|
Veb-sahifa tushunchasi va shakli Pdf ko'rish
|
bet | 123/161 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 5,02 Mb. | | #144822 |
Bog'liq Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova PayzullaevnaVeb-sahifa tushunchasi va shakli. Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda
belgilanuvchi mantiqiy birlik. U veb-saytning tarkibiy qismidir. Veb sahifa biror voqelik,
xodisa yoki ob’ekt to’g’risida ma’lumotlarni o’zida jamlagan ma’lumotlar faylidir. Veb
serverlar bazasi veb saytlardan iborat bo’lsa, veb saytlar esa o’z navbatida sahifalardan
iborat bo’ladi. Fizik nuqtai nazardan u HTML turidagi fayldir. Veb sahifalar matn,
tasvirlar, animatsiya va dastur kodlari va boshqa elementlardan iborat bo’lishi mumkin.
Sahifa statik va dinamik shakllantirilgan bo’lishi mumkin. Freymlardan (qismlar) iborat
sahifalarda har bir freymga alohida sahifa mos keladi.
Veb-sayt tushunchasi va shakli. Inglizcha “site” (tarjimasi joy, joylashish)
so’zining o’zbekcha talaffuzi. Umumjaxon o’rgimchak to’ri ma’lum axborotni topish
mumkin bo’lgan va noyob URL manzillar bilan belgilangan virtual joy. Mazkur manzil
veb-saytning bosh sahifasi manzilini ko’rsatadi. O’z navbatida, bosh sahifada veb-
saytning boshqa sahifalari yoki boshqa saytlarga murojaatlari mavjud bo’ladi. Veb-sayt
sahifalari HTML, ASP, PHP, JSP, texnologiyalari yordamida yaratilib, matn, grafik,
dastur kodi va boshqa ma’lumotlardan tashkil topgan bo’lishi mumkin. Veb-saytni ochish
uchun brouzer dasturidan foydalanib uning manzil maydoniga kerakli veb saytning
manzili kiritiladi. Veb-sayt shaxsiy, tijorat, axborot va boshqa ko’rinishlarda bo’lishi
mumkin.
Veb portal tushunchasi. Veb portal (inglizcha “portal” – darvoza so’zidan
olingan) - bu Internet foydalanuvchisiga turli interaktiv xizmatlarni (pochta, izlash,
yangiliklar, forumlar va x.k) ko’rsatuvchi yirik veb-sayt. Portallar gorizontal (ko’p
mavzularni qamrovchi) va vertikal (ma’lum mavzuga bag’ishlangan, masalan avtomobil
portali, yangiliklar portali), xalqaro va mintaqaviy (masalan uznet yoki runetga tegishli
bo’lgan), shuningdek ommaviy va korporativ bo’lishi mumkin.
|
| |