Tuzuvchi: Mirishkor tuman 1-son kasb-hunar maktabi. Beknazarov Jamoliddin Bekturdiyevich
Kiritish kuvurlari va yonuvchi aralashmani isitish. Kiritish kuvurlari
karbyuratorni aralashtirgich bulinmasining kiritish klapani tuyno‘qlari bilan
tutashtirib, yonuvchi aralashmani karbyuratordan dvigatel silindrlariga yuborish
uchun xizmat qiladi.
Yonilgi aralashmasini kizdirish yonilgini batamom buglash uchun zarur, aks
xolda u tomchi xoliga keladi va yonilgi aralashmasi silindrlarda yaxshi yonmaydi
va natijada dvigatel tula kuvvat bilan ishlamaydi, yonilgi aralashmasini kizdirish
maqsadida kiritish kuvurlarining karbyuratorga yakin joylashgan qismining
chiqarish kuvuri bilan tutashtiriladigan maxsus gilofi bor. Dvigatel silindrlariga
ishlatilgan gazlar shu gilofga utib, kiritish kuvuri devorlarini va yonuvchi
aralashmasini keragicha kizdiradi.
Gaz chiqarish tarmogi. Avtomobil dvigatelining gaz chiqarish tarmogi
chiqarish kuvuri va sundirgich (glushitel) dan iborat. Chiqarish kuvurining bir
tomoni chiqarish klapanlarining kanallari, ikkinchi tomoni esa qabul kuvuri orqali
sundirgich bilan birlashgan.
Sundirgich. Dvigatel silindrlaridan ishlatilgan gazlar katta tezlikda shiddat
bilan harakatlanib, alanga va uchkun aralash shovkin hamda shitob bilan tashkariga
chiqadi. Bu kamchilikni kamaytirsh uchun chiqarish kuvuriga qabul kilgich
kuvurchasi va sundirgich o‘rnatilgan. Yengil avtomobillarga asosiy sundirgichdan
oldin ishlatilgan gazlarni kengaytiruvchi birlamchi sundirgich quyiladi. Bunday
kushimcha sundirgich yordamida kengaytirilgan gazlar soviydi va ularning
jamgarilgan energiyasi birmuncha kamayadi.
Xavo filtri.Xavo tarkibidagi chang silindrlarga kirishi natijasida dvigatel
detallari tez yeyiladi.Shuning uchun ta’minlash tarmogiga xavo filtri o‘rnatiladi.U
dvigatel silindrlariga kiradigan xavoni changdan tozalash uchun xizmat qiladi.
Avtomobil dvigatellarida inersion-moyli xavo filtri keng tarkalgan. Bunday
filtrlarda xavo inersiya kuchi bilan moy vannasiga utadi va unda xavo changlari
tutilib koladi hamda qisman tozalangan xavo yana tozalovchi tarkibiy qismlardan
utadi.
Yonilgini karbyuratorga kiritishdan oldin mexanik aralashmalar va suvdan
tozalash zarur. Chunki yonilgi yaxshi tozalanmasligi okibatida karbyuratorning kil
teshiklari va tuyno‘qchalari ifloslanib, uning anik ishlashi yomonlashadi. Shuning
uchun ta’minlash tarmogidan utayotgan yonilgi bir necha bor tozalanadi.
Simturli filtrlar yonilgi bakining quyish kuvuriga, yonilgi nasosi korpusning
kopkogiga va karbyuratorning kalkovichli bulinmasi shtutseriga o‘rnatiladi. Filtr-
tindirgich yonilgi nasosiga yoki o‘zi aloxida o‘rnatilishi mumkin.
Yuk avtomobillarida karbyuratorga yuborilayotgan yonilgi baki va nasos
oraligida joylashgan filtr-tindirgich hamda nasos bilan karbyurator urtasida
o‘rnatilgan mayin filtrdan ketma-ket utadi.