|
Bozor iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog`liqliligiBog'liq ayollar kiyimini tikish 16- Мактаб фан олимпиадаси баённомаси, Chizmachilik. Geometrik va proyeksion chizmachilik (M.Xalimov) 3 Bozor iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog`liqliligi
Oʻzbekiston mustaqillikni qoʻlga kiritgandan soʻng hunarmandchilik rivojida yangi davr
boshlandi, xalq hunarmandchiligi bozor qoidalari zamirida qaytadan tiklandi.
Oʻzbekistonda mahalliy sanoat korxonalarining birinchilar qatori xususiylashtirilishi
natijasida mayda davlat korxonalari hunar-mandlarning xususiy korxonalariga
aylantirildi, yangi hunarmandchilik korxonalari ochildi. Hunarmandchilik faqat ichki
bozorga emas, balki eksportga ham ishlay boshladi. Hunarmandchilikning tashkiliy
shakli ham oʻzgardi: kichik oilaviy korxona, yakka tartibdagi mehnat faoliyati shaklida
rivojlana bordi. 1995 yil 24—25 oktabrda Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy
vakolatxonasi bilan amaliy hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari 1-
Respublika yarmarkasi oʻtkazildi. 1997 yilda respublika xalq amaliy sanʼati va
hunarmandlari ustalarining "Usto" ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil topdi.
Respublika birinchi Prezidenti 1997 yil 31 martidagi "Xalq badiiy hunarmandchiligi va
amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-
tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmoni va boshqa tadbirlar Oʻzbekistonda hunarmandchilikning
tiklanishi va yanada rivojlanishida, uning unutilgan baʼzi turlarini qayta tiklashda muhim
ahamiyatga ega boʻldi. Hunarmandlar dastlab Oʻzbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar
palatasiga, soʻngra Savdo-sanoat palatasiga kirdilar. Ular maxsus tashkilot —
"Hunarmand" Respublika uyushmasiga birlashtirildi. Hunarmandchilik subʼyektlari
Oʻzbekistonda tadbirkorlar, hunarmandlar va fermer xoʻjaliklarining har yili
oʻtkaziladigan "Tashabbus" respublika koʻrik tanlovlari bo`lib kelmoqda hunarmanlar bu
tanlovlarda ishtirok etadilar.
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar
1. “Ayollar kiyim tikish tehnologiyasi” fani mazmuni, fanni boshqa fanlar bilan
bog`liqliligini tushintirib bering ?
2. Yuqori sifatli ommaviy va yakka tartibdagi tikuvchilik mahslotlarini tikishni
joriy etish tushuntiring ?
3. Bozor iqtisodiyoti va milliy hunarmandchilikka uzviy bog`liqliligi tushuntiring ?
|
| |