• 4-ilova "Porshenli ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi va asosiy ko‘rsatkichlari" mavzusi bayoni. Reja: 1.
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/194
    Sana20.11.2023
    Hajmi11,47 Mb.
    #102246
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194
    Bog'liq
    Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich

    3-ilova 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    4-ilova 
    "Porshenli ichki yonuv dvigatellarining umumiy tuzilishi va asosiy 
    ko‘rsatkichlari" mavzusi bayoni. 
    Reja: 
    1. Vazifasi 
    2. Umumiy tuzilishi
    3. Turlari
    4. Asosiy ko‘rsatgichlari 
    Zamonaviy avtotransport vositalariga asosan, porshenli ichki yonuv 
    dvigatellari o‘rnatiladi. Bug‘ va elektr toki bilan ishlaydigan avtomobillar ba’zi 
    kamchiliklariga ko‘ra hozirgi kunda deyarli ko‘llanilmaydi. Bug‘ bilan ishlaydigan 
    dvigatellarning asosiy kamchiligi foydali ish koeffitsientining kichiqligi 
    (0,16…0,18) hamda dvigatel bug‘ qurilmalarining o‘lcham va vaznlarini 
    kattaligidir. Elektr bilan ishlaydigan dvigatellarning keng tarqalmaganligiga sabab, 
    ularning o‘zoq masofalarga qatnay olmasligi, chunki ularga o‘rnatiladigan 
    qo‘rg‘oshin akkumulyatorlarining elektr sig‘imi avtomobilning 40…50 km 
    masofagacha xarakatlanishiga mo‘ljallangan. Hozirgi kunda mamlakatimizda va 
    chet el firmalarida elektromobillar ustida katta ilmiy va kostruktiv ishlar olib 
    borilmoqda, natijada ularning har xil ko‘rgazmali variantlari yaratilmoqda. 
    Elektromobillarning xalk xo‘jaligida transport vositasi bo‘lib keng tarqalishi uchun 
    ularga o‘rnatiladigan elektrobaklarning sig‘imini 2 – 3 baravar oshirish kerak. 
    Avtomobillarga o‘rnatiladigan porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi 
    belgilari bilan klassifikatsiyalanadi: 
    1. Ishlatiladigan yonilg‘ining turiga qarab: yengil suyuq yonilg‘i – benzinda 
    ishlaydigan va siqilgan suyuq gaz bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatellar, og‘ir 
    suyuq dizel yonilg‘isida ishlaydigan dizel dvigatellari. 
    2. Yonuvchi aralashma xosil qilish usuliga qarab: tsilindr tashqarisida 
    aralashma xosil kiluvchi karbyuratorli, injektorli dvigatellar va tsilindr ichida 
    aralashma xosil kiluvchi dizel dvigatellari. 
    3. Ish aralashmasining alangalanishi bo‘yicha: elektr uchquni bilan 
    alangalanadigan karbyuratorli, injektorli dvigatellar va siqish natijasida o‘z-o‘zidan 
    alangalanuvchi dizel dvigatellari. 

    Download 11,47 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   194




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish