• Internet konferentsiyalar.
  • Yuklash va ko’chirib olish(upload, download) tushunchalari




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet122/161
    Sana24.01.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #144822
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   161
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

    Yuklash va ko’chirib olish(upload, download) tushunchalari. Internet 
    tarmog’ida ma’lumotlar bilan ishlash vaqtida “Upload” va “Download” tushunchalariga 
    juda ko’p duch kelinadi. Ushbu teminlarga quyidagi tushunchalarni keltirish mumkin: 
    Upload yuklab qo’yish. Ma’lumotlarni (fayllarni) kompьyuterdan tarmoqdagi yoki 
    Internetdagi boshqa kompьyuterga yoki serverga yuklab qo’yish. 
    Download yuklab olish. Ma’lumotlarni (odatda faylni) tarmoqdagi yoki 
    Internetdagi boshqa kompьyuterlar va serverlardan o’z kompьyuteriga yuklab olish. 
    Internet konferentsiyalar. Internet konferentsiyalar – bu muayyan muammoni hal 
    qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog’i orqali konferents aloqasi 
    yordamida o’zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan 
    foydalanish huquqiga ega bo’lgan shaxslar doirasi cheklangan bo’ladi. Kompьyuter 
    konferentsiyasi ishtirokchilari soni audio– va videokonferentsiyalar ishtirokchilari 
    sonidan ancha ko’p bo’lishi mumkin. Adabiyotlarda telekonferentsiya atamasini ko’p 
    uchratish mumkin. Telekonferentsiya o’z ichiga konferentsiyalarning uch turini: audio, 
    video va kompьyuter konferentsiyalarini oladi.
    Audiokonferentsiyalar. Ular tashkilot yoki firmaning hududiy jihatdan uzoqda 
    joylashgan xodimlari yoki bo’linmalari o’rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish 
    uchun audioaloqadan foydalanadi. Audiokonferentsiyalarni o’tkazishning eng oddiy 
    texnika vositasi so’zlashuvda ikkitadan ko’p ishtirokchi qatnashuvini ta’minlaydigan 


    qo’shimcha 
    qurilmalar 
    bilan 
    jihozlangan 
    telefon 
    aloqasi 
    hisoblanadi. 
    Audiokonferentsiyalarni tashkil etish kompьyuter bo’lishini talab etmaydi, faqatgina
    uning ishtirokchilari o’rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko’zda 
    tutadi. Audiokonferentsiyalardan foydalanish qarorlar qabul qilish jarayonini 
    yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
    Videokonferentsiyalar. Ular ham audiokonferentsiyalar qanday maqsadlarga 
    mo’ljallangan bo’lsa, shunday maqsadlarga mo’ljallangan, lekin bunda videoapparatura 
    qo’llaniladi. Ularni o’tkazish ham kompьyuter bo’lishini talab etadi. Videokonferentsiya 
    jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo’lgan uning ishtirokchilari televizor 
    ekranida o’zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko’rib turadilar. Televizion tasvir bilan bir 
    vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. Videokonferentsiyalar transport va xizmat safari 
    harajatlarini ancha qisqartirish imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar 
    ularni faqat shu sabablarga ko’ra qo’llamaydilar. Bu firmalar bunday konferentsiyalarda 
    muammoni hal qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko’p sonli 
    menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko’radilar. 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   161




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuklash va ko’chirib olish(upload, download) tushunchalari

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish