• 3 – bosqich Yakuniy (10 daqiqa) Mashg’ulot yakuni
  • O’quvchilar bilimini faollashtirish




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/147
    Sana24.01.2024
    Hajmi4,02 Mb.
    #144566
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147
    Bog'liq
    Учк.stt. Toplam Pul va banklar 2023 2

    O’quvchilar bilimini faollashtirish:
    2.3.Mavzuga oid bilimlarni esga solish maqsadida 
    o’quvchilar “Aqliy hujum ” usulida savol-javob 
    o’tkazadi
    Yangi o’quv materiali bayoni:
    2.4.Maruzani reja bo’yicha tushuntiradi va har bir 
    reja savolining oxirida qisqa muhokama asosida 
    umumlashtiruvchi fikr bayon etiladi.  
    Jarayon slaydlarni namoyish qilish bilan olib 
    boriladi.  
    Yangi o’quv materialini mustahkamlash : 
    2.5.Mashg’ulot davomida o’quvchilarga savollar 
    bilan murojat etiladi va “Klaster”usulidan 
    foydalanib barcha g’oyalarni doskaga yozib 
    boradi hamda umumlashtiradi. 
    2.1.Savollarga 
    javob berishadi.
    2.2. Berilgan 
    ma’lumotlarni 
    daftarlarida 
    qayd qilib 
    borishadi.
    2.4.Har bir 
    savol 
    Yakunidagi 
    muhokamada 
    ishtirok 
    etishadi. 
    2.5.Berilgan 
    savollarga o’z 
    fikrlarini bayon 
    etishadi. 
    3 – bosqich 
    Yakuniy (10 
    daqiqa)
    Mashg’ulot yakuni: 
    3.1. O’tilgan mavzu yuzasidan yakuniy xulosa 
    chiqaliladi. 
     Uy vazifani berilishi: 
    3.2. Mavzu yuzasidan mustaqil o’rganish uchun 
    savollar beriladi 
    Tinglaydilar, 
    o’z fikrlarini 
    bayon etadilar 
    Tinglaydilar va 
    yozib oladilar
     


    102 
    12 - Mavzu: Valyuta kursi va unga ta’sir qiluvchi omillar 
    Reja: 
    1. Valyuta kursi tushunchasi. 
    2. Valyuta kursiga ta’sir qiluvchi omillar. 
    3. Valyuta bozorlari faoliyati.
    Valyuta kursi - bu, bir valyutani boshqa bir valyutadagi ifodasi yoki 
    bahosidir. Masalan, 1 AQSH dollari = 1130 O’zbekiston Respublikasining so’mi yoki 
    1 AQSH dollari = 27,75 Rossiya Federatsiyasining rubli. Yagona tilda o’zaro 
    munosabatda bo’lish uchun valyuta savdosining barcha ishtirokchilari ma’lum bir 
    davr mobaynida shakllangan Xalqaro standartlar va qoidalarni tan oladi hamda ularga 
    itoat etadi. Masalan, barcha yozma tarzda tuziladigan shartnomalarda valyutalarni 
    belgilash hamda ularni tasdiqlash uchun ISO-kodlardan (ISO-standartlashtirish 
    bo’yicha Xalqaro tashkilot) foydalaniladi. Shu bilan birgalikda ular Xalqaro to’lovlar 
    bilan ham bog’liq. Davlat va xo’jalik yurituvchi subyektlarning tashqi iqtisodiy 
    faoliyatida valyuta kursi muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ushbu faoliyat natijasida 
    davlatlar hamda turli subyektlar o’rtasida majburiyatlarni bajarish, hisob-kitoblarni 
    amalga oshirish zarurati tug’iladi, ularni hal etish uchun esa albatta muayyan bir 
    valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan o’lchash zarurati tug’iladi. Shu sababli 
    azaldan jahon amaliyotida Buyuk Britaniya va Irlandiya funt sterlinglari, Avstraliya 
    hamda Kanada dollarlari singari AQSH dollarining kursi dollarning bir birligi uchun 
    belgilangan. Evropa valyutasini boshqa Evropa valyutalarida baholash uchun 
    (Britaniya va Irlandiya funtlaridan qat’iy nazar) ko’p qollarda 100, Italiya lirasi 
    uchun esa 1000 standart birligi ishlatiladi. Yapon iyenasi Yevropa valyutalariga 
    nisbatan 100 birligida kotirovka qilinadi. Kurslar kotirovkalari, valyutalarni 
    o’lchanishi ikki, uch va to’rt o’nlik xonalarigacha aniqlangan holatlarda ham 
    farqlanadi. 
    Valyuta kursi pullarning xalqaro harakati jarayoniga taalluqlidir va umumiy 
    asosda milliy iqtisodiyotning jahon xo’jaligi bilan aloqalarini ifodalaydi. 
    Oltin-deviz standarti sharoitida 1929/36 yillargacha davlatlarning milliy qog’oz 
    pullari baho masshtabiga asosan oltinga almashtirilar edi. 
    1936 yildan so’ng davlatlar milliy qog’oz pul birliklarini oltingan 
    almashmaydigan bo’ldi, Ya’ni muomalada oltinga almashmaydigan kredit qog’oz 
    pullar yura boshlagan. Bunday sharoitda, ya’ni Bretton-Vuds valyuta tizimi sharoitida 
    ham, valyuta kurslari ularning zaminida yotgan oltin miqdorlarini solishtirish orqali 
    aniqlanar edi. 
    Yamayka valyuta tizimi (1976-78 yillar) sharoitida rasmiy asosda oltin 
    demonetizatsiyasi e’lon qilindi va oltin yuridik jihatdan o’zining pul sifatidagi 
    harakatini to’xtatdi. Jahon bozorida valyuta kurslari ularga bo’lgan talab va taklif 
    asosida, valyutalarning tarixiy masshtabi atrofida tebrana boshladi. Bunday 
    muvozanatsiz sharoitda valyutalarning kursi qisqa vaqt ichida tez o’zgaradigan bo’lib 
    qoldi. 


    103 
    Ko’p hollarda barcha davlatlar milliy valyutalarining kursi AQSH dollari yoki 
    Buyuk Britaniya funt sterlingiga nisbatan belgilanadi. Ammo tashqi savdo 
    munosabatlarida albatta biror bir valyutaning boshqa bir valyutadagi kursiga zarurat 
    tug’ilib turadi. Masalan, Yaponiya eksportyor Germaniya importyor bo’lsa, unda 
    albatta 1 Nemis markasi qancha Yapon iyenasiga to’g’ri keladi, degan savol tug’iladi. 
    Bunga javob berish uchun kross-kurs uslubidan foydalaniladi.
    Milliy valyuta savdo qilinayotgan, xorijiy valyuta esa kotirovka valyutasi 
    bo’lgan holdagi kotirovka turi teskari kotirovka bo’ladi. 
    To’g’ri kotirovkada “Bid”sotib oluvchi kursi banklar tomonidan savdo
    ilinayotgan valyutani sotib olish va milliy valyutani sotish kursi bo’ladi. “Offer”kursi 
    banklar tomonidan savdo qilinayotgan valyutani sotish va milliy valyutani sotib olish 
    kursi hisoblanadi. “Bid”va “Offer’kurslarining farqi sifatidagi miqdor “spred”deb 
    ataladi. 
    Valyuta kurslarining quyidagi turlari mavjud: “spot”kurs, sotuvchi va sotib 
    oluvchi kurslari, forvardli kurs, kross-kurs, “autrayt”kursi. “spot”kurs - bu, naqdli 
    (kassa) shartnomasi kursidir. U “spot”shartnomalari ijrosi paytida qayd etiladigan bir 
    mamlakat valyutasining bahosini boshqa mamlakat valyutasidagi ifodasidan 
    iborat.“spot”kurslar erkin suzadigan yoki qat’iy belgilangan bo’lishi mumkin. 
    Ular milliy valyutani mamlakat tashqarisida shartnomani amalga oshirish paytiga 
    sotib olish qobiliyatini ko’rsatadi. 
    Ba’zi davlatlar valyutalarining ichki va tashqi qiymati mavjudligiga qaramasdan 
    valyuta nazorati sharoitida oddiy tijorat operatsiyalarini amalga oshirishda, asosan 
    tovar hamda xizmatlar importida valyuta va “spot” kurslari bir xilda qo’llanilishi 
    mumkin. 
    Forvardli kurs - bu, muddatli valyuta shartnomalari kursidir. U kelgusida 
    ma’lum bir sanaga valyutani etkazib berish sharti bilan sotish yoki sotib olish 
    bahosidan iboratdir. Bunda muddatli valyuta operatsiyasida kurs uning ijrosi ma’lum 
    bir muddat o’tganidan so’ng amalga oshsa ham shartnoma tuzilish paytida qayd 
    etiladi. 
    Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar juda ko’p, ularning ichida eng 
    muhimlarini ko’rib chiqamiz. 
    Pul birliklarini sotib olish qobiliyatlari va inflyatsiya sur’ati. Valyutalarni sotib 
    olish qobiliyati bo’yicha bir biriga nisbatan o’lchanishi (sotib olish qobiliyatining 
    pariteti) qiymat qonunini aks ettirgan holda valyuta kursining asosi bo’lib xizmat 
    qiladi. 
    Valyuta kursi va pul birligining sotib olish qobiliyati o’rtasidagi muvofiqlik 
    hamma vaqt ham kuzatilmaydi. Masalan, 1980 yil ichida AQSH dollarining kursi 
    Doych markaga nisbatan 2%ga o’sgan, ammo shu bilan birgalikda ichki bozorda 
    dollarni sotib olish qobiliyati 13%ga, doych markaniki esa 6%ga pasaygan. Buning 
    sababi shundaki, valyutalarning kunlik kurslar kotirovkasi ularni sotib olish 
    qobiliyatlariga nisbatan korrektirovka qilinmasligida va valyuta kurslariga boshqa 
    omillarning ta’siridadir. 


    104 
    Mamlakat to’lov balansining ahvoli valyutaga bo’lgan talab va taklifga, valyuta 
    kursining darajasiga bevosita ta’sir etadi hamda uning u yoki bu tarafga og’ib 
    ketishiga olib keladi. Mamlakatning aktiv to’lov balansi milliy valyuta kursining 
    o’sishiga olib keladi, chunki xorijiy qarzdorlar tomonidan unga bo’lgan talab oshib 
    boradi. Aksincha, passiv to’lov balansi esa milliy valyuta kursining pasayishiga olib 
    keladi. 
    Turli mamlakatlardagi foiz stavkalarining bir biridan farqi. 
    Mamlakatdagi hisob yuritishning o’rtacha foiz stavkasini ko’tarilishi xorijiy 
    kapitallarni mamlakatga oqib kelishini rag’batlantiradi. Ushbu foiz stavkalarining 
    pasayishi esa aksincha kapitallarni, shu jumladan milliy kapitallarni ham 
    mamlakatdan chetga oqib ketishiga olib keladi. 
    Kapitallar ayniqsa “qaynoq”(chayqov) pullarning harakati (oqimi) mamlakatlar 
    to’lov balanslari muvozanatsizligini kuchaytirib yuboradi. 
    Foiz stavkalari valyuta bozorlari operatsiyalari va ssuda 
    kapitallari bozorlaridagi operatsiyalarga ta’sir etadi. Operatsiyalarni amalga 
    oshirishda banklar maksimal foyda olish maqsadida milliy va Xalqaro bozordagi foiz 
    stavkalari farqlarini hisobga oladilar. Ular arzonroq kreditlarni xorijiy ssuda 
    kapitallari bozorida sotib olib, xorijiy valyutani milliy ssuda kapitallari bozorida 
    nisbatan yuqoriroq foiz ustidan joylashtirishga harakat qiladilar. 
    Valyuta bozorlari faoliyati va chayqov valyuta operatsiyalarining valyuta 
    kursiga kon’yunktura ta’siri. Agarda biror bir valyutaning kursi pasayib borsa, bozor 
    ishtirokchilari uni nisbatan muvozanatliroq valyutaga almashtiradilar va bu bilan ular 
    uning qadrsizlanishini tezlashtirib yuboradilar. 
    Valyuta bozorlari mamlakat iqtisodiyotida va siyosatida bo’layotgan 
    o’zgarishlar, kurslar nisbatining tebranishiga ta’sir ko’rsatadi. 
    Evrobozorda u yoki bu valyutadan foydalanish darajasi uning kursiga bevosita 
    ta’sir etadi. Masalan, 2000 yilgacha Evrobanklar operatsiyalarini 70-75% AQSH 
    dollarida amalga oshishi AQSH dollariga bo’lgan talab ko’lamini belgilaydi. Hozirgi 
    kunda ushbu banklar operatsiyalarida asosiy o’rinni Evro egallagan. 
    Evrobozorda va Xalqaro hisob-kitoblarda muayyan bir valyutadan foydalanish 
    darajasi. Masalan, muomalaga Evro kiritilgunga qadar Evrobanklar operatsiyalarining 
    60%i AQSH dollarlarida amalga oshirilgan va ushbu omil mazkur valyutaga bo’lgan 
    talab hamda taklifni belgilagan. Valyuta kursiga undan xalqaro hisob-kitoblarda 
    foydalanish darajasi ham ta’sir etadi. Masalan, 90-yillarda AQSH dollari zimmasiga 
    xalqaro hisob-kitoblarning 50%i, tashqi qarzdorlikning 
    70%i (asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlarning) to’g’ri kelgan. Shu 
    sababli jahon baholarining, davlatlar qarzdorliklari bo’yicha to’lovlarning muntazam 
    ravishda o’sishi dollar kursini, uni sotib olish qobiliyatini pasayishi sharoitida ham 
    o’sishiga ko’maklashadi. 
    Valyutalar kurs nisbatlariga yana xalqaro to’lovlarning tezlashishi yoki 
    sekinlashishi ham ta’sir etadi. Masalan, muayyan valyutaning pasayishini ko’zda 
    tutgan holda qarzdorlar zarar ko’rmaslik uchun kontragentlarga bu valyutadagi 
    to’lovlarini tezlashtirishga harakat qiladilar. Agarda valyuta qadrining ko’tarilishi 


    105 
    kutilsa aksincha ushbu valyutadagi to’lovlarni amalga oshirishni kechiktirilishi 
    kuzatiladi. 
    Jahon bozoridagi bunday taktika “lidz end legz”nomini olgan va u mamlakat 
    to’lov balansi hamda valyuta kursiga ta’sir etadi. 
    Jahon va ichki bozorlarda mamlakat milliy valyutasiga ishonch darajasi. Ushbu 
    ishonch mamlakat iqtisodiyotining ahvoli va siyosiy holat hamda yuqorida ko’rib 
    chiqilgan valyuta kursiga ta’sir eta oladigan omillar bilan belgilanadi. Shu bilan 
    birgalikda dilerlar iqtisodiy o’sish va inflyatsiyaning mazkur sur’atlaridan, valyutani 
    sotib olish qobiliyatining o’sishidan, talab hamda taklifning o’zaro nisbatidan 
    tashqari ularning dinamikasi istiqbolini ham hisobga oladilar. 
    Ba’zida, mamlakatning savdo va to’lov balanslari holati yoki saylovlar natijalari 
    to’g’risidagi ma’lumotlarni matbuotda chop etilishini kutish talab hamda taklifning 
    o’zaro nisbatiga va valyuta kursiga o’z ta’sirini o’tkazadi. Ayrim holatlarda valyuta 
    bozorida imtiyozli yo’nalishlar vazirlar iste’fosi haqidagi mish-mishlar singari va 
    boshqa shu kabi siyosiy Yangiliklar foydasiga o’zgaradi. 
    Agarda mamlakatning iqtisodiy holati jahonda yuqori baholanayotgan bo’lsa, 
    unda uning valyutasi kuchli hisoblanadi va iqtisodiy jihatdan kuchsizroq hisoblangan 
    davlat valyutasiga nisbatan yuqoriroq bahoda sotilishi mumkin.

    Download 4,02 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   147




    Download 4,02 Mb.
    Pdf ko'rish