Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
(500…830 S). Keyinchalik esa tsilindrdagi taktlar yuqorida bayon etilgan tartibda
takrorlanadi.
Ikki taktli porshenli ichki yonuv dvigatelining ish tsikli.
Ikki taktli dvigatelning ish tsikli porshenning ikki yurishida yoki tirsakli
valning bir marta aylanishi natijasida sodir buladi. Bu yerda ham xuddi to‘rt taktli
dvigatellar kabi, ish aralashmasini tsilindr tashkarisida yoki ichida tayyorlanadi.
Shunga karab shu tsikl buyicha ishlovchi dvigatellar karbyuratorli yoki dizel
bulishi mumkin. Bu dvigatellarda ishlatilgan gazlarni tashkariga xaydash va
tsilindrni tozalash uchun yonilg‘i aralashmasi (karbyuratorli dvigatelda), yoki havo
okimidan (dizelda) foydalaniladi.
Ikki taktli dvigatellarni tugri okimli (pryamotochnaya) va kundalang okimli
tozalash usullari keng tarkalgan 3-rasmda ikki taktli dvigatellarning ishlash
sxemasi tasvirlangan. Keltirilgan sxemada tsilindr 2 ning ikki tomonida kiritish 3
va chiqarish 7 darchalari bor. Silindr golovkasida yondirish svechasi 10
(karbyuratorli dvigatelda) yoki forsunka (dizelda) o‘rnatilgan. Silindr ichida
porshen 9 xarakatlanadi va o‘zining devorlari yordamida kiritish va chiqarish
darchalarini ochib yoki yopib turadi. Nasos 4 tsilindrga siqilgan yonilg‘i
aralashmasi yoki havo (dvigatellarining tipiga karab) yuborish uchun xizmat qiladi.