Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/61
Sana26.01.2024
Hajmi8,39 Mb.
#146274
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Bog'liq
AX OMTMamarajabova X

P
A

ni taqqoslashga 
asoslangan. Agar P

va 
P
A

qiymatlar mos kelsa, parol P

haqiqiy, foydalanuvchi 
A esa qonuniy hisoblanadi. 


Oddiy autentifikatsiyani tashkil etish sxemalari nafaqat parollarni uzatish, 
balki ularni saqlash va tekshirish turlari bilan ajralib turadi. Eng keng tarqalgan 
usul – foydalanuvchilar parolini tizimli fayllarda, ochiq holda 
saqlash usulidir. Bunda fayllarga o‘qish va yozishdan himoyalash atributlari 
o‘rnatiladi (masalan, operatsion tizimdan foydalanishni nazoratlash ruyxatidagi 
mos imtiyozlarni tavsiflash yordamida). Tizim foydalanuvchi kiritgan parolni 
parollar faylida saqlanayotgan yozuv bilan solishtiradi. Bu usulda shifrlash yoki 
bir tomonlama funksiyalar kabi kriptografik mexanizmlar ishlatilmaydi. Ushbu 
usulning kamchiligi – niyati buzuq odamning tizimda ma’mur imtiyozlaridan, 
shu bilan birga tizim fayllaridan, jumladan parol fayllaridan foydalanish 
imkoniyatidir. 
Ko‘p martali parollarga asoslangan oddiy autentifikatsiyalash tizimining 
bardoshligi past, chunki ularda autentifikatsiyalovchi axborot ma’noli 
so‘zlarning nisbatan katta bo‘lmagan to‘plamidan jamlanadi. Ko‘p martali 
parollarning ta’sir muddati tashkilotning xavfsizligi siyosatida belgilanishi va 
bunday parollarni muntazam ravishda almashtirib turish lozim. Parollarni 
shunday tanlash lozimki, ular lug‘atda bo‘lmasin va ularni topish qiyin bo‘lsin. 
Bir martali parollarga asoslangan autentifikatsiyalashda foydalanishga har 
bir so‘rov uchun turli parollar ishlatiladi. Bir martali dinamik parol faqat 
tizimdan bir marta foydalanishga yaroqli. Agar, hatto kimdir uni ushlab qolsa ham 
parol 
foyda 
bermaydi. 
Odatda 
bir 
martali 
parollarga 
asoslangan 
autentfikatsiyalash 
tizimi 
masofadagi 
foydalanuvchilarni 
tekshirishda 
qo‘llaniladi. 
Bir martali parollarni generatsiyalash apparat yoki dasturiy usul oqali 
amalga oshirilishi mumkin. Bir martali parollar asosidagi foydalanishning 
apparat vositalari tashqaridan to‘lov plastik kartochkalariga o‘xshash 
mikroprotsessor o‘rnatilgan miniatyur qurilmalar ko‘rinishda amalga oshiradi. 
Odatda kalitlar deb ataluvchi bunday kartalar klaviaturaga va katta bo‘lmagan 
displey darchasiga ega. 
3 Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash 
Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash uchun bir martali parollarni 
qo‘llashning quyidagi usullari ma’lum: 
Yagona vaqt tizimiga asoslangan vaqt belgilari mexanizmidan foydalanish.
Legal foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan tasodifiy parollar 
ruyxatidan va ularning ishonchli sinxronlash mexanizmidan foydalanish.
Foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan bir xil dastlabki qiymatli 
psevdotasodifiy sonlar generatoridan foydalanish.
Birinchi usulni amalga oshirish misoli sifatida SecurID autentikatsiyalash 
texnologiyasini ko‘rsatish mumkin. Bu texnologiya Security Dynamics 
kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, qator kompaniyalarning, 
xususan Cisco Systems kompaniyasining serverlarida amalga oshirilgan. 
Vaqt sinxronizatsiyasidan foydalanib autentifikatsiyalash sxemasi tasodifiy 
sonlarni vaqtning ma’lum oralig‘idan so‘ng generatsiyalash algoritmiga 
asoslangan. Autentifikatsiya sxemasi quyidagi ikkita parametrdan foydalanadi: 


