har bir kompьyuter o’z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi
istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.
Internet tarmog’ining tuzilishi. Internet o’z - o’zini
shakllantiruvchi va
boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgan:
− texnik;
− dasturiy;
− axborot.
Internet tarmog’ining texnik ta’minoti
har xil turdagi kompьyuterlar, aloqa
kanallari (telefon, sun’iy yo’ldosh, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari)
hamda tarmoqning texnik vositalari majmuidan tashkil topgan.
Internet tarmog’ining dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqka ulangan xilma-
xil kompьyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda)
ishlashni ta’minlovchi dasturlar.
Internet tarmog’ining axborot ta’minoti Internet tarmog’ida mavjud bo’lgan turli
elektron
hujjatlar, grafik rasm,
audio yozuv, video tasvir,
veb-sayt va hokazo
ko’rinishdagi axborotlar majmuasidan tashkil topgan.
Internetning ikkita asosiy vazifasi bo’lib, buning birinchisi axborot makoni bo’lsa,
ikkinchisi esa kommunikatsion vositasidir.