Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
4-ilova
"Ilashish muftasi" mavzusi bayoni.
Reja:
1. Ilashish muftasiningning vazifalari
2. Ilashish muftasining umumiy tuzilishi
3. Ilashish muftasining turlari
4. Ilashish muftasining ishlash prinsplari
Kuchni o‘zgartirishda transmissiyani ishlab turgan
dvigateldan vaktincha
o‘zish uchun, avtomobilning urnidan ravon kuzgalishini ta’minlash va
uzatmalmrni almashtirishda transmissiyani ishlab turgan dvigatel validan
vaktincha ajratish vazifasini bajaradi.
Ishlash srinsipiga kura ilashish muftasi friksion, gidravlik va elektromagnitli
buladi. xozir asosan friksion ilashish muftalari ishlatiladi. Ular dvigateldagi
burovchi momentni uzatmalar kutisiga uzaro ishkalanuvchi
disklar yordamida
uzatadi. Ilashish muftasi yetakchi disklarning soniga karab bir, ikki va ko‘p diskli,
siquvchi prujinalarning turiga va joylashuviga karab-aylana joylashgan prujinali,
bitta markaziy prujinali va markaziy diafragma prujinali buladi. Aylana buylab
joylashgan va
markaziy diafragma prujinali, bir diskli, kuro‘q ilashish muftasi
avtomobillarda ko‘proq ishlatiladi. Chunki bunday
ilashish muftasi oddiy bulib,
ishlatish va ta’mirlash ancha ko‘lay.
Friksion ilashish muftasining sxemasi.
1-kojux, 2-siquvchm disk, 3-maxovik, 4-yetaklanuvchi disk, 5-elastik
prujina, 6-prujina, 7-richag, 8-siquvchi podshipnik, 9-vilka, 10-pedal, 11- prujina,
12-tortki
Ikki diskli ilashish muftasi asosan og‘ir yuk kutaradigan
avtomobillarga o‘rnatiladi. Ural-375, Kraz-257, MAZ-5335.Kamaz-5320.
Ko‘pdiskli ilashish muftasi gidromexanik uzatmalarda ko‘llaniladi. Friksion
ilashish muftasi to‘rtta asosiy qismdan tashkil topgan: yetakchi va yetaklanuvchi
qismlar, siquvchi va ilashish muftasini boshqaruvchi mexanizmlar. Y
etakchi
qismiga maxovik, kobik va
siquvchi disk, yetaklanuvchi qismiga, yetaklanuvchi
disk kiradi. Ilashish muftasining kushilishin ta’minlaydigan siquvchi mexanizm
birnechta prujinalardan iborat. Boshqarish mexanizmiga ajratish muftasi
podshipnigi, ajratishvilkasi, tortki, pedal va prujinakiradi.
Bir diskli ilashish muftalari avtomobillarda keng tarqalgan. Dvigatel
maxovigiga boltlar yordamida ilashish muftasining po‘latdan shtamplangan g‘lofi
Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
biriktirilgan. Cho‘yan siquvchi disk g‘ilofdan siquvchi diskka
aylanma harakatni
uzatuvchi to‘rt juft prujinali plastinalar yordamida g‘ilofga biriktirilgan. G‘ilof va
siquvchi disk orasida prujinalar o‘rnatilgan. Har bir prujina g‘ilof va siquvchi
diskda ishlangan bo‘rtiqlar bilan markazlashtirilgan. Prujina va siquvchi disk
orasida issiqdan himoyalovchi shaybalar o‘rnatilgan.
Ilashish muftasining ajratish richaglari ignasimon podshipnikli o‘qlar bilan
birga siquvchi disk va vilka bilan birlashtirilgan. G‘ilofda vilkalarning tayanchi
bilan vilkalarga siquvchi diskni surishda tebranma harakat qilishga yo‘l qo‘yadigan
sferik gaykalar ham qo‘yilgan. Ilashish muftasini yig‘ishda
bu gaykalar bilan
ajratish richaglarining holati rostlanadi.
Ikki diskli ilashish muftasi quyidagi detallarga ega: etakchi qism maxovik,
o‘rta etakchi disk, siquvchi disk va etaklanuvchi qism-burovchi tebranishlarni
so‘ndirgichlar bilan ikkita etaklovchi disk. Disklarni siquvchi kuch prujinalar bilan
hosil qilinadi. Burovchi moment dvigateldan ilashish muftasini ishga
tushirish va
uzishda maxovikka nisbatan o‘q bo‘yicha suriluvchi disklarning bo‘rtiqlari kirib
turuvchi maxovikdagi to‘rtta paz yordamida uzatiladi. O‘rta etakchi diskda richag
mexanizmi o‘rnatilgan. Uning prujinasi ilashish muftasi ajralishida Z simon
richagni buradi, richag esa maxovik va siquvchi diskka tayanib, o‘rta etakchi
diskni maxovik va siquvchi diakdan bir xil masofada turishini ta’minlaydi. Ajratish
richaglari ilashish muftasini uzish muftasi podshipnikining tashqi oboymasi
ilashish muftasi ajralishida tayanadigan tayanch halqa bilan tayangan.
Ilashish muftasini asosiy aylanuvchi detallari static balansga
keltiriladi.bundan tashqari, ilashish muftasini dvigatelning maxovigi va tirsakli vali
byig‘ilganda balanslashtiriladi.