• Oltinchi yo‘nalish
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet159/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    Beshinchi yo‘nalish 
    pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv jarayoni 
    tamoyilini amalga oshirish qobiliyatini shakllantirish, ta’lim oluvchilarni ta’lim 
    jarayoniga maksimal darajada jalb qilish uchun raqamli ta’lim muhitida 
    tabaqalashtirilgan yondashuvni ta’minlash va o‘qitish uchun yangi imkoniyatlar 
    yaratish bilan bog‘liq.
    Oltinchi yo‘nalish 
    pedagogning raqamli savodxonligi, uning raqamli muhitda 
    ta’lim jarayonida zarur bo‘lgan axborot va resurslarni tanlash va tahlil qilish 


    24 
    Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 
    qobiliyati, shuningdek, raqamli texnologiyalardan foydalanish bilan bog‘liq 
    masalalar va muammolarni hal qilish bilan bog‘liq kompetensiyalarni o‘z ichiga 
    oladi.
    Ushbu yo‘nalishlar raqamli ta’lim modelining asosini tashkil qiladi. Raqamli 
    ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda samarali kasbiy faoliyatni amalga 
    oshirish uchun zamonaviy pedagogdan qanday kompetensiyalarni shakllantirish 
    kerakligi batafsil tavsiflangan. 
    Raqamli ko‘nikmalar – "bilim olish" darajasida muhim rol o‘ynaydi, chunki 
    AKT bo‘yicha tayanch ko‘nikmalar o‘qitish jarayoniga texnologiyalarni integratsiya 
    qilishning muhim sharti hisoblanadi. Ushbu daraja uchun umumiy raqamli 
    texnologiyalar – matn muharrirlari, taqdimot yaratish dasturlari, elektron pochta 
    xizmatlari va ijtimoiy tarmoq ilovalari aniqlandi.
    Mazkur muhim aspektlarning har biri raqamli ta’lim muhitida pedagog 
    kadrlarning 
    kasbiy 
    rivojlanishiga 
    qaratilgan, 
    ta’lim 
    muassasasini 
    axborotlashtirishning uchta yondashuvi bilan bog‘liq. 
    Birinchi daraja – “Bilim olish”: pedagoglarga ta’lim samaradorligini oshirish 
    uchun AKTdan foydalanishga yordam berish qobiliyatini talab qiladi.
    Ikkinchi daraja – “Bilimlarni o‘zlashtirish”: pedagoglardan ta’lim oluvchilarga 
    fan bo‘yicha mavzularining mazmunini chuqur o‘rganish, olingan bilimlarni real 
    hayotda yuzaga keladigan muammolarni hal qilish uchun qo‘llash uchun yordam 
    berish qobiliyatini talab qiladi. 
    Uchinchi daraja – “Bilimlar yaratish" - pedagoglardan ta’lim oluvchilarga 
    jamiyatning rivojlanishi va farovonligi uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni ishlab 
    chiqarishga yordam berish qobiliyatini talab qiladi. 
    YuNESKO tomonidan ishlab chiqilgan model tarkibi ta’limda AKTning rolini 
    tushunish, o‘quv rejasi va baholash, pedagogik amaliyot, raqamli texnologiyalar 
    bilan ishlash malakalari, ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish va 
    pedagogning kasbiy rivojlanishi kabi modullarni o‘z ichiga qamrab oladi.
    Xalqaro texnologiya ta’limi jamiyati ISTE modelining asosiy yo‘nalishlari 
    sifatida oltita soha: ijodkorlik va innovatsiya, aloqa va hamkorlik, tadqiqot va 
    axborot kompetensiyasi, tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va qaror qabul 
    qilish, raqamli fuqarolik, asosiy texnologik tushunchalarni tushunish va ulardan 
    foydalanish kabi asosiy aspektlar ko‘rib chiqilgan.
    TRASK (Technological Pedagogical Content Knowledge) modelida fan 
    mazmuni, o‘qitish metodikasi hamda dasturiy ta’minot bo‘yicha texnologik bilimlar 
    integratsiyasi o‘z aksini topgan. Ushbu model pedagogning yangi raqamli 
    texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi uchun zarur bo‘lgan 
    kompetensiyalari tavsiflaydi (1.2-rasm). 



    Download 26,13 Mb.
    1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish