Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov
Jamoliddin Bekturdiyevich
3-ilova
"Krivoship-shatun mexanizmi" mavzusi bayoni
Reja:
1. Krivoship-shatun mexanizmining umumiy tuzilishi;
2. Krivoship-shatun mexanizmining turlari;
3. Krivoship shatun mexanzmining dvigatellarda joylashishi.
Krivoship-shatun mexanizmning barcha detallari harakatlanuvchi va
harakatsizlarga bo‘linadi. Harakatsiz detallar dvigatel korpusini tashkil etib, ularga
silindir, uning kallagi va karter kiradi. Harakatlanuvchi detallar, porshen, uning
barmog‘i, shatun, tirsakli val va maxoviklardan tashkil topadi.
Avtomobil dvigatellarida keng tarqalgan krivoship-shatunli
mexanizmning
komponovka sxemalari quyidagilar:
Dvigatelning silindirlari vertical joylashgan,
Vertikalga nisbatan 20…45
0
burchak ostida joylashgan.Silindirlarni bu
holatda joylashtirish natijasida dvigatelning balandligi qisqaradi.
Silindirlari ikki qator joylashgan dvigatellarda ularning silindirlari orasidagi
burchak 180
0
dan kam bo‘lsa, bu holda ular V-simon dvigatellar deyiladi.Agar
silindirlari orasidagi burchak 180
0
ga teng bo‘lsa, ikki qatorli gorizontal dvigatellar
deyiladi. Silindirlari gorizontal holatda bo‘lgan dvigatelning balandligi qisqaradi
va ularni kuzovi tagida (avtobuslarda) joylashtirish mumkin. Ko‘pchilik V-
simondvigatellarning silindirlari 90
0
burchak ostida joylashadi (ZIL-130, KamAZ-
740.10). bunday dvigatellarning uzunligi va massasi bir bir qator dvigatellarnikiga
nisbatan kichiq bo‘ladi.
Bundan tashqari yulduzsimon va V-simon komponovkali dvigatellar ham
mavjud.
Silindr ichida sodir buladigan ish siklining barcha jarayonlari
porshen
yordamida bajariladi. Porshen yukori bosim va temperatura
sharoitida ishlaydi,
bundan tashkari unga uzgaruvchan inersiya kuchlari ta’sir etadi. Shuning uchun
porshen quyidagi talablarga javob berish kerak: Issiklik utkazuvchan, yedirilishga
chidamli va yengil bulishi kerak.
Alyuminiyli kotishmadan tayyorlangan porshen bunday talablarga tularok
javob beradi. Lekin alyuminiyli kotishmadan tayyorganlan porshen chuyanga
nisbatan issiklikdan kengayish koeffitsiyenti 1,5 % 2 marta kup. Bu kamchilikni
porshenning ma’lum kostro‘qsiyasiga binoan yukotiladi.Ya’ni porshen
yubkasining oval formada bulishi, yubkada «T» yoki «P» forma shaklidagi
kesiklarni bulishi hisobiga uni silindr ichida kiziganda kadalib kolmasdan
harakatlanishini ta’minlanadi. Porshen yubkasi bilan silindr orasidagi zazor 0,05 %
0,10 mm buladi (2-rasm, a).
YaMZ va KamAZ – 740 dvigatellarining porsheni yubkasida (yukorida
aytilgan porshenlar kabi) «T» yoki «P» forma shaklidagi kesiklar ishlanmagan.
Chunki
bunday porshenlar, tarkibida 30 foiz kremniy bulgan alyuminiyli
kotishmadan tayyorlanganligi uchun issiklikdan kam kengayish xususiyatiga ega.
Lekin bu porshenlar ham buyig‘a konusli, yubka kesimi esa oval shaklida
ishlangan.
Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
Porshen golovkasida porshen xalkalari uchun arikchalar yasalgan.
Ayrim
dvigatellarda (KamAZ, ZIL-130 ) yukoridagi arikchani chidamligini oshirish
maqsadida uni tubiga chuyan xalka quyiladi. Sungra chuyan xalkada kompression
xalka uchun arikcha uyiladi.
Porshen yubkasining yuzasi silindrning ichki yuzasiga yaxshi moslashib
ishlashini ta’minlash uchun uning tashki yuzasi yupka (0,004…0,006 mm)
kalinlikda kalaylanadi.
Porshen xalkalari. Porshen xalkalar o‘zining vazifasiga kura kompression va
moy sidirgichli buladi. Kospression xalkalar porshenning silindrda jipsligini
ta’minlaydi.Natijada porshen yukorisidagi gazlarni karterga utishidan saklaydi.
Moy sidirgich xalkalar silindr yuzasidagi ortikcha moylarni sidirib karterga
kayta tushiradi. Shu bilan moylarni yonish
kamerasiga utib ketishidan
saklaydi.Porshen xalkalari maxsus chuyandan tayyorlanadi.Ayrim xollarda
pulatdan ham tayyorlanishi mumkin.
Yukoridagi kompression xalka uta kizigan gazlar zonasida ishlaydi.Shuning
uchun birinchi xalkani kattikligini, yeyilishga chidamliligini oshirish maqsadida
uning tashki yuzasi gavaksimon xrom bilan koplanadi.
Pastki kompression
xalkalarning yuzasi esa yupka kalay bilan koplanadi.
Ba’zi dvigatellarda (ZIL-130 …… ) moy sidirgich xalkalar bir necha
qismdan tashkil topgan bulib, ya’ni ular ikkita pulatdan tayyorlangan yupka
disksimon xalka, o‘q buylab kengaytirgich va radial
kengaytirgichdan tashkil
topgan. Porshen xalkalari silindrda kadalib kolmasdan, elastik xususiyatga ega
bulgan xolda ishlashini ta’minlash uchun ularni maxsus kesik (kulfli) qilib
tayyorlanadi. Xalkalar silindrga o‘rnatilganda kulfdagi zazor 0,2 ... 0,5 mm buladi.