• 
har bir foydalanuvchiga atalgan va autentifikatsiya serverida 
hamda 
foydalanuvchining apparat kalitida saqlanuvchi noyob 64-bitli sondan iborat 
maxfiy kalit; 
• 
joriy vaqt qiymati. 
Masofadagi foydalanuvchi tarmoqdan foydalanishga uringanida undan shaxsiy 
identifikatsiya nomeri PINni kiritish taklif etiladi. PIN to‘rtta o‘nli raqamdan va 
apparat kaliti displeyida akslanuvchi tasodifiy sonning oltita raqamidan iborat. 
Server foydalanuvchi tomonidan kiritilgan PIN-koddan foydalanib ma’lumotlar 
bazasidagi foydalanuvchining maxfiy kaliti va joriy vaqt qiymati asosida 
tasodifiy 
sonni 
generatsiyalash 
algoritmini 
bajaradi. 
So‘ngra server 
generatsiyalangan son bilan foydalanuvchi kiritgan sonni taqqoslaydi. Agar bu 
sonlar mos kelsa, server foydalanuvchiga tizimdan foydalanishga ruxsat beradi. 
Autentifikatsiyaning bu sxemasidan foydalanishda apparat kalit va serverning 
qat’iy vaqtiy sinxronlanishi talab etiladi. Chunki apparat kalit bir necha yil 
ishlashi va demak server ichki soati bilan apparat kalitining muvofiqligi asta- 
sekin buzilishi mumkin. 
Ushbu muammoni hal etishda Security Dynamics kompaniyasi quyidagi ikki 
usuldan foydalanadi: 
• 
apparat kaliti ishlab chiqilayotganida uning taymer chastotasining 
me’yoridan chetlashishi aniq o‘lchanadi. Chetlashishning bu qiymati server 
algoritmi parametri sifatida hisobga olinadi; 
• 
server muayyan apparat kalit generatsiyalagan kodlarni kuzatadi va 
zaruriyat tug‘ilganida ushbu kalitga moslashadi. 
Autentifikatsiyaning bu sxemasi bilan bir muammo bog‘liq. Apparat kalit 
generatsiyalagan tasodifiy son katta bo‘lmagan vaqt oralig‘i mobaynida haqiqiy 
parol hisoblanadi. Shu sababli, umuman, qisqa muddatli vaziyat sodir bo‘lishi 
mumkinki, xaker PIN-kodni ushlab qolishi va uni tarmoqdan foydalanishga 
ishlatishi mumkin. Bu vaqt sinxronizatsiyasiga asoslangan autentifikatsiya 
sxemasining eng zaif joyi hisoblanadi. 
Mustahkamlash uchun topshiriqlar 
1. 
Autentifikatsiyalash 
2. 
Paroldan foydalangan holda oddiy autentifikatsiyalash 
3. 
Foydalanuvchilarni autentifikatsiyalash 


Uyga vazifa 
1. 
Yagona vaqt tizimiga asoslangan vaqt belgilari mexanizmidan 
foydalanish 
2. 
Foydalanuvchi va tekshiruvchi uchun umumiy bo‘lgan bir xil 
dastlabki qiymatli psevdotasodifiy sonlar generatoridan 
foydalanish. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. 
Axborot 
texnologiyasi. 
Axborotlarni 
kriptografik 
muxofazasi. 
Ma’lumotlarni shifrlash algoritmi” O‘zbekiston Davlat standarti. O‘zDSt 
1105:2006 
Vizual-didaktik resurslar 


“Tasdiqlayman” 

Download 8,39 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish