|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 158/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON23
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
1.1.1-rasm. Pedagoglarning raqamli kompetensiyalari
(Digital Competence of Educators) modeli
DigCompEdu – o‘qituvchining raqamli kompetensiyalarining Yevropa
modelida (Digital Competence of Educators) jami 22 ta kompetensiya ko‘rib
chiqiladi. Ularni shakllantirishning 6 ta yo‘nalishi taklif etilgan:
Birinchi yo‘nalish
ta’lim jarayonining barcha subyektlarining raqamli
texnologiyalar orqali o‘zaro ta’sirini o‘z ichiga olgan kompetetsiyalar bilan bog‘liq:
jamoa, ta’lim oluvchilar va ularning ota-onalari bilan kasbiy o‘zaro hamkorlik.
Ushbu yo‘nalish shuningdek, pedagogning axborot texnologiyalari va raqamli
vositalar va resurslardan foydalanish sohasida uzluksiz rivojlanishga yo‘naltirilgan
o‘z kasbiy faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi.
Ikkinchi yo‘nalish
pedagogning axborot resurslarini tanlash va ularni ta’lim
oluvchilar ehtiyojlariga moslashtirish, o‘z raqamli resurslarini yaratishi va o‘quv
jarayonining barcha subyektlari uchun ulardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash
qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
Uchinchi yo‘nalish
ta’lim jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan
kompetensiyalarni shakllantirishni, ya’ni ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlash
qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlashga, shuningdek, guruh shaklida ishlashda
samarali o‘zaro ta’sirini amalga oshirishga qaratilgan kompetensiyalarini qamrab
oladi.
To‘rtinchi yo‘nalish
baholash jarayonida raqamli vositalardan foydalanish
bilan bog‘liq kompetensiyalarni belgilaydi. Ta’lim oluvchilar faoliyati haqidagi
ma’lumotlarni tahlil qilish va tanqidiy baholash, shuningdek, axborot
texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘z vaqtida va samarali hisobot berish
qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
|
| |