1. axborot makoni;
2. internet kanalining o’tkazish qobiliyati (kengligi);
3. fayllarni boshqarish usullari;
4. standart skriptlar to’plami;
5. server tomonida dasturlash mumkinligi;
6. serverda ma’lumotlar bazalaridan foydalanish;
7. bir yoki bir necha pochta qutilarini tashkil etish;
8. uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash.
Proksi xizmati, anonim proksilar va ularning vazifalari, ijobiy va salbiy
tomonlari. Proksi kompьyuter tarmog’i xizmatidir.
Bunda proksi xizmati orqali
kompьyuter tarmoqlari mijozlariga boshqa tarmoq xizmatlaridan bevosita foydalanish
imkoni beriladi. Mijoz avval proksi serverga ulanadi
va u orqali boshqa serverda
joylashgan biron bir resursga murojaat qiladi. Bunga misol tariqasida shuni keltirish
mumkinki, ko’pgina hollarda kompyuter tarmoqlaridagi
bir guruh foydalanuvchilar
yagona internetga ulangan kompyuter orqali kompьyuter xizmatlaridan foydalanishadi.
Ba’zi hollarda mijoz so’rovi yoki server javobi proksi server tomonidan muayyan
maqsadlarda o’zgartirilishi yoki to’xtatilishi mumkin. Proksi server shuningdek mijoz
kompьyuterini ba’zi tarmoq hujumlaridan ximoyalashga imkon beradi.
Anonim proksi serverlar (Anonymous Proxy Servers).
Anonim proksi serverlar
ba’zi manzillarni berkitish yoki biror hujjatlarni olishda o’zini oshkor qilmaslik imkonini
beradi.