• "Экономика и социум" №3(94)-1 2022 www.iupr.ru
  • Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida




    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/7
    Sana22.09.2023
    Hajmi2.81 Mb.
    #83582
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    qashqadaryo-viloyati-landshaftining-shakllanishida-tabiiy-komponentlar-tog-jinslari-va-relyefning-o-rni
    kafedra protocol -majmua, mexanika, mexanika (2), SUYUQLIKLARNING ICHKI ISHQALANISHKOEFFITSIYENTINI (QOVUSHOQLIGINI) KAPILLYARVISKOZIMETR VA VK-4 VISKOZIMETRI VOSITASI BILAN ANIQLASH., Gigiyena va sanitariya tekshirishlar texnikasi (S.Esonturdiyev, M.Qarshiboyeva), Bolalar gigenasi, 1-qavat talabalari, 1-Tajriba ishi, 10 Son belgili proeksiyalarda tekislikni topografik sirt bilan kesishuvi, 1-amaliy mashg`ulot, 3-amaliy m, 4-amaliy optik tolada signalni so’nishini hisoblash, 1-mavzu, 5-mavzu, 14 маруза
    Asosiy qism. Qashqadaryo viloyati hududining katta qismi Qashqadaryo 
    tektonik botig‘ida joylashgan hududdir, botiq Oloy – Hisor tog‘ tizimining 
    sharqiy tizmalarini hosil qiladigan Zarafshon va Hisor tog‘ tizmalariga mansub 
    tog‘lar bilan o‘ralgan. Genetik jihatdan janubiy Tyanshan tog’liklaridan biri 
    Hisor Qashqadaryo tektonik botig‘i g‘arbda ochiq yarim halqasimon shaklda 
    Qarshi, Nishon, Malik, Qarnob ka’bi cho‘llari bilan tutashgan. Havzani 
    o’rgangan olimlardan geomorfologik jihatdan O.Y.Poslavskaya (1959) uchta 
    asosiy mintaqaga ajratadi:
    1) tog‘, 2) tog‘ oldi va past tog’lar, 3) tekislik mintaqasi
    Olima tog’ mintaqasi sifatida Zarafshon va Hisor tizmalariga mansub 
    bo‘lgan o‘rtacha baland va baland tog‘larni o‘z ichiga olgan tog’liklarni kiritgan. 
    Bu tizmalar geologik tuzilishining xususiyatlari va neotektonik harakatlarning 
    tabaqalashuvi ularning relyefining xilma-xilligiga sabab bo‘lgan. Relyefining 
    strukturaviy, denudatsion va akkumulyativ shakllari mavjud bo‘lgan turli xillari 
    tarqalgan. Ushbu tog’larda parchalanish chuqurligi o’rtacha 600 m gacha yetadi. 
    M. Abdujabborov ma‘lumotlariga ko‘ra vertikal parchalanishning chuqurligi 


    "Экономика и социум" №3(94)-1 2022 www.iupr.ru
     
    55 
    Qoratepa tog‘larining g‘arbida 300 m, sharqiy qismida 600 – 700 m, 
    Chaqilkalon tog‘larida 700 – 1100 m ni tashkil etadi. Zarafshon tizmasining Jom 
    botig‘idan g‘arbdagi eng chekka qismini Ziyovuddin – Zirabuloq tog‘lari hosil 
    qiladi. Bu tog‘lardagi Zindontog‘ (1116 m) eng baland tog‘dir. Ziyovuddin – 
    Zirabuloq tog‘lari past tog‘lar toifasiga mansub bo‘lib, vertikal parchalanish 
    chuqurligi Ziyovuddin tog‘larida 100 – 200 m, Zirabuloq tog‘larida esa 150 - 
    300 m (Abdujabborov, 1986). 
    Hisor tizmasi O‘zbekiston hududidagi eng baland tog‘ tizmasi bo‘lib, 
    undagi ko‘pgina cho‘qqilarning balandligi 4000 m dan ortadi. Tizma 
    Qashqadaryo havzasi doirasida Sumsar – Shertog‘ (2500 – 2800 m), 
    Hazratisulton (4000 m), Yakkabog’ - Osmontarosh, Beshnov, Eshakmaydon, 
    Xontaxti, Toytalash, Kurek, Maydonoq, G‘uzor va Boysun tog‘larining 
    tarmoqlaridan iborat. Vertikal parchalanish o‘rtacha chuqurligi uning g‘arbiy 
    qismidagi tog‘larda 600 m ga, sharqiy qismidagi tog‘larda esa 1200 m ga yetishi 
    mumkin. 
    Paleogen va neogen davrlarining tog‘ jinslari ohaktoshlar, dolomitlar, gips 
    va qumli – gilli konglometratlar, shag‘alltoshlar va lyossdan tashkil topgan. 
    Baland va o‘rtacha baland tog‘larda burmaga nisbatan ko‘ndalang cho‘zilgan 
    vodiylarning ko‘pligi ko‘zga tashlanadi. Bunday holat ayniqsa tog‘li 
    mintaqaning janubi – sharqida yaqqol ifodalangan bo‘lib, G‘uzordaryo, 
    Langardaryo, Qizilsuv, Tanxozdaryoning vodiylarini hosil qiladi. Burmaga 
    nisbatan ko‘ndalang bo‘lgan vodiylarning vujudga kelishini O.Y.Poslavskaya 
    daryolarning antitsedentligi, ayrim hollarda esa epigenetik joylashuvi bilan 
    izohlaydi. 
    Qashqadaryo havzasining relyef hosil qiluvchi jarayonlari orasida 
    fizikaviy nurash jarayonlari muhim o‘rin tutadi. Bu jarayonlarning intensiv 
    namoyon bo‘lishining izlari barcha joylarda kuzatiladi. Landshaftlarning esa 
    rivojlanishi doimo bir biri bilan chambarchas bog’liq komponentlar va ularni 
    shakllantiruvchi omillarga bog’liq. Landshaftning dinamikasi tushunchasiga 
    A.A.Krauklis qisqacha qilib quyidagi ta`rif beradi: dinamika - bu ichki va tashqi 
    kuchlar ta`sirida landshaft holatining o`zgarishidir deb ta’kidlagan edi. G.D. 
    Rixter esa tabiiy jarayonlarning dinamikasi deb faqat jarayonlar jadalligining 
    fasllarda o`zgarishini tushunadi. Bunday o`zgarishlar asosan havo harorati 
    yog`in-sochin va bug`lanishning yil davomida o`zgarishi bilan bog`liqdir. Lekin 
    bu qaysidir tomonlama bir yoqlama fikrlilikni keltirib chiqaradi. 
    Masalan adirlar lyoss va lyossimon jinslar bilan qoplangan, yuzasi 
    tekislangan yassi tepa marjonlardir. Lyoss qoplamining qalinligi sharqda 2 – 5 m 
    dan g‘arbda 10 – 15 m gacha etadi. Adirlarning zamini har xil kattalikdagi tosh 
    bo‘laklari, shag‘al va qum aralashmasi – konglomeratdan tashkil topgan. Bu esa 
    nurashning tog’ mintaqasidan boshlangan migratsiyasini davomi sifatida adir 
    mintaqasida 
    namoyon 
    bo’lishini 
    anglatadi. 
    Landshaft 
    dinamikasi 
    tushunchasining shunga yaqin izohini biz V.V.Sochavaning geotizimlar va 
    ularning dinamikasi kitobida ham uchratamiz. Uning fikricha geotizimning 



    Download 2.81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qashqadaryo viloyati landshaftining shakllanishida

    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish