• Zamonaviy o‘qituvchi faoliyatining mazmuni.
  • Individual rivojlanish dasturi va uning tarkibiy elementlari




    Download 352 Kb.
    bet8/25
    Sana24.12.2022
    Hajmi352 Kb.
    #36899
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
    Bog'liq
    CKVsaDs2BfJ5G7NHibWU4vsV0QkwYq1GlUPimVzN
    Shaxtali pechlar jasur akaga, TEST FALSAFA, 3-amaliy, 3-BT guruh Ona tili, tarjima turt, GUMANITAR INSITUT USTI, 651d9507a202b, Статья СКОПУС Мелибаев И, 1 - 2 Lab, Сабақты жобаластырыу хам оқытыушының сабаққа тайарлығы, 2.10. ozbek tili fonetikasi , HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI oquv qollanma, 3 мавзу test 18 talik, Bozor iqtisodiyoti va manaviyat
    3. Individual rivojlanish dasturi va uning tarkibiy elementlari.
    4. Butun hayot davomida ta’lim olish g‘oyasi (lifelong learning).
    Tayanch tushunchalar: Zamonaviy o‘qituvchi, ta'lim, islohot, modernizatsiya, faoliyat, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, Individual rivojlantirish dasturi, pedagogning individual rivojlanish dasturi, o‘z-o‘zini rivojlantirish, pedagogning o‘z ustida ishlashi, pedagogning o‘z ustida ishlash bosqichlari, o‘z-o‘zini baholash, hayot davomida ta’lim olish.
    Zamonaviy o‘qituvchi faoliyatining mazmuni.
    2021 yilning 25 yanvar kuni Prezidentimiz tomonidan imzolangan “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror pedagog xodimlarning malakasini oshirishda yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.
    Qarorga muvofiq, endi o‘qituvchilar malakasini oshirishda tabaqalashgan dasturlar asosida o‘qitish tizimi joriy etiladi. Bunda xodimlar malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, psixologik tayyorgarligi, ish tajribasiga qarab tabaqalashgan holda o‘qitiladi.
    Xo‘sh, xodimlar salohiyatini oshirishda bu tizim nima beradi? Malaka oshirishda tabaqalishtirishning afzalligi shundaki, ish tajribasi va malakasi yuksak xodim bilan endigina sohaga kirib kelayotgan xodim bir dasturni tengma-teng o‘zlashtirolmasligi mumkin. Tajribali xodim uchun ba’zi darslar zerikarli tuyulishi tabiiy. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, tabaqalashgan ta’lim tizimi xalq ta’limi muassasalari har bir xodimining malakasini oshirishda foyda beradi.
    Shuningdek, an’anaviy malaka oshirish jarayonida kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan birgalikda olib boriladigan, masofaviy turlari ham joriy etiladi. Ya’ni, har bir xodim uchun amaliyot va nazariyani birgalikda olib borish, vaqtini, ta’bir joiz bo‘lsa, naqdini tejash imkoniyatini yaratadi.
    O‘qituvchilarga malaka toifasini berish va saqlab qolish, ularni attestatsiyadan o‘tkazish masalalari yil davomida amalga oshiriladi.
    Ilgari xalq ta’limi muassasalari xodimlari 5 yilda bir marotaba malaka oshirgan bo‘lsa, endi ular qarorda belgilangan talablarga ko‘ra, uzluksiz tarzda malakasini oshirib boradi. Qolaversa, “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali xodimlarning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasi tuziladi. O‘qituvchilarning elektron portfoliyasi shakllantirilib, ularga kasbiy rivojlanish trayektoriyasi, natijalari va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritib boriladi.

    Download 352 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




    Download 352 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Individual rivojlanish dasturi va uning tarkibiy elementlari

    Download 352 Kb.