|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 160/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON25
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
1.1.2-rasm. TRASK modeli
Ta’lim jarayoniga texnologiyalarni integratsiya qilish maqsadida Ruben R.
Puentedura
2
tomonidan SAMR modeli yaratilgan. Ushbu model to‘rtta darajadan
iborat: Substitution — o‘zgartirish bosqichida raqamli texnologiyalar an’anaviy
texnologiyalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zgartiriladi; Augmentation — yaxshilash
bosqichida raqamli texnologiyalar an’anaviy ta’lim texnologiyalar vazifalarini
sezilarli darajada boyitadi; Modification — almashtirish bosqichida an’anaviy ta’lim
texnologiyalari to‘liq raqamli ta’lim texnologiyalari bilan almashtiriladi;
Redefinition — Transformatsiya bosqichi raqamli texnologiyalarsiz bajarilishi
mumkin bo‘lmagan vazifarani bajarish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda ko‘pgina tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan raqamli
kompetensiyalar modeli DigCompEdu Yevropa modeliga asoslanganligini kuzatish
mumkin.
"Pedagogning raqamli kompetensiyasi" tushunchasi bo‘yicha yagona
yondashuv mavjud emas. Respublikamizda oliy ta’lim sohasida ham pedagog
kadrlarning raqamli kompetentligini baholashning aniq mezonlari ishlab
chiqilmagan.
DigCompEdu modelida keltirilgan mezon va vositalar pedagog kadrlarning
raqamli kompetentligi va ularning ehtiyojlarini tahlil qilish, baholash mezoni va
tavsiyalar ishlab chiqish va raqamli ta’lim muhitidan foydalanishda pedagog
kadrlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini taklif qilish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.
Pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini har tomonlama baholash uchun raqamli
kompetensiyalarning o‘ziga xos umumlashtiruvchi modelini ishlab chiqishda turli
yondoshuvlarni ko‘rishimiz mumkin. Ushbu modellar pedagog kadrlarning
kompetentligini baholashning keng qamrovli tizimi, shuningdek, kasbiy va shaxsiy
rivojlanish muammolarini hal qilish jarayonida ularni qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan malaka oshirish kurslarini tashkil etish maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz.
2
Puentedura R. "Learning technology and the SAMR model: Goals, process, andprectise" Society for Information
Technology & Teacher Education International Conference, Mar 05, 2017, 2.
|
| |