• Internet tarmog’i xizmatlari va ulardan foydalanish.
  • Internet provayderlari va ularning vazifalari




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet119/161
    Sana24.01.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #144822
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

    Internet provayderlari va ularning vazifalari. Internet provayder – Internet 
    tarmog’i 
    xizmatlarini 
    taqdim 
    etuvchi 
    tashkilotdir. 
    Hozirgi 
    kunda 
    Internet 
    prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga ulanish va ulanish kanallarini taqdim 
    etuvchi provayder va Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder. 
    Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar tomonidan www, elektron 
    pochta, xosting (veb resurslarni joylashtirish) kabi Internet xizmatlari ko’rsatilmoqda. 
    Internetga ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompьyuterlarga beriladigan manzillar 
    (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan oraliqdan tanlab olinadi. 
    Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega bo’lmagan kompьyuterlar mahalliy 
    tarmoqlar uchun zahiralangan oraliqdagi manzillarga ega bo’lishi va mahalliy tarmoq 
    kompьyuterlar bilan ishlashi mumkin: 
    192.168.0.1 - 192.168.255.255 
    172.16.0.1 - 172.16.255.255 
    10.0.0.1 - 10.255.255.255 
    Xozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari xizmat 
    ko’rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, Cron 
    Telecom va boshqalar. 
    Internet tarmog’i xizmatlari va ulardan foydalanish. Internet tarmog’i 
    abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim etiluvchi funktsional imkoniyatlar 
    quyidagilar: veb-xujjatlarni o’qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish
    muloqatda bo’lish, tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar 
    uchun quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, 
    tashkiliy va axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish. 
    Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi kompьyuterlarga 
    uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan 
    foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni 
    joylashtirish va ularni qayta ko’chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan 
    suhbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do’stlar bilan 
    suhbatlashishda telefon aloqasi o’rnini bosmoqda. Buning uchun internetga bog’langan 
    kompьyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo’lishi kifoya. 



    Download 5,02 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Internet provayderlari va ularning vazifalari

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish