31
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
tushunchasini kiritish taklif etilgan. Raqamli didaktika atamasiga M. Choshanov
"raqamli texnologiyalar va multimedia vositalaridan
keng foydalangan holda
samarali o‘rganish san’ati haqidagi fan" deb ta’rif bergan. V.I.Blinovaning fikricha
raqamli didaktikaning asosiy vositalari quyidagilardirdan iborat:
– shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni;
– raqamli ta’lim texnologiyalari;
– metaraqamli o‘quv komplekslari.
Raqamli ta’lim didaktik tamoyillari ochiq hisoblanib, yangiligi tufayli raqamli
ta’limning nazariy va amaliy imkoniyatlari rivojlangani uchun qo‘shimchalar
kiritishni talab qiladi. Ta’limni raqamlashtirish natijasida individual ta’lim
jarayonlari va talaba faoliyatini doimiy nazorat qilish asosida samarali mustaqil
ta’lim olinadi. Raqamli ta’lim o‘quv mashg‘ulotlarining guruh va individual
shakllaridan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytiradi, kasbiy bilim va
ko‘nikmalarning to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlaydi, shuningdek,
inklyuziv
ta’limning rivojlanishiga sifatli ta’sir ko‘rsatadi.
Raqamli ta’lim jarayonining asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: ustunlik
tamoyili, shaxsiylashtirish tamoyili, maqsadlilik tamoyili,
moslashuvchanlik
tamoyili, muvaffaqiyatlilik tamoyili, hamkorlikda o‘rganish tamoyili,
amaliyotga
yo‘naltirganlik tamoyili, murakkablikni oshirish tamoyili, ta’lim
muhitining
to‘yinganligi tamoyili, polimodallik (multimedia) tamoyili, baholash tamoyili.
1.