23-Mavzu: Internet. Elektron pochta, mijoz dasturiy ta’minoti.
Reja:
1. Internet tarmog’ining asosiy tushunchalari
.
2. Internetda axborot qidiruv tizimlari.
3. Internet tarmog’i resurslari
Internet tushunchasi. Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko’rsatuvchi
jahon global kompyuter tarmog’idir. Uning
nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni
“International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks”
«tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompьyuter tarmoqlarni
birlashtiruvchi axborot tizimi bo’lib, o’zining alohida axborot maydoniga ega bo’lgan
virtual to’plamdan tashkil topadi.
Internet tarmoqg’i, unga ulangan barcha kompьyuterlarning o’zaro ma’lumotlar
almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog’ining har bir mijozi o’zining
shaxsiy kompьyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot uzatishi mumkin.
Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko’rib chiqish, Nьyu-
Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko’rgazmasiga qo’yilgan
suratlar bilan
tanishish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, bank muomalalarini amalga oshirishi va
hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat qiluvchi Internet tarmog’i mijozlari bilan shaxmat
o’ynash mumkin.