Belgilar
Matn
“V” – tanish ma’lumot.
“?” – mazkur ma’lumotni tushunmadim, izoh kerak.
“+” bu ma’lumot men uchun yangilik.
“– ” bu fikr yoki mazkur ma’lumotga qarshiman?
Belgilangan vaqt yakunlangach, ta’lim oluvchilar uchun notanish va tushunarsiz
bo‘lgan ma’lumotlar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib, izohlanadi, ularning
mohiyati to‘liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‘ulot yakunlanadi.
Тест
Муаммоли вазият
Тушунча таҳлили
(симптом)
Амалий вазифа
20
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
21
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
III. NAZARIY MATERIALLAR
1-ma’ruza. TA’LIM JARAYONINI RAQAMLI TRANSFORMATSIYASI
(2 soat)
Reja:
1.1. Pedagogning raqamli kompetentligi va raqamli kompetentlik modellari
1.2. “Raqamli iz” tushunchasi: mohiyati va boshqaruv bosqichlari
1.3. Raqamli didaktika va uning asosiy tamoyillari
1.4. Raqamli ta’lim resurslarini loyihalash uchun asosiy talablar
1.1. Pedagogning raqamli kompetentligi va raqamli kompetentlik modellari
Zamonaviy voqelikda, kasbiy faoliyani amalga oshirish jarayonida pedagog
kadrlar tez o‘zgarib turadigan talablarga duch keladi, bu esa ulardan yangi, kengroq
va murakkabroq kompetensiyalar to‘plamini talab qiladi.
Raqamli kompetentlik – bu zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq
kompetensiyalarni tavsiflovchi yangi tushunchalardan biri hisoblanadi. So‘nggi
yillarda "AKT savodxonlik", "axborot kompetentlik", "axborot savodxonligi",
"raqamli savodxonlik" va "raqamli ko‘nikmalar" kabi raqamli texnologiyalardan
foydalanish darajalarini tavsiflovchi bir nechta atamalar qo‘llanilmoqda. Ushbu
atamalar ko‘pincha "raqamli kompetentlik" va "raqamli savodxonlik" kabi bir-biriga
yaqin atamalar bilan ishlatiladi. "Raqamli savodxonlik" tushunchasi oldinroq
ishlatila boshlangan. Ushbu atama insonning raqamli muhitda masalalarni samarali
hal etish qobiliyatini anglatadi.
2017 yilgi G20 sammiti tadbirlari doirasida ishlab chiqilgan yondashuvga
asosan raqamli savodxonlikning beshta asosiy komponenti
taklif etilgan:
raqamli kontent bilan ishlash, ya’ni ma’lumot yaratish, topish, u bilan
ishlash, birlashtirish, tahlil qilish qobiliyati;
kompyuter texnikasi bilan ishlash – texnik amallarni bajarish usullarini
tushunish, kompyuter va dasturiy ta’minotning tuzilishini tushunish;
ommaviy axborot vositalari (matnlar, tovushlar, rasmlar, videolar va
boshqalar) bilan ishlash – ommaviy axborot vositalarini baholash, media
kontentini yaratish qobiliyati;
kommunikatsiya – raqamli sohada, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish
qobiliyati;
texnologik innovatsiyalar – hayotda turli texnologiyalardan foydalanish,
raqamli makonda ishlash vositalari (gadjetlar, ilovalar).
Raqamli
kompetesiyalar
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
foydalanish bilan bog‘liq qobiliyatlar majmuini o‘z ichiga oladi:
1) raqamli texnologiyalardan foydalanishning texnik ko‘nikmalari;
2) raqamli texnologiyalardan kundalik hayot faoliyatida samarali foydalanish
qobiliyati;
3) raqamli texnologiyalarni tanqidiy baholash qobiliyati;
|