• Shift
  • Topilsin
  • Kiritish
  • Darcha
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet77/161
    Sana24.01.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #144822
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalar asoslari Dildora Sayfiddinova Payzullaevna

    To‘g‘rilash menyusi 
    Ushbu menyu buyruqlari yordamida Siz quyidagi amallarni bajarishingiz mumkin: 
    • jadvallarning qismlaridan nusxa ko‘chirish, qirqib olish, kiritish (uskunalar 
    panelida bu buyruqlarga o‘xshash tugmalar bor). 
    Tozalansin buyrug‘i katakning ichidagilarni tozalash, bichimlarni tozalash, 
    hamma narsani tozalash, katak ilovalarini tozalash imkonini beradi. 


    chiqarib tashlansin buyrug‘i kataklar qatorlar yoki ustunlarni chiqarib tashlashni 
    taklif qiladi. Varaq chiqarib tashlansin buyrug‘i esa ish varag‘ini chiqarib tashlaydi. 
    • nusxa olinsin, ko‘chirilsin buyrug‘i kitobning ish varaqlaridan nusxa olish yoki 
    harakatlantirish imkonini beradi. bu buyruq tanlanganidan so‘ng ekranda darcha paydo 
    bo‘ladi: 
    bu darchani tegishli hoshiyalari (maydonlari) dan ko‘chirish (bir joydan ikkinchisiga) 
    yoki nusxa olish (nusxa yaratish) amallari, bu varaqni joriy yoki boshqa kitobga kiritish joyi 
    tanlanadi. Ish varag‘ini harakatlantirish uchun boshqa usullarni ham qo‘llash mumkin. 
    Buning uchun sichqonchaning ko‘rsatkichini varaqning yorliqchasiga o‘rnatish, 
    sichqonchaning tugmasini bosish va uni qo‘yib yubormay ko‘rsatkichni (demak u bilan 
    birga varaqni ham) yangi pozitsiyaga ko‘chirish kifoyadir. Agar bir nechta varaq 
    xarakatlantiriladigan bo‘lsa, ularni ajratish Shift (varaqlar bir chetdan ajratilgan holat uchun) 
    yoki Ctrl varaqlar (varaqlар tanlab ajratilgan holat uchun) tugmachasi bosib turilganda 
    amalga oshiriladi. Varaqlardan nusxa olish xuddi shundаy harakatlarning bajarilishini 
    ko‘zda tutadi, faqat ko‘chish Ctrl tugmachасi bosib turilganda bajariladi. Nusxa ko‘chirish 
    bajarib bo‘linganidan so‘ng nusxada u aslidan ajralib turishi uchun u qavs ichida (2) 
    qo‘yiladi. 
    Topilsin buyrug‘i jadvaldan nima hoshiyasida teriladigan ma‘lumotlarni izlab 
    topishga yoki ma‘lumotlarni almashtirishga imkon beradi. 
    • O‘tilsin  buyrug‘i – katakka berilgan manzil yoki nom bo‘yicha o‘tishni bildiradi. 
    18-rasm. 
    Ishchi kataklarga eslatmalar qo‘yish 
    Ish varag‘ining kataklariga bir so‘zdan, gap yoki tushuntirish matnidan iborat 
    bo‘lgan eslatmani qo‘shishi mumkin. Buning uchun: 
    • Eslatma uchun katak ajratish; 
    • Kiritish menyusidan Eslatma buyrug‘ini tanlash; 
    • paydo bo‘lgan ramkada eslatma matnini terish; 
    • sichqoncha bilan ramkaning tashqarisiga chertish zarur. 
    Bu harakatlardan keyin tanlangan katakning burchagi ko‘rinishga kiradi va agar 
    sichqonchaning ko‘rsatkichi shu katakka o‘rnatilsa, ekranga shu katak bilan yonma-yon 
    eslatmaning matni chiqadi. 


    Varaqlarni sohalarga bo‘lish 
    Darchaning sohalari ish varag‘ining bir nechta qismini bir vaqtda 
    ko‘chirib chiqishning boshqacha usulidir. Siz kitobning istalgan varag‘ini vertikaliga 
    yoki gorizontaliga bir vaqtning o‘zida bo‘lishingiz mumkin. Darchaning sohalari ish 
    varag‘ining turli qismlarini sinxron aylantirib ko‘rish imkonini taqdim etadi. Bo‘lishni 
    bajarish uchun Darcha menyusidan bo‘linsin buyrug‘ini olib tashlash buyrug‘idan 
    foydalanish mumkin. 

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   161




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish