“SWOT-tahlil” metodi
Metodning maqsadi:
mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil
qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni
mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart
tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
16
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
2.1-rasm.
“VEER” metodi
Metodning maqsadi:
Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar,
muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati
shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi
va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan,
muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va
zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy
fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘quvchilarning mustaqil g‘oyalari,
fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat
yaratadi. “Veer” metodidan ma’ruza mashg‘ulotlarida individual va juftliklardagi
ish shaklida, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida
mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida
foydalanish mumkin.
• кучли томонлари
S – (strength)
• заиф, кучсиз томонлари
W – (weakness)
• имкониятлари
O – (opportunity)
• хавфлар
T – (threat)
17
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
2.2-rasm.
|