145
davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda mamlakatimizning mustaqil bank tizimini
yaratish bo’yicha olib boriladigan tadbirlar 1991 yil 15 fevralda qabul qilingan
O’zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to’g’risidagi”Qonuni
asosida amalga oshirildi. Mazkur qonun bozor munosabatlariga o’tish davri
vazifalariga mos keluvchi bank muassasalari shakllanishini xuquqiy asoslarini
belgilab berdi.
Ushbu qonunga muvofiq, Sobiq SSSR
Davlat bankining respublika
muassasasi asosida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tuzildi va unga
respublikada pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari tizimini vujudga
keltirish va to’lov tizimini tashkil etish vazifalari yuklatildi. Xalq xo’jaligining
turli sohalarini kreditlash va ularni investitsiyalash funksiyalari yangidan tashkil
qilingan ixtisoslashtirilgan tijorat banklariga berildi.
Mustaqil pul va bank tizimini yaratishning
ikkinchi bosqichi milliy valyuta
muomalaga kiritilgan va ikki pog’onali bank tizimining huquqiy asoslari yaratilgan
1994-1996 yillarni o’z ichiga oladi. 1994 yilda Milliy valyuta so’mning
muomalaga kiritilishi mamlakatimizda
mustaqil pul va bank tizimi
shakllanishining sof bosqichi hisoblanib, bu bosqichda banklar oldida turgan
vazifalarga yanada aniqlik kiritildi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborini
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va shu asosda iqtisodiy o’sish uchun
qulay sharoitlar yaratishga qaratdi, mamlakatda sifat jihatidan butunlay yangi
to’lov tizimini yaratish bo’yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Ixtisoslashgan tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda Vazirlar
Maxkamasining «Bank tizimini takomillashtirish va pul-kredit munosabatlarini
barqarorlashtirish bo’yicha chora-tadbirlari to’g’risida»gi 1994 yil 18 martdagi
qarori muhim ahamiyatga ega bo’lib, unda banklarning axborot infratuzulmasini
tuzish va xalqaro bank amaliyotining ilg’or usullarini respublika
bank amaliyotiga
qo’llash orqali bank tizimini takomillashtira borishi bo’yicha yo’l-yo’riqlar
belgilab berildi. 1994 yildan boshlab Yangi buxgalteriYa hisobi tizimini
ishlab chiqish va ularni banklarga tadbiq qilish jarayoni boshlandi.
Bank tizimini shakllantirishchning
uchinchi bosqichi 1997-2000 yillarni o’z
ichiga olib, u bosqichning asosiy xususiyati banklarni xususiylashtirish va
aksiyadorlik –tijorat banklarda boshqaruvning sifatini oshirish banklar faoliyatida
nazoratni kuchaytirishdan iborat.
Bu jarayon O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 24
apreldagi
“Xususiy tijorat banklari tashkil qilishni rag’batlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonning qabul qilinishi bilan yanada faollashadi.
Mazkur Farmonga ko’ra, nizom jamg’armasida jismoniy shaxslarning ulushi 50
foizdan kam bo’lmagan holda tijorat banklarini ochish uchun bir qator imtiyozlar
belgilangan edi. Natijada so’nggi yillar ichida xususiy banklarning soni keskin
ko’payib, bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun dastlabki ruxsat berilganlari
bilan qo’shib hisoblaganda 20 taga etdi. Hozirgi paytda
respublikada faoliyat
ko’rsatayotgan tijorat banklarining deyarli yarmi xususiy banklar hisoblanadi.
146
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini isloh
qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1999 yil 15 yanvardagi qaroriga asosan bank
tizimini barqarorligini safarbar etish, iqtisodiyotni kredit bilan ta’minlashda
banklarnig ishtirokini kengaytirish, bank xizmatlari sohasida raqobat muhitini
rivojlantirish sohasida vazifalar belgilab berildi. 1991-2000 yillar
mobaynida
yuzaga keltirilgan bank tizimini yanada xalqaro andozalarga yaqinlashtirish
maqsadida bank tizimini erkinlashtirsh va isloh qilish chora-tadbirlarining
boshlanishi bank tizimi rivojlanishining
to’rtinchi bosqichi boshlanganligini
ko’rsatadi. Bu bosqich O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini
yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlari to’g’risidagi”
2000 yil 21 martdagi farmoni va Vazirlar Mahkamasinig “Bank tizimini isloh
qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2000 yil 24 martdagi Qarori
qabul qilinishi bilan boshlandi.
Bu hujjatlarga asosan quyidagilar
bu bosqichning asosiy vazifalari qilib
belgilandi:
-bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklari
mustaqilligini oshirish;
-bank tizimi va uning bo’g’inlari rivojlanishini rag’batlantirish;
-bo’sh turgan mablag’larni bankka jalb qilish va omonatchilarning
manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish;
-banklarning iqtisodiyotni aniq sektorida ishlayotgan korxonalarni, xususan
dehqon, fermer xo’jaliklarini hamda kichik va o’rta biznes subyektlarini kreditlash
jarayonini kengaytirish;
-banklarni investitsiya jarayonlarining faol ishtirokchilariga aylantirish;
-banklarning mijozlar bilan o’zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini
shakllantirish;
-aholining bank-moliya tizimiga bo’lgan ishonchini oshirish;
-xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari
bilan hamkorlikni kengaytirish,
valyuta
munosabatlarini
erkinlashtirish
va
kengaytirish
kabi
vazifalar
belgilandi.Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda mamlakatimizda O’zbekiston
Respublikasi Markaziy banki boshlig’ida
37 tijorat banklarini (1-ilovaga qarang)
o’z ichiga oluvchi bank tizimi yuqorida belgilangan vazifalarni amalga oshirib,
bozor islohatlarining faol qatnashchilari sifatida faoliyat olib bormoqda.