Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/161
Sana24.01.2024
Hajmi5,02 Mb.
#144822
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161
Bog'liq
Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

Internetga bog’lanish. Internet tarmog’iga ulanish ajratilgan aloqa kanali (optik 
tola, sun’iy yo’ldosh aloqasi, radiokanal, ajratilgan kommutatsiyalanmaydigan telefon 
liniyasi) bo’yicha doimiy ulanish, shuningdek kommutatsiyalanadigan, ya’ni uzib-
ulanadigan ulanish (Dial-ur access, Dial-ur) ko’rinishida amalga oshiriladi. 
Internet tarmog’iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari 
yordamida ulanish mumkin. Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem 
qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu 
dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans 
tugatgandan so’ng telefon tarmog’i bo’shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi 
foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug’i 
shundaki, ular Internetga to’g’ridan to’g’ri ulanishga imkon beradi. 
Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo’yicha Internetga bog’lanish Internet 
xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o’rtasida amalga oshiriladi. Bunda 
foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga 
to’g’ridan-to’g’ri ulanadi. 


Internet tarmog’iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish 
mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet 
tarmog’iga simsiz ulanish kompьyuter orqali yoki mobil telefonning o’zida amalga 
oshiriladi. Agar kompьyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo’lsa, u holda 
kompьyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki 
provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon 
apparati zarur.
Agar mobil telefonning o’zida turib Internetga bog’lanish yoki undan foydalanish 
kerak bo’lsa, u holda Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil operatorning mijozi 
bo’lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo’lishi talab qilinadi. Mobil aloqa 
vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz 
foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlarni va ma’lumotlarni 
uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   161




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish