|
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish Pdf ko'rish
|
bet | 163/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON28
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
Biroq, raqamli sohada xavfsizlik va maxfiylik choralariga rioya qilinmasa,
raqamli iz ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘qituvchilar mumkin
bo‘lgan muammolarni oldini olish uchun raqamli izni yaratish va tarqatishda ehtiyot
bo‘lishlari kerak. Shuning uchun o‘qituvchilar kiber xavfsizlik va raqamli etika
bo‘yicha o‘qitilishi va raqamli sohadagi xavfsizlik choralariga rioya qilishlari kerak.
Bundan tashqari, o‘qituvchilar kiber xavfsizlik va raqamli etika haqida talabalarga
o‘rgatish uchun o‘zlarining raqamli izlaridan foydalanishlari mumkin.
Shu sababli, bugungi kunda raqamli izingizni boshqarish ko‘nikmalarini
o‘rganish masalasi dolzarb bo‘lib bormoqda.
Shaxsiy raqamli izingizni boshqarish inson raqamli madaniyatining asosiy
tarkibiy qismlaridan biridir.
1.1.3-rasm. Raqamli izlarni boshqarish.
Raqamli izlarni boshqarish jarayoni bir necha bosqichda amalga oshirilishi
tavsiya etiladi.
1. Tashxis. Qidiruv tizimlari orqali raqamli izingizni tas’his qiling.Buning uchun
qidiruv tizimiga barcha imlolardan foydalangan holda ismingiz va familiyangizni
kiritishingiz kerak. Qidiruv natijalari o‘zingiz haqingizda hammaga ochiq
ma’lumotlarni ko‘rish imkonini beradi.
2. Kamaytirish. Raqamli izingizni kamaytiring.
Raqamli izingizni kamaytirish sizning talablaringizga javob bermaydigan
ma’lumotlarni olib tashlashni anglatadi, ya’ni ismingiz ko‘rsatilgan ma’lumotlar
manbalarining sonini kamaytiring. Masalan, whitepages.com sayti siz haqingizda
xohlaganingizdan ko‘ra ko‘proq ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Buning
uchun siz veb-sayt ma’murlari bilan bog‘lanib, ma’lumotlarni o‘chirishni
so‘rashingiz mumkin.
Shuningdek, ushbu bosqichda barcha eski akkkauntlar, foydalanilmagan ijtimoiy
tarmoq profillarini va sizni qiziqtirmaydigan axborot byulletenlariga obunalarni
Raqamli izni
boshqarish
Tashxis
Tahlil
Kamaytirish
Cheklash
|
| |