Bu buyruq ustun kengligini o‘zgartirish, kenglikni avtomatik ravishda tanlash,
ustunni yashirish va aks ettirish, ustunni standart kengligini o‘rnatish imkonini beradi.
Ustunnnig kengligini boshqa usul bilan ham – sichqonchaning ko‘rsatkichini ustunlar
sarlovhasida katakning chegarasiga o‘rnatib va sichqonchaning tugmachasini qo‘yib
yubormay, ustunnnig chegarasini o‘zgartirib amalga oshirish mumkin.
Varaqni formatlash
Bu buyruq formatlashning quyidagi variantlarini taklif etadi:
A) Varaqni qayta nomlash.
B) Varaqni yashirish.
C) Yashirin varaqni aks ettirish
D) Varaqning qo‘yilishini o‘rnatish.
Varaqni qayta nomlash uchun bu varaqning yorliqchasini tanlash, menyudan buyruq
tanlash, klaviaturadan nomni terish va Enter tugmаchасini bosish zarur.
Bu harakatni
kitobning har bir ish varag‘i uchun bajarish afzalroqdir, chunki standart nomlar, ayniqsa,
kitobda varaqlar soni ko‘p bo‘lganda chalkashliklar unsurlarini kiritishlari mumkin.
Varaqni yashirish uchun shu varaqning yorliqchasini chertish va
yashirilsin buyrug‘ini
bajarish kifoyadir. Yashirilgan varaqni ko‘rsatish uchun aks ettirilsin buyrug‘ini bajarish
zarur. Paydo bo‘lgan darchadagi ro‘yxatdan yashirilgan varaqni tanlash va OK tugmasini
chertish kerak. Varaqning qo‘yilishini o‘zgartirish uchun ushbu buyruqni bajarish, paydo
bo‘lgan darchadan qo‘yilish rasmi bor faylni tanlash va
kiritilsin tugmasini chertish
zarur.
Avtobichim
Avtobichim buyrug‘ini ishlatib, siz jadvalni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan
vaqtni
tejashingiz mumkin. EXCELning avtomatik bichimlari – bu raqamli bichimning, shrift,
tekislash, ramkalar, bezak (naqsh), ustunning kengligi va qatorning oldindan belgilangan
qo‘shilishidir. Ushbu buyruq tanlanganidan so‘ng ekranda quyidagi darcha paydo
bo‘ladi.
16-rasm.
Darchaning ish maydoni (sohasi)da bichimlarning andozalari keltirilgan,
formatlashni o‘tkazish uchun ulardan birini tanlash va OK tugmasini chertishning o‘zi
kifoya. Shundan so‘ng butun jadval tanlangan andoza bo‘yicha formatlashtiriladi.
Endi jadvalimizga qaytamiz. Agar u ochilmagan bo‘lsa, jadvalli faylni ochish kerak.
Bundan so‘ng
Bichim_Avtobichim'>Bichim Avtobichim buyrug‘ini bajarish.
Ro‘yxat 3 andozasini tanlash va
OK tugmasini bosish kerak. Jadvalimiz quyidagi ko‘rinishni oladi.
17-rasm.
U ancha jozibali bo‘lib qolganini o‘zingiz ham ko‘rib turibsiz.
Shartli formatlash
Shartli formatlash yordamida siz, solishtirilayotgan ifodalarga bog‘liq ravishda, ekranga
raqamlarni chiqarishni boshqarishingiz mumkin. Masalan,
jadvalda raqamlarning rangi
berilgan qandaydir ifodadan katta yoki kichikligiga qarab avtomatik ravishda o‘zgarib turishi
uchun bu zarur. Ushbu amalni bajarish uchun quyidagi harakatlarni bajarish kerak:
•kerakli kataklarni ajratish;
•
bichimni shartli formatlash buyrug‘ini tanlash, ekranda shartlar berish uchun
uchta hoshiyasi (maydoni) bor darcha paydo bo‘ladi. Birinchi hoshiyada ifoda yoki
formula, ikkinchisida – ochiladigan ro‘yxatdan
shart belgisi tanlanadi, uchinchisida
raqam beriladi. Bu hoshiyalar to‘ldi-rilganidan so‘ng
Bichim tugmachаsini chertish va
o‘z xohishiga ko‘ra shriftning rangi, o‘lchami,
quyish rangini tanlash hamda OK
tugmasini chertish kerak. Undan so‘ng dastlabki darchada ham OK tugmasini chertish
lozim.
Kiritish (qo‘shish) menyusi
Ushbu menyuning buyruqlari yordamida qator, ustun, Varaqni
sizning kitobingizga
kiritishni bajarishi mumkin. Qatorni kiritish uchun undan tepada kiritish bajariladigan
qatorning istalgan katagi tanlanadi. Ustunni kiritish uchun kiritish amalga oshiriladigan
oldingi ustunnnig katagi tanlanadi. Undan so‘ng
kiritish menyusidan tegishli buyruq
tanlanadi. Varaqni kiritish uchun kiritilishi mo‘ljallanganning oldidagi yorliqchasi tanlanadi
va tegishli buyruq bajariladi.