Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

22 
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish 
4) raqamli madaniyatda ishtirok etish motivatsiya.
G.U.Soldatova o‘z tadqiqotida raqamli kompetentlikning to‘rtta turini belgilab 
o‘tgan
1

1) axborot va mediakompetentlik – raqamli ma’lumotlarni qidirish, tushunish, 
arxivlash va uni tanqidiy aks ettirish bilan bog‘liq bilim, ko‘nikma, malaka, 
motivatsiya, mas’uliyat, shuningdek raqamli resurslardan (matn, vizual ma’lumot, 
audio, video va boshqalar) foydalangan holda axborot ob’ektlarini yaratish.
2) kommunikativ kompetentlik – turli xil muloqot shakllari (elektron pochta, 
chatlar, bloglar, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar) va turli maqsadlar uchun 
zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, motivatsiya va mas’uliyat; 
3) texnik kompetentlik – turli muammolarni, jumladan, kompyuter 
tarmoqlaridan, bulutli xizmatlardan foydalanish va hokazolarni hal qilish uchun 
apparat va dasturiy ta’minotdan samarali va xavfsiz foydalanish imkonini beruvchi 
bilim, ko‘nikma, motivatsiya va mas’uliyat; 
4) iste’molchi kompetentligi – turli ehtiyojlarni qondirishni o‘z ichiga olgan 
muayyan hayotiy vaziyatlar bilan bog‘liq turli kundalik vazifalarni hal qilish uchun 
raqamli qurilmalar va Internetdan foydalanishga imkon beradigan bilim, ko‘nikma, 
motivatsiya va mas’uliyat. 
P.Gilsterning fikricha raqamli kompetensiya inson faoliyatidagi ijtimoiy-
kommunikativ jihatlarga urg‘u beradi. U raqamli kompetensiyaga erishish mezonlari 
sifatida quyidagi malakalarni belgilaydi: 

zarur ma’lumotlar va ular bilan ishlash vositalarini izlash ko‘nikmalari, 
ushbu vositalarni tezda o‘zlashtirish qobiliyati (axborot kompetentlik); 

boshqa foydalanuvchilar bilan muloqot qilish qobiliyati (kommunikativ 
kompetentlik); 

turli shakl va ko‘rinishdagi axborotni ishlab chiqarish ko‘nikmalari (ijodiy 
kompetentlik). 
Evropa Ittifoqi ta’lim qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan pedagoglarning 
raqamli kompetensiyasi (Digital Competence of Educators) profilida oltita 
yo‘nalishlar belgilab berilgan (1.1.1-rasm): 

professional pedagogik muhitda raqamli texnologiyalardan foydalanish; 

raqamli ta’lim resurslarini izlab topish, yaratish va almashish bo‘yicha 
kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish; 

ta’lim jarayonida raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha zarur 
ko‘nikmalarni shakllantirish; 

o‘quv natijalarini baholash uchun raqamli vositalardan foydalanish 
ko‘nikmasiga ega bo‘lish; 

ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish uchun raqamli texnologiyalardan 
foydalanish; 

ta’lim oluvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirish jarayonini 
qo‘llab-quvvatlash. 
1
Г.У. Солдатова, Т.А. Нестик, Е.И. Рассказова, Е.Ю. Зотова. Цифровая компетентность подростков и 
родителей. Результаты всероссийского исследования / М.: Фонд Развития Интернет, 2013. — 144 с. 



Download 26,13 Mb.
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



  Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish