− Reklama saytlari. Bu turdagi saytlarga asosan
reklama agentliklari va
reklamalarni joriy qilish saytlari kiradi.
− Tijorat saytlari. Bu turdagi saytlarga internet do’konlar, internet to’lov tizimlari
va internet konvertatsiya tizimlari saytlari kiradi, masalan: websum.uz,
webmoney.ru, egold.com
− Ko’ngilochar saytlar. Bu turdagi saytlarga kompьyuter o’yinlariga,
fotogalereyalarga, sayohat va turizmga,
musiqa va kinonamoyishlarga
bag’ishlangan saytlarni kiritish mumkin, masalan: mp3.uz, melody.uz,
cinema.uz
− Ijtimoiy tarmoqlar saytlari. Bu turdagi saytlarga tanishish, do’stlarni
qidirish,
anketalarni joylashtirish va o’zaro muloqot o’rnatishga bag’ishlangan saytlarni
kiritish mumkin, masalan: sinfdosh.uz, id.uz, odnoklassniki.ru
− Korxona va tashkilotlar saytlari. Bu turdagi saytlarga davlat korxonalari,
xo’jalik va boshqaruv organlari saytlari kiritiladi.
Internetga resurslarni joylashtirish va ko’chirib olish. Axborotni serverga
joylashtirish bir necha usullarda amalga oshiriladi.
Masalan Plesk tizimi, FTP klient
dasturlari yoki veb interfeys orqali resurslarni internetga joylashtirish mumkin. Bunda
barcha yuklanayotgan ma’lumotlar server kompьyuter xotirasidagi
ajratilgan joyga
joylashtiriladi. Biror ma’lumotni internetdagi biror kompьyuterga joylashtirish uchun
foydalanuvchi albatta shu tizimda qayd qilingan bo’lishi shart, aks holda yuklashga
ruxsat berilmaydi.
Ma’lumotlarni yuklab olish veb interfeys orqali yoki
maxsus dasturlar orqali
amalga oshiriladi. Bunda ko’rilgan veb saytdagi ma’lumotlarni Internet brouzerning
saqlash amali yordamida yuklab olish mumkin. Agar fayl ko’rinishidagi ma’lumotlarni
yuklab olish kerak bo’lsa, u holda fayllarni yuklab olishga mo’ljallangan maxsus
dasturlardan foydalaniladi.