Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash  
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakteristikalarini, xulqining 
xususiyatlarini o‘lchash orqali foydalanuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon 
beruvchi biometrik autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga nisbatan quyidagi 
afzalliklarga ega:
-biometrik alomatlarning noyobligi tufayli autentifikatsiyalashning ishonchlilik darajasi 
yuqori;
- biometrik alomatlarning sog‘lom shaxsdan ajratib 
bo‘lmasligi; - biometrik alomatlarni soxtalashtirishning 
qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan biometrik algoritmlar 
quyidagilar: barmoq izlari;
• 
qo‘l panjasining geometrik shakli;
• 
yuzning shakli va o‘lchamlari; ovoz xususiyatlari;
ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
Iste’molchi nuqtai nazaridan biometrik autenfikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr 
orqali xarakterlanadi:
• 
xatolik inkorlar koeffitsiyenti FRR (false-reject rate);
xatolik tasdiqlar koeffitsiyenti FAR (false-alarm rate).
Xatolik inkor tizim qonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlamaganda paydo bo‘ladi 
(odatda FRR qiymati taxminan 100 dan birni tashkil etadi). Xatolik tasdiq tizim 
noqonuniy foydalanuvchi shaxsini tasdiqlaganida paydo bo‘ladi (odatda FAP qiymati 
taxminan 10000 dan birni tashkil etadi).
Bu ikkala koeffitsiyent bir biri bilan bog‘liq: xatolik inkor koeffitsiyentining har biriga 
ma’lum xatolik tasdiq koeffitsiyenti mos keladi. Mukammal biometrik tizimda ikkala 
xatolikning ikkala parametri nulga teng bo‘lishi shart. Afsuski, biometrik tizim ideal 
emas, shu sababli nimanidur qurbon qilishga to‘g‘ri keladi. Odatda tizimli parametrlar 
shunday sozlanadiki, mos xatolik inkorlar koeffitsiyentini aniqlovchi xatolik 
tasdiqlarning istalgan koeffitsiyentiga erishiladi.

Download 5,02 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish