33
BOSh ILMIY-METODIK MARKAZ
maqsadi va raqamli ta’lim muhitida foydalanish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Raqamli ta’lim resurslarining didaktik vazifalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ta’lim faoliyatining yangi turlarini amalga oshirish va an’anaviy ta’lim
turlarining yuqori sifat darajasida ishlashini qo‘llab-quvvatlash;
Ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro
munosabatlari xarakterini
o‘zgartirish imkoniyatini ta’minlash;
Ta’lim jarayonini individuallashtirish;
Ta’lim mazmunini kengaytirish
Raqamli ta’lim resurslari quyidagi mezonlar asosida tavsiflanadi: axborot
texnologiyalarining turi, uslubiy maqsadi, mazmuni va boshqalar. Bunday tasniflar
samarali emas, chunki zamonaviy raqamli ta’lim resurslari bir qator ta’lim
vazifalarini birlashtirib,
hal qilishga qodir, ya’ni raqamli ta’lim resursi ko‘p
funksiyali va uni ma’lum bir turga kiritish deyarli mumkin emas.
Shu munosabat bilan ta’lim faoliyatining yangi turi amalga oshirishda
RTRning asosiy tarkibiy qismiga e’tibor qaratiladi.
Axborotni izlashda RTR kalit komponenti internet manbalar va elektron
ma’lumot nashrlaridan olingan ma’lumotlarni
qidirish, qayta ishlash va tahlil
qilishga qaratiladi.
Ushbu tasniflar to‘liq emas va RTRning funksionalligini aniqlashtirish uchun
•