• Raqamli soya
  •   Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet161/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    26 
    Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 
    1.2. “Raqamli iz” tushunchasi: mohiyati va boshqaruv bosqichlari 
    Bugungi kunda raqamli texnologiyalar har bir insonning hayotiga singib 
    ketgan. Internet resurslari va onlayn xizmatlardan o‘zaro aloqada bo‘lish, ma’lumot 
    to‘plash va tahlil qilish, ta’lim va ijtimoiy hayotda keng miqyosda foydalaniladi. 
    Shunday qilib, raqamli iz deb ataladigan katta hajmdagi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. 
    Raqamli iz (digital footprint) - bu Internetdan foydalanish jarayonida insonlar 
    tomonidan qoldiradigan ma’lumotlardir. Ushbu atama internet tarmog‘ida “internet 
    izi”, “kiber soya”, “elektron iz yoki raqamli soya” kabi nomlar bilan ham ataladi. 
    Ushbu ma’lumotlarga tashrif buyurilgan veb-sayt manzillari, yuborilgan elektron 
    pochta xabarlari, ijtimoiy media postlari, axborot byulletenlariga obunalar, onlayn 
    sharhlar va xaridlar va turli elektron shakllarda taqdim etilgan ma’lumotlar kiradi. 
    Shu bilan birga, raqamli iz “faol” va "passiv" bo‘lishi mumkin. Raqamli iz inson 
    o‘zi haqidagi ma’lumotni ongli ravishda baham ko‘rsa faol bo‘ladi. Agar 
    foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan ism yoki profildan foydalangan holda veb-saytga 
    kirgan bo‘lsa, u joylashtirgan barcha xabarlar uning faol raqamli izi bo‘ladi. 
    Shuningdek, turli onlayn anketalarni to‘ldirishda, masalan, axborot byulletenlariga 
    obuna bo‘lganda yoki brauzerda cookie fayllarni qabul qilishga rozilik bildirishda 
    faol raqamli iz qoladi. Passiv raqamli iz, shaxs haqidagi ma’lumotlar u bilmagan 
    holda to‘plangan holatda hosil bo‘ladi. Masalan, veb-saytga tashrif buyuruvchi 
    foydalanuvchilarning necha marta tashrif buyurgani, foydalanuvchilar qaerdan 
    ekanligi va ularning IP-manzillari haqida ma’lumot to‘plaganida sodir bo‘ladi. 
    Shunday qilib, har safar inson raqamli dunyoga kirganda, uning raqamli izi 
    paydo bo‘ladi, u asta-sekin o‘sib boradi. Oqibatda inson haqidagi shaxsiy 
    ma’lumotlar, faoliti, qiziqadigan sohasi kabi ma’lumotlarni ko‘rsatishi mumkin. 
    Ishbilarmonlik dunyosida raqamli iz insonning raqamli obro‘sini aks ettiradi va 
    insonning haqiqiy kasbiy faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim 
    ma’lumotlarga aylanadi. Misol uchun, ariza beruvchini ishga olish to‘g‘risida qaror 
    qabul qilishdan oldin, ish beruvchilar o‘zlarining ijtimoiy tarmoqlari va Google 
    orqali xodimlarining raqamli izlarini tekshirishlari mumkin. Sizning postlaringiz va 
    internetdagi sharhlaringiz va boshqa odamlarning fikr-mulohazalari asosida siz 
    haqingizda jamoatchilik fikri shakllanadi. Raqamli izingizning barcha jihatlari
    masalan, yuklangan fotosuratlar, blog sharhlari, YouTube videolari va Facebook 
    postlari sizning haqiqiy hayotingiz bilan bir qatorda raqamli shaxsingizni ham 
    shakllantiradi.
    Raqamli soya
    - bu odam o‘zi bilmagan holda, ya’ni hech qanday faol 
    harakatlar qilmasdan yaratadigan ma’lumotdir. 
    Shu nuqtai nazardan, raqamli soyani passiv raqamli iz deb ta’riflash mumkin, 
    u foydalanuvchi o‘zining faol harakatlari bilan hech qanday iz qoldirmaganda hosil 
    bo‘ladi, biroq foydalanuvchi haqida u bilmagan holda ma’lumotlar yig‘iladi. Passiv 
    raqamli izning keng tarqalgan ko‘rinishi foydalanuvchilarning veb-saytlarga necha 
    marta 
    tashrif 
    buyurishi 
    haqidagi 
    ma’lumotlar to‘plamidir. Keyin bu 
    foydalanuvchilar qaerdan kelganligi aniqlanadi va ularning IP manzillari hisoblab 
    chiqiladi. Foydalanuvchilar bu jarayondan bexabar bo‘lishlari mumkin, chunki u 
    ko‘pincha yashirin bo‘ladi. Raqamli soyaning o‘ziga xos namunasi – reklama 



    Download 26,13 Mb.
    1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



      Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish