• Tayanch iboralar
  •  Ish jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to‘rt taktli va ikki taktli  dvigatellar.  5




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/194
    Sana20.11.2023
    Hajmi11,47 Mb.
    #102246
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194
    Bog'liq
    Avtomobillar tuzilishi Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich

    4. Ish jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to‘rt taktli va ikki taktli 
    dvigatellar. 
    5. Konstruktiv belgilari bo‘yicha: tsilindrlar soni va ularning joylashuv 
    tartibiga qarab (vertikal qatorli, gorizontal qatorli yoki V – simon), gaz taqsimlash 
    mexanizmining joylashuvi bo‘yicha – klapanlar yuqoriga yoki pastga joylashgan. 
    Porshenli ichki yonuv dvigatellari quyidagi mexanizm va tizimlardan tashkil 
    topgan: krivoship-shatunli mexanizm, gaz taqsimlash mexanizmi hamda 
    ta’minlash tizimi, sovo‘tish tizimi, moylash tizimi va yondirish tizimlari. Bundan 
    tashqari, karbyuratorli dvigatellarda majburan o‘t oldirish, dizel dvigatellarida esa 
    yuritish tizimi bor. 
    Krivoship-shatunli mexanizm gazning kengayishdagi bosimini o‘ziga qabul 
    qiladi hamda porshenning to‘g‘ri chiziqli ilgarilama va qaytma xarakatini tirsakli 
    valning aylanma xarakatiga o‘zgartirib beradi. Uni tashkil qiluvchi detallar (2-


    Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich 
    rasm) : tsilindr 5, xalqalari bo‘lgan porshen 4, porshen barmog‘i 6, shatun 7, 
    tirsakli val 8 va maxovik 10. Silindrning ustki qismi tsilindr golovkasi 9 bilan 
    berkitilgan. 
    Gaz taqsimlash miexanizmi yonilg‘i aralashmasi yoki havoning tsilindrga 
    kirishini hamda ishlatilgan gazlarni chiqarib yuborishni boshqarish uchun xizmat 
    qiladi. Bu mexanizm tarkibiga gaz taqsimlash vali 2, gaz taqsimlash valini 
    yuritkich shesternyasi 1, to‘rtkichlar 3, klapanlar 9, hamda prujina 8 kiradi.(GTM 
    mavzusidagi 1-rasm). 
    Ta’minlash tizimi benzin hamda havodan yonuvchi aralashma tayyorlaydi, 
    uni dvigatel tsilindrlariga o‘zatadi va ishlatilgan gazlarni atmosferaga chiqarib 
    yuboradi. 
    Sovitish tizimi dvigatelning qizigan detallaridan ajralgan issiqlikni 
    atmosferaga tarqatadi va uni eng qulay issiqlik rejimida ishlashini ta’minlaydi. 
    Dvigatel suv yoki havo bilan sovitiladi. Suv bilan sovitiladigan dvigatelda suv 
    g‘ilofi, havo bilan sovitiladigan dvigatelda esa maxsus sovitish qovurg‘alari 
    bo‘ladi. 
    Moylash tizimi dvigatelning ishqalanuvchi detallariga moy o‘zatib, ularning 
    ilashishini kamaytiradi, uning detallarini qisman sovitadi, ishqalanuvchi yuzalarda 
    vujudga keladigan yeyilish zarrachalarini yuvadi, hamda moyni tozalab beradi. 
    Yondirish tizimi karbyuratorli va injektorli dvigatel tsilindrlarida ish 
    aralashmasini majburiy ravishda o‘t oldirish uchun elektr uchquni xosil qiladi va 
    uni ma’lum tartibda tsilindrlarga yuboradi. 
    Yuqori chekka nuqta (yu.ch.n.) porshenning tirsakli val o‘qidan eng 
    o‘zoqlashgan tsilindr ichidagi yuqori turish holati.(2-rasm) 
    Pastki chekka nuqta (p.ch.n.) – porshenning tirsakli val o‘qiga eng 
    yaqinlashgan tsilindr ichidagi pastki holati. 
     
    Porshen yo‘li – porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtagacha 
    xarakatlanganda bosib o‘tilgan masofa. 
    Porshen yo‘li S porshenning har bir o‘tgan yo‘lida tirsakli val o‘z o‘qi 
    atrofida ½ marta aylangandagi, ya’ni 180
    0
    burchakka burilgandagi masofa.
     Tayanch iboralar: dvigatel, siqish darajasi, ish jarayon, yuqorigi chekka nuqta, 
    pastki chekka nuqta, porshen yo‘li. 

    Download 11,47 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   194




    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Ish jarayonini xosil qilish usuliga qarab: to‘rt taktli va ikki taktli  dvigatellar.  5

    Download 11,47 Mb.
    Pdf ko'rish