiy qismi ham buzuvchi (deflyatsiya), ham vujudga keltiruvchi (eol 
akkumlyutsiyasi) kuchga ega bo‘lgan eol jarayonlari ustuvorlik qiladigan 
maydonlardir. Taqir hamda sho‘rxoq hosil bo‘lishi jarayonlari uncha katta 
ahamiyatga ega emas.
O‘zlashtirilayotgan va sug‘orilayotgan hududlarda relyef hosil qiluvchi 
jarayonlarning sajiyasi ham o‘zgargan. Ariqlar va kanallar hamda zovurlar 
yaqinidagi 
maydonlarda 
jarlarning 
rivojlanish 
jarayonlari 
sug‘orish 
eroziyasining faolligi bilan bevosita bog‘liq. Sug‘oriladigan maydonlarda 
sug‘orish eroziyasi, qayta sho‘rlanish botqoqlanish, shamol eroziyasi kabi 
dehqonchilik nomaqbul jarayonlarning kuchayotganligi kuzatilmoqda. Tekislik 
relyefida o‘tmish tarixiy davrlarda inson tomonidan barpo etilgan tepaliklarning 
tez – tez uchrashi ham relyefning muhim belgilaridandir. Landshaftlarga bu 
tahlit o’zgarishlarning qilinishi o’z “natijasi”ni bermoqda. Geologik 
yotqiziqlarning nurash, eroziya, deflyatsiya ka’bi ta’sirida parchalanishi
tashilishi va yotqizilishi geomorfologik ko’rinishda aks etgan. Bu jarayon esa 



Download 2.81 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



"Экономика и социум" №3(94)-1 2022 www.iupr.ru

Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